Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SATIRA VA HAQIQAT: ABDULLA QAHHOR IJODIDA JAMIYAT TANQIDI
Talaba: Istamov Bekzodbek Bahriddinovich
Исследователь · 2026
Аннотация
В данной тезисной работе рассматривается роль сатиры в творчестве Абдуллы Каххара, направленная на разоблачение социальных пороков. Анализируются произведения писателя, в которых сатирическими средствами раскрываются проблемы бюрократии, невежества и лицемерия. Также освещается значение сатиры Каххара в современном обществе. Ключевые слова: сатира, критика общества, Абдулла Каххар, социальные проблемы, литературный анализ. Adabiyot — jamiyatning ko‘zgusi. U orqali ijtimoiy muammolar, odamlar orasidagi muomala, axloq va qarashlar tahlil etiladi. Xususan, satira janri bu borada eng ta’sirchan vosita bo‘lib, kulgi orqali muammo ildiziga yetadi. Abdulla Qahhor – o‘zbek adabiyotida satiraning kuchini to‘la namoyon qilgan ijodkordir. Uning hikoya va pyesalarida jamiyatdagi illatlar keskin, ammo samimiy tahlil etiladi. O‘zbek adabiyotida jamiyat hayotini badiiy ifodalashda satira janri o‘ziga xos o‘rin tutadi. Satira — bu kulgidan vosita sifatida foydalanib, jamiyatdagi kamchilik va illatlarni ochib berish san’atidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Abdulla Qahhor satirasining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni alohida ahamiyatga ega. Adib o‘z asarlarida oddiy kishilar hayotidagi kulgili holatlar ortidan chuqur ijtimoiy muammolarni fosh etgan. Qahhorning satirasi qahramonlarning qilmishlari ustidan emas, balki ularning o‘ylamay qilgan ishlari, jamiyatdagi beqarorlik va https://scientific-jl.com 1 7 1 63-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali sun’iylik ustidan kuladi. Uning “Tobutdan tovush”, “Sinchalak”, “Og‘riq tishi”, “O‘liklar gapirmaydi” kabi asarlari kulgu orqali haqiqatni aytish, jamiyatdagi nohaqliklarni tanqid qilish borasida muhim asarlardir. Kirish qismida aytish joizki, Qahhor satirasi faqat o‘z davrining emas, balki hozirgi kunning ham dolzarb muammolarini ko‘rsatib beradi. Zero, o‘zgarayotgan zamonlarda insoniyatning ayrim illatlari baribir qayta-qayta namoyon bo‘lib turadi. Bugungi kunda ham jamiyatda turli xil illatlar – rasmiyatchilik, mansabparastlik, ikkiyuzlamachilik kabi salbiy holatlar uchraydi. Ularni ochiq tanqid qilish har doim ham oson emas. Shu nuqtai nazardan, adabiyot, xususan, satira orqali muammoga e’tibor qaratish dolzarbdir. Abdulla Qahhor asarlarida bu illatlar badiiy vositalar bilan, tanqidiy ruhda yoritilgan. Bu esa uning asarlarini bugungi o‘quvchi uchun ham muhim va dolzarb qiladi. Bugungi globallashuv jarayonida inson va jamiyat munosabatlari murakkablashib bormoqda. Har qanday taraqqiyot jamiyatda tanqidiy fikrlash, haqiqatni ayta olish, noto‘g‘riliklarga qarshi kurashish kabi ijtimoiy immunitetni talab etadi. Aynan shunday sharoitda satira eng kuchli madaniy vosita sifatida maydonga chiqadi. Abdulla Qahhor ijodi bu borada o‘zbek adabiyotining eng yorqin namunalaridandir. U o‘z asarlarida qog‘ozbozlik, riyokorlik, johillik, lavozimparastlik, ahloqsizlik, befarqlik kabi ko‘plab illatlarni ko‘rsatadi. Misol uchun: “Sinchalak” hikoyasida oddiy muallimning shaxsiyatini tan olmagan rahbarlar va ularning satirik portreti tasvirlanadi. “Tobutdan tovush” hikoyasida esa amaldorlarning soxta g‘amxo‘rligi, ikkiyuzlamachiligi kulgi ostiga olinadi. Bunday asarlar bugungi kunda yosh avlodda tanqidiy fikrlash, ijtimoiy adolatga bo‘lgan ishonchni shakllantirishda dolzarb ahamiyatga ega. Muammo: Jamiyatdagi ayrim salbiy holatlar hanuzgacha dolzarbligini yo‘qotmagan. Masalan, “Tobutdan tovush” hikoyasida lavozim uchun yugur-yugur qilayotgan amaldorlar obrazi bugungi kunda ham uchraydi. Qahhor asarlarida ko‘tarilgan muammolar — bu adolatdan yiroqlik, mansabparastlik, rasmiyatchilik, ikkiyuzlamachilik va johillik. Bu illatlar bugungi jamiyatda ham turli shakllarda davom etmoqda. Masalan: "Tobutdan tovush" hikoyasida boshliq marhum haqida eshitgach, tobutni ochishga ruxsat so‘raydi – bu soxta ehtirom, lavozimparastlik va ikkinchi darajadagi odamlarning ikir-chikirini ko‘rsatadi. "O‘liklar gapirmaydi" hikoyasida esa notavon, bechora odamlarga nisbatan jamiyatdagi befarqlik ochiq ko‘rsatiladi. https://scientific-jl.com 1 7 2 63-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Qahhor muammoni faqat ochib bermaydi, balki uni bartaraf etish yo‘llarini ham ko‘rsatadi — bu yo‘l adolat, halollik, bilimli bo‘lish, jamiyatdagi har bir insonning ichki o‘zgarishiga bog‘liq. Yechim: Qahhor uslubida ijod qiluvchi zamonaviy adiblar ko‘paytirilishi, maktab va oliy ta’lim muassasalarida satira janriga e’tibor oshirilishi kerak. Shuningdek, adabiy tahlillar orqali yoshlar ongiga jamiyatdagi salbiy illatlarga befarq bo‘lmaslik g‘oyasi singdirilishi lozim. Bunday muammolarni hal etish uchun bir necha yo‘nalishda harakat zarur: Adabiyot orqali yoshlar ongida tanqidiy tafakkurni rivojlantirish. Satirik asarlarni tahlil qilishni ta’lim tizimida kuchaytirish. A.Qahhor ijodini faqat adabiyot emas, ijtimoiy madaniyat kontekstida o‘rganish. Tanqidni qabul qilish madaniyatini shakllantirish. Qahhorning ijodidan saboq olish — bu faqa
Доказательный фрагмент
«В данной тезисной работе рассматривается роль сатиры в творчестве Абдуллы Каххара, направленная на разоблачение социальных пороков.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной тезисной работе рассматривается роль сатиры в творчестве Абдуллы Каххара, направленная на разоблачение социальных пороков. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- сатира, критика общества, Абдулла Каххар, социальные, Abdulla Qahhor, jamiyat tanqidi, Kаlit sо‘zlаr: satira, ijtimoiy illatlar, adabiy tahlil.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025