К содержанию
РецензированоUZ2026

XULQI OG'ISHGAN BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI HAQIDA MA'LUMOT

XUSUSIYATLARI HAQIDA MA'LUMOT · Rasulova Feruza Murodullayevna

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada xulqi og‘ishgan bolalarning psixologik holati, ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, ijtimoiy va oilaviy muhitning roli, shuningdek, bunday bolalar bilan ishlashning samarali usullari yoritilgan. Muallif bolalarda deviant xatti-harakatlarning sabablari va ularni tuzatish yo‘llarini tahlil qiladi hamda amaliy tavsiyalar beradi. Kalit so‘zlar: xulqi og‘ishgan bolalar, deviant xulq, psixologik muammo, ijtimoiy muhit, oila, reabilitatsiya, tarbiya, pedagogik Hozirgi davr rivojlanish dinamikasi, ayniqsa ijtimoiy andoza (stereotip)lardagi chuqur va keskin o’zgarishlar nafaqat kattalar, balki bolalar oldiga ham yuqori talablarni qo’ymoqda. Bularning barchasi oiladagi talabga javob bermaydigan tarbiyaviy ta’sir, oshkora va yashirin qarovsizlik, qadriyatlarning buzilishi, bolalar xulqida noijtimoiy, ya’ni jamiyatga yot bo’lgan holatlarning paydo bo’lishi kabi ruhiy jarohat beruvchi ijtimoiy omillarning kuchayishiga olib keladi. Buning sabablari esa quyidagilar: maktab va oiladagi kelishmovchiliklar, ijtimoiy moslashuvning qiyinchiliklari; sog’liq bilan bog’liq muammolar; rivojlanishdan orqada qolish va h.. Bunday murakkab ijtimoiy sharoitda maktabning vazifasi har bir bolaga to’g’ri yo’lni tanlashga yordam berishdan iborat. Maktab oiladan keyingi eng muhim ijtimoiy muhit hisoblanib, u ijobiy ijtimoiy xulq qoidalarini o’quvchilar ongiga singdirishi, bolaning ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga imkoniyat tug’dirishi kerak. Bu vazifalar ta’lim va tarbiyasida muammosi bor bolalarning ta’lim va tarbiya olishi jarayonida muhim ahamiyatga ega, chunki bu bolalar o’z ijtimoiy vazifalarini bajarmaydigan oilalarda yashaydilar Shuning uchun hozirgi zamon maktabining bosh vazifalaridan biri o’quvchilar o’rtasidagi negativ holatlar va noijtimoiy xulqning oldini olish. Bu yo’nalishda maktabning vazifalari: 1. O’quvchilarning ijtimoiy malakasi, ijobiy qiziqishlarini rivojlantirish va bo’sh vaqtlarini tashkillashtirishga yordamlashuvchi tadbirlarni o’tkazish. 2. Huquqbuzarlik, dars qoldirish, o’zlashtirmaslik muammolari bo’yicha tadqiqot o’tkazish. (anketa, tashxis qo’yish va b.). 3. Mutaxassislarni jalb qilgan holda ijtimoiy, tibbiy, psixologik-pedagogik yordamga muhtoj bolalar va oilalarni aniqlash. https://scientific-jl.com 2 2 2 63-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 4. Ota-onalar va o’quvchilar o’rtasida huquqiy tartib masalalari bo’yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish. 5. Maktab oila va mahalla hamkorligida o’smirlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy profilaktika ishlari darajasini ko’tarish. 6. Farzandining o’qishi va tarbiyasida muammolar bo’lgan oilalarga yordam berish. 7. Bolaning davomati va o’zlashtirishiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan sabablarni bartaraf etishga ko’maklashish. Bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagilar ishtirok etadilar: Maktab xodimlari. Maktab o’quvchilari. Ota-onalar. Turli jamoatchilik tashkiloti vakillari, jumladan mahalla qo’mitalari. Bu yo’nalish bo’yicha ishlarni olib borishda keng spektrli metodlar-dan foydalaniladi: Konsultatsiyalar, monitoring, guruhli rivojlantiruvchi mashg’ulotlar, treninglar, leksiyalar, suhbatlar, anketalar, testlar. Tor yo’nalishidagi metodikadan foydalanish. Moslasha olmagan o’smir va uning yaqin atrofidagilari shaxsini o’rganish; Birgalikdagi o’zaro harakat metodikasi. Bolaning ijtimoiy farovonlik darajasini aniqlash metodikasi. Xulqida chetga og’ishga moyillik tashxisini qo’yish metodikasi. Asosiy yo’nalishlar. 1. O’quvchilarning o’zlashtirmaslik va darsga kelmasligining oldini olish bo’yicha ishlar. Agar o’quvchi biron bir sababga ko’ra o’quv dasturining ma’lum qismini o’zlashtira olmasa, unda keyingi materialni ham o’zlashtira olmayman degan ruhiy noqulaylik paydo bo’ladi, darsda o’zini keraksizday his qiladi, zerikadi va ko’chadan topgan do’stlari, o’zi kabi bolalardan yupanch istaydi. Pirovardida, bu o’quvchi jinoiy muhitning o’ljasi bo’lib qolishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, agar o’quvchi bir kun dars qoldirsa va bunga o’z vaqtida chora ko’rilmasa, ushbu o’quvchida jazolanmaslik tuyg’usi paydo bo’ladi. U bo’sh vaqtini bozorda, kompyuter klublarida o’tkaza boshlaydi, oson pul topish ilinjida daydilik va tilanchilikka ham qo’shilishi mumkin. Bunday o’smirni giyohvandlik va jinoiy faoliyatga jalb etish juda ham oson bo’ladi. 2. O’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkillashtirish. O’quvchilarni keng ko’lamda sport bilan shug’ullanish, badiiy ijodiyot, to’garaklarga jalb etish bolaning ijodiy tashabbuskorligini rivoj-lantirish, bo’sh vaqtini https://scientific-jl.com 2 2 3 63-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali faol va foydali o’tkazish, qonunga bo’ysunishni shakllantirishga yordam beruvchi tarbiyaviy faoliyatning muhim yo’nalishlaridan biridir. 3. Sog’lom turmush tarzi targ’iboti. Hozirgi vaqtda o’quvchilarning jismoniy holati bir qancha sabablarga ko’ra tashvishlidir. Ekologiyanig yomonligi, noratsional ovqatlan

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada xulqi og‘ishgan bolalarning psixologik holati, ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, ijtimoiy va oilaviy muhitning roli, shuningdek, bunday bolalar bilan ishlashning samarali usullari yoritil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada xulqi og‘ishgan bolalarning psixologik holati, ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, ijtimoiy va oilaviy muhitning roli, shuningdek, bunday bolalar bilan ishlashning samarali usullari yoritil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, Kalit so‘zlar: xulqi og‘ishgan bolalar, deviant xulq, reabilitatsiya, oila, pedagogik, ijtimoiy muhit, psixologik muammo
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники