К содержанию
РецензированоUZ2026

“KITABUL MASOHIF” MUS’HAFLAR TARIXINI YORITGAN DASTLABKI ILMIY MANBA

DASTLABKI ILMIY MANBA · Xudashkurov Xikmat Farxodovich · Imom Buxoriy nomidagi Toshkent

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Abu Bakr Ibn Abu Dovud as-Sijistoniyning “Kitabul Masohif” asari Qur’on mus’haflarining jamlanish tarixi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Asarda sahobalar davrida Qur’on oyatlari qanday tartiblanganligi, Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning rasmiy mus’hafni yaratish tashabbusi va bu boradagi sahobalar ijmosi bayon etiladi. Maqolada ushbu asarning tarixiy ishonchliligi, hadisiy dalillar bilan mustahkamlanganligi hamda Qur’on ilmlaridagi ilmiy ahamiyati yoritilgan. “Kitabul Masohif” – Qur’on matnining yozma tarixini o‘rganuhi eng qadimiy manbalardan biri sifatida ko‘riladi. Kalit so’zlar: Qur'on, mus’haflar tarixi, Ibn Abu Dovud, Kitabul-Masohif, Usmon mushafi, sahobalar ijmosi, Qur’on jamlanishi, qiroatlar, hadisiy manba, islomiy yozma meros. Kirish: Islom tarixida Qurʼon matnining jamlanishi va avlodlardan avlodlarga uzatilishi muhim ahamiyatga ega mavzulardandir. Erta davrdagi islom ulamolari Qurʼon yozilma nusxalari (mus’haflari) haqida turli maʼlumotlarni yigʻib, keyingi avlodlar uchun boy meros qoldirganlar. Ana shunday nodir manbalardan biri arab muhaddisi Abu Bakr Ibn Abu Dovud as-Sijistoniy qalamiga mansub “Kitabul Masohif”” (“Mus’haflar kitobi”) asaridir. Ushbu asar Ibn Abu Dovudning hayoti va ilmiy faoliyatini, asarning mazmunini, ilmiy manbalari va tarixiy ahamiyatini hamda Qurʼon ilmlaridagi oʻrnini ilmiy tarzda yoritishni maqsad qilgan. Avvalo, muallifning tarjimai holi va u yashagan davr haqida qisqacha toʻxtalib, soʻngra asarning tuzilishi va asosiy boblari tahlil qilinib, undagi rivoyatlarning ishonchlilik darajasi va ulamolar tomonidan berilgan baholariga eʼtibor qaratilgan. Asosiy qism: Abu Bakr Abdulloh Ibn Sulaymon Ibn al-Ashʻas As-Sijistoniy, mashhur muhaddis Abu Dovudning oʻgʻli boʻlib, islomiy manbalarda Ibn Abu Dovud nomi bilan tanilgan. U hijriy 230-yilda (milodiy 844-yil) Sijiston viloyatida tavallud topgan va hijriy 316-yilda (milodiy928-yil) Bagʻdodda vafot etgan. Ibn Abu Dovuding bolalik chogʻidan otasi Abu Dovud as-Sijistoniy (Sunan Abu Dovud asari muallifi) bilan birga ilm yoʻlida safarlarda boʻlgan. Otasi uni hadis ilmini oʻrganishi uchun Xuroson, Eron, Iroq, Shom, Hijoz va Misr kabi oʻsha davrning yirik ilm poytaxtlariga olib borgan. Natijada Ibn Abu Dovud koʻplab mashhur muhaddislarning majlislarida boʻlib, ulardan hadis va asarlarni yozib oldi. Koʻp yillik ilm safarlaridan https://scientific-jl.com 1 9 5 46-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi soʻng u Bagʻdod shahrida istiqomat qildi va hadis ilmi boʻyicha ulkan obroʻ qozondi. Manbalarda u “Iroq ahlining imomi” darajasiga yetgani hamda umrining oxirida koʻzi ojiz bo‘lib qolganiga qaramay, ilmiy faoliyatini davom ettirgani qayd etiladi. Ibn Abu Dovud oʻz davrining yirik muhaddislaridan sanalib, bir necha asarlar muallifi edi. Uning qalamiga mansub asarlar sirasiga “Kitabul Masohif”, “Kitabul Ba’s”, “as- Sunan”, “at-Tafsir”, “Al-Qiroat” hamda “an-Nasih val Mansuh” kabi kitoblar kiradi. Afsuski, ularning baʼzilaridan faqat nomigina yetib kelgan yoki ular bizgacha toʻliq saqlanib qolmagan. Ibn Abu Dovud ayniqsa Qurʼon ilmlari va hadis ilmidagi hissasi bilan tanilgandir. Uning ilmiy mavqeini zamondoshlari yuksak baholagan Jumladan, zamonasining buyuk muhaddisi Imom Doroqutniy Ibn Abu Dovudni “siqa” ya’ni ishonchli roviy deya taʼriflagan, Shu bilan birga, boshqa ulamolar Ibn Abu Dovudning yod olish qobiliyatini yuqori baholab, hatto “oʻgʻli otasidan ham ziyoda hofiz edi” degan fikrlarni bildirganlar. Ibn Abu Dovud oʻz davrida keng ilmiy muhitga ega boʻlib, hadis va Qurʼon ilmlari sohasida bebaho meros qoldirgan. “Kitobul- Maṣoḥif” uning eng mashhur va hozirgacha ilmiy ahamiyatini saqlab kelayotgan asarlaridan biridir. “Kitabul Maṣoḥif” asarining tuzilishi va manbalari: Asar Qurʼon matnining yozma nusxalari va ularni jamlash tarixi haqida ilmiy manba hisoblanadi. Asar Qurʼonning turli mus’haflari, yaʼni paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) zamonidan keyingi davrlarda sahobalarning, tobeinlarning va turli makonlardagi mavjud boʻlgan Qurʼon qoʻlyozma nusxalari hamda ularning xususiyatlari haqidagi rivoyatlarni qamrab oladi. Ibn Abu Dovud ushbu kitobni hijriy III asrda, islom jamiyati ichida Qurʼon matni va uning turli qiroatlariga doir masalalarga qiziqish mavjud bo‘lgan bir paytda tasnif etgan. U bu asarni tasnif etishda oldingi avlodlardan kelgan ogʻzaki va yozma rivoyatlarni yigʻib, ularni mavzular boʻyicha tartiblagan. Muallif uni koʻplab bob (bo‘lim)larga ajratgan, har bir bob maʼlum bir mavzuga bagʻishlanib, uning ostida shu mavzuga taalluqli boʻlgan hadislar va rivoyatlar keltiriladi. Ibn Abu Dovud har bir rivoyatni sanad (isnod)lari bilan, yaʼni oʻzi eshitgan ustozlari silsilasi orqali keltiradi. Masalan, u muayyan rivoyatni “falon ustozimdan, u falondan, u sahobiy falondan rivoyat qiladi” tarzida batafsil zanjir bilan bayon etadi. Bunday uslub o‘sha davr hadis ilmining talablariga toʻla mos bo‘lib, har bir xabar manbasini tekshirish va uning ishonchliligini baholash imko

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Abu Bakr Ibn Abu Dovud as-Sijistoniyning “Kitabul Masohif” asari Qur’on mus’haflarining jamlanish tarixi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Abu Bakr Ibn Abu Dovud as-Sijistoniyning “Kitabul Masohif” asari Qur’on mus’haflarining jamlanish tarixi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kitabul-Masohif, Kalit so’zlar: Qur'on, mus’haflar tarixi, Ibn Abu Dovud, islomiy yozma meros., hadisiy manba, qiroatlar, Qur’on jamlanishi, sahobalar ijmosi, Usmon mushafi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники