Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QITUVCHINING KASBIY MAS’ULIYATI VA UNING PROFESSIONAL FAOLIYATIDAGI PSIXOLOGIK JIHATLARI
FAOLIYATIDAGI PSIXOLOGIK JIHATLARI · Ravshanova Gulxayo Rustam qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
Mas’uliyatli o‘qituvchi o‘z mehnati orqali ta’lim sifatiga, jamiyatning madaniy salohiyatiga va kelajak avlodning kamolotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchining shaxsiy va pedagogik fazilatlari uning kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishining poydevorini tashkil etadi. Ushbu maqolada o‘qituvchining kasbiy mas’uliyati va uning professional faoliyatdagi ahamiyati yoritildi. Kalit so‘zlar: ta’lim samaradorligi, axloqiy sifatlar, o‘qituvchi, innovatsiya, refleksiya, shaxsiy javobgarlik, kasbiy mas’uliyat, pedagogik faoliyat. O‘qituvchining mas’uliyati — bu nafaqat shaxsiy fazilat, balki u pedagogik kasbga xos bo‘lgan muhim psixologik-axloqiy mezonlardan biridir. U o‘qituvchining muayyan pedagogik vaziyatni tahlil qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni oldindan baholash, o‘z harakatlarini ongli tarzda tanlash va ularga javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyatini anglatadi. Bunday yondashuv, ayniqsa, o‘zgaruvchan ijtimoiy muhitda pedagogdan yuqori darajadagi kasbiy refleksiya va ijtimoiy faollikni talab etadi. O‘qituvchining mas’uliyati – bu, avvalo, uning ta’lim jarayonida talabalarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni egallashiga sharoit yaratishdagi faoliyati bilan belgilanadi. U nafaqat bilim beruvchi, balki har bir o‘quvchi shaxsini shakllantirishda muhim ijtimoiy vositachi hamdir. Shuning uchun pedagogik mas’uliyat o‘qituvchining kasbiy etikasiga, shaxsiy pozitsiyasiga va ijtimoiy burchiga chambarchas bog‘liqdir. Pedagogik mas’uliyatni tashkil etuvchi asosiy tarkibiy qismlar quyidagilardan iborat: - kasbiy yo‘nalish va o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyilik; - kasbiy ideallar va ularga sodiqlik; - tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyati; - adolat va talabchanlik; - o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha olish (adaptivlik); - ijodkorlik va intellektual faollik; - hissiy-irodaviy barqarorlik; - kuchli asab tizimi va professional bardoshlilik. O‘qituvchi o‘z faoliyatida yuqoridagi sifatlarni uyg‘unlashtira olgan taqdirdagina, u zamonaviy ta’lim oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga https://scientific-jl.com 1 8 5 63-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali oshira oladi. Ayniqsa, yosh avlod tarbiyasi va kamoloti uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish, pedagogning eng muhim axloqiy-psixologik vazifalaridan biridir. Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchining mas’uliyati — bu nafaqat kasbiy faoliyatining ajralmas qismi, balki uning jamiyatdagi o‘rni va obro‘sini belgilovchi mezon hisoblanadi. Mas’uliyatli o‘qituvchi o‘z mehnati orqali ta’lim sifatiga, jamiyatning madaniy salohiyatiga va kelajak avlodning kamolotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchining shaxsiy va pedagogik fazilatlari uning kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishining poydevorini tashkil etadi. Agar pedagogda ushbu fazilatlar etarli darajada shakllanmagan bo‘lsa, u holda quyidagi muhim pedagogik kompetensiyalarni to‘liq va samarali amalga oshirish mushkul bo‘ladi: o‘quv materialini sodda va tushunarli shaklda bayon etish, ijodiy yondashuv asosida ishlash, o‘quvchilarga iroda va tarbiya orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatish, jamoani shakllantirish va boshqarish, bolalarga mehr va qiziqish bildirish, ta’sirchan va obrazli nutq vositasida muloqot qilish, hayotiy tajriba va dars mazmunini uyg‘unlashtirish, shuningdek, pedagogik kuzatuvchanlik va talabchanlikni uyg‘un ravishda namoyon etish. Zamonaviy ta’limda o‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, balki pedagogik voqelikni yaratuvchi, uni boshqaruvchi va doimiy takomillashtiruvchi subyekt sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu jarayonda o‘qituvchining kasbiy mas’uliyati – uning faoliyatidagi natijalar uchun javobgarlikni his qilishi, yuzaga keladigan vaziyatlarning oqibatlarini oldindan baholay olishi va to‘g‘ri pedagogik yechimlar ishlab chiqish qobiliyati bilan belgilanadi. Mas’uliyat pedagogik faoliyatning ajralmas kasbiy va axloqiy jihatidir. Bu sifat quyidagi bilim va kompetensiyalarni o‘zlashtirishni talab etadi: - o‘quv fanining chuqur mazmuniy tushunchasiga ega bo‘lish; - ta’limning zamonaviy nazariyalari va texnologiyalarini egallash; - o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga ta’sir etuvchi omillarni real tahlil qila bilish. Pedagogik mas’uliyat — bu o‘qituvchining o‘z faoliyatining har bir bosqichi uchun javobgar ekanligini anglab yetishi va harakatlarining natijalariga ongli munosabatda bo‘lishidir. Bu sifat o‘qituvchining kasbiy va shaxsiy rivojlanishida uzluksiz shakllanib boradi hamda bosqichma-bosqich murakkablik kasb etadi. Mas’uliyat o‘z navbatida o‘qituvchi shaxsining ichki qadriyatlari, professional o‘zlik identifikatsiyasi va jamiyat oldidagi ijtimoiy burchi bilan uzviy bog‘liqdir. “O‘qituvchi mas’uliyati” tushunchasi o‘qituvchining o‘z faoliyatiga va uning natijalariga bo‘lgan ongli, barqaror munosabati orqali namoyon bo‘ladi. Bu holatda pedagogik faoliyat nafaqat kasb, balki shaxsiy taraqqiyot makoniga aylanishi lozim. O‘qituvchining o‘zini pedagogik voqelikdagi faol ishtirokchi, yangilik va o‘zgarishlar tash
Доказательный фрагмент
«Mas’uliyatli o‘qituvchi o‘z mehnati orqali ta’lim sifatiga, jamiyatning madaniy salohiyatiga va kelajak avlodning kamolotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMas’uliyatli o‘qituvchi o‘z mehnati orqali ta’lim sifatiga, jamiyatning madaniy salohiyatiga va kelajak avlodning kamolotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘qituvchi, innovatsiya, Kalit so‘zlar: ta’lim samaradorligi, axloqiy sifatlar, kasbiy mas’uliyat, pedagogik faoliyat., refleksiya, shaxsiy javobgarlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025