К содержанию
РецензированоUZ2025

SHODMON SULAYMON SHE’RIYATIDA AJDODLAR XOTIRASI TALQINI

SCIENCE SHINE · Mustaqimova Madina Mo‘minjonovna · Maqolada, shoirning Mahmud Tarobiy · Alisher Navoiy · Bahouddin Naqshband

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri shoir Shodmon Sulaymon ijodida tarixiy xotira va ajdodlar merosiga bo‘lgan ehtirom masalasi yoritilgan. Shoir asarlarida tarixiy shaxslar siymosining badiiy ifodasi, ularning milliy ong va g‘ururni shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr yuritadi. Maqolada, shoirning Mahmud Tarobiy, Alisher Navoiy, Bahouddin Naqshband singari buyuk ajdodlarga bag‘ishlangan she’rlari tahlilga tortilgan. Uning ushbu manzumalarida ruhiy teranlik, ma’naviy uyg‘onish, tasavvufiy tafakkur va milliy qadriyatlarga hurmat ruhi aks etgani yoritilgan. Kalit so‘zlar: ma’naviy meros, ruhiy uyg‘onish, iymon, tarbiya, Naqshbandiylik tariqati, milliy o‘zlik, adolat Annotation: The article discusses the issue of historical memory and respect for the heritage of ancestors in the work of one of the brightest representatives of modern Uzbek literature, the poet Shodmon Sulaymon. The poet reflects on the artistic expression of the image of historical figures in his works, their role in the formation of national consciousness and pride. The article analyzes the poet's poems dedicated to great ancestors such as Mahmud Tarabi, Alisher Navoi, and Bahauddin Naqshband. It is highlighted that these poems reflect spiritual depth, spiritual awakening, mystical thinking, and a spirit of respect for national values. Key words: spiritual heritage, spiritual awakening, faith, upbringing, Naqshbandi order, national identity, justice Kirish. Bugun butunjahon o‘zgarishlari sharoitida milliy ma’naviyatni asrash va uni yoshlar ongiga singdirish dolzarb masalaga aylanmoqda. Zamonaviy texnologiyalar, turli madaniy oqimlar va g‘oyaviy tahdidlar doirasida o‘zlikni yo‘qotmaslik har qachongidan ham muhimdir. Ana shunday sharoitda bizga mustahkam ma’naviy tayanch, tub ildizlarga suyanish zarur bo‘ladi. Bu tayanch esa ajdodlarimizning ulug‘ merosida, xususan, Naqshband bobomizning iymonli nafasida mujassamdir. Naqshbandiylik tariqati inson qalbida mavjud poklik, sabr, iymon va ruhiy uyg‘onishni tarannum etadi. Uning ruhi bugun ham yosh avlodni ezgulikka, 213 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 ma’rifatga, milliy g‘ururga da’vat etmoqda. Shu ma’noda, hazrat Naqshbandning ruhiy merosi bizning ma’naviy mustahkam turmushimizning asosiy ustunlaridan biridir. Asosiy qism. Hozirgi kunda mamlakatimizda milliy an’analar va ma’naviy boyliklarimizga bo‘lgan e’tibor avvalgidan-da muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda ulug‘ ota-bobolarimizning merosi, yuksak insoniy fazilatlari va namunali hayot yo‘li biz uchun qimmatbaho xazina vazifasini o‘taydi. Quyida keltirilgan she’riy parcha ana shu ma’naviy olamning yorqin aksidir: Iymon ziyosidan borliq mukarram, Dilga orom solgay qaldirg‘och sasi. Har lahza his etib kengayar olam – Naqshband boboning uyg‘oq nafasin. Bunda tong yorishgay dunyoni qutlab, Tinchlik shukronasi tomgay ko‘zidan. Alpomishlar o‘sar allalar tinglab – Naqshband boboning dilbar qizidan. Ushbu she’riy parchada Bahouddin Naqshband bobomizning iymonli nafasidan ilhom olgan borliq manzarasi tasvirlanadi. Iymon nuri bilan to‘lgan olam, qalbga orom bag‘ishlaydigan qaldirg‘och sadosi orqali inson ruhiy uyg‘onishga da’vat etiladi. Har lahza kengayib borayotgan olam tasviri orqasida esa uyg‘oq ruh va yuksak ma’naviyatni shakllantirish zarurligi uqtiriladi. Tong yorishgan zamon tinchlik shukronasiga to‘ladi. Bu manzarada ko‘zlardan to‘kilgan shukrona yoshlar timsolida xalqning tinchlik va barqarorlik uchun minnatdorligi o‘z aksini topadi. Allalar eshitib ulg‘ayayotgan Alpomishlar obrazi esa, milliy ruh va jasoratni avlodlarga singdirishning o‘ziga xos timsolidir. Naqshband boboning “dilbar qizi” obrazida esa tarbiyaning, ma’naviy parvarishning muhimligi ifodalangan. Mangulik sabog‘i, ma’rifat va qadriyatlar karvoni esa avlodlar davomiyligi va ma’naviy uzviyligini anglatadi. Dunyo harakatini hushyorlik bilan kuzatadigan ogoh o‘g‘lonlar esa Naqshband boboning ruhiy vorislari sifatida tasvirlanadi. She’rning har bir misrasi bizga shuni eslatadiki, bugungi kunda ham Naqshband boboning orzulari — ma’naviyatli, bilimli va jasur yoshlarni tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu she’r nafaqat adabiy asar, balki ruhiy tarbiya darsligidir. Zero, ma’naviyatga suyanmagan millatning ertangi kuni porloq bo‘la olmas. Naqshband bobomizning uyg‘oq nafasi esa har doim bizni yuksaklikka chorlayveradi. Albatta, tarixiy shaxslarga bo‘lgan hurmat, ularga ehtirom ko‘rsatish xalqning ma’naviy kamoloti va milliy o‘zligini anglashdagi muhim omillardan biridir. 214 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 Ayniqsa, o‘zbek adabiyotining sarchashmasi, ma’naviyatimizning qudratli ustuni bo‘lgan Alisher Navoiy bobomizga bag‘ishlab yozilgan asarlar bu ehtiromning amaliy ifodasidir. Shodmon Sulaymonning Navoiy nomini ulug‘lagan she’rlari alohida e’tiborga loyiq. Shoir she’rlarida Navoiy obrazini tarixiy emas, balki tiri

Доказательный фрагмент

«Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri shoir Shodmon Sulaymon ijodida tarixiy xotira va ajdodlar merosiga bo‘lgan ehtirom masalasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri shoir Shodmon Sulaymon ijodida tarixiy xotira va ajdodlar merosiga bo‘lgan ehtirom masalasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
spiritual heritage, spiritual awakening, faith, upbringing, tarbiya, ruhiy uyg‘onish, Naqshbandiylik tariqati, adolat, iymon, ma’naviy meros, milliy o‘zlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники