К содержанию
РецензированоRU2026

NASOS STANSIYASIDA ZAXIRA SUVINI АVTOMАTIK ROSTLАSH TIZIMINING MODELLАSHTIRISH

TIZIMINING MODELLАSHTIRISH · Irgashev Umidjon Abdufattoh o‘g‘li · Kalit so‘zlar:Nasos (Andijon davlat texnika instituti) · Zaxira suv (Andijon davlat texnika instituti)

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This article presents the development of an automated control system for managing reserve water supplies at pumping stations. The system utilizes water level, temperature, and vibration sensors to collect real-time data, which is processed through a Programmable Logic Controller (PLC). The modeling was conducted in the MATLAB environment, and the system's efficiency was thoroughly analyzed. The results confirm the reliability and effectiveness of the automation system. This solution plays a crucial role in ensuring stable water reserves, preventing emergency situations, and improving the energy efficiency of pumping operations. https://scientific-jl.com 2 1 8 46-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Nasos stansiyalari — bu suv, boshqa suyuqliklar yoki gazlarni bir joydan boshqasiga uzatish, bosimni saqlash va tartibga solish uchun mo‘ljallangan texnik tizimlar majmui hisoblanadi. Ular san’oat, kommunal xizmatlar, qishloq xo‘jaligi va energiya sohalarida keng qo‘llaniladi[1,2]. Nasos stansiyasining asosiy vazifasi — suyuqliklarni kerakli bosim va hajmda uzatishdir. Bu jarayon suv ta’minoti, kanalizatsiya, sug‘orish tizimlari, neft va gaz sanoatidagi transport tarmoqlari uchun ayniqsa muhimdir[2,3,7]. Suv zaxirasi — bu suv ta’minot tizimining ajralmas elementi bo‘lib, nasos stansiyalarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Nasos stansiyalarida zaxira suvning mavjudligi favqulodda holatlarda (masalan, elektr energiyasi uzilishi, nasoslar ishdan chiqishi, tabiiy ofatlar yoki texnik nosozliklar) suv bilan ta’minotni davom ettirish imkonini beradi[5]. Avtomatik rostlash — bu texnologik jarayon yoki fizik kattaliklarni oldindan belgilangan qiymatda ushlab turish yoki kerakli darajada o‘zgartirishni ta’minlovchi boshqaruv tizimi hisoblanadi. U zamonaviy texnik inshootlar, san’oat jarayonlari va kommunal xizmatlarda uzluksiz va barqaror ishlashni ta’minlovchi muhim funksional vositadir. Hozirgi zamonaviy san’oat va kommunal xo‘jalik tizimlarida suv ta’minotini uzluksiz va samarali tashkil etish dolzarb masalalardan biridir. Aholi va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan suv sifati va hajmining barqarorligi ko‘p jihatdan nasos stansiyalarining to‘g‘ri ishlashiga bog‘liq. Ayniqsa, zaxira suvini nazorat qilish va uni samarali rostlab borish masalasi so‘nggi yillarda ahamiyat kasb etmoqda. Suv ta’minoti tizimida yuzaga keladigan avariyaviy holatlar, uzilishlar va talabning beqarorligi sababli zaxira suv tizimlarini avtomatlashtirish zarurati o‘rtmoqda. Avtomatik rostlash tizimlari yordamida suv miqdorini real vaqt rejimida kuzatish, muvozanatlashtirish hamda nasoslarning ish tartibini optimallashtirish imkoniyati yaratiladi. Bunda modellashtirish texnologiyalari asosida tizim parametrlarini oldindan tahlil qilish, boshqaruv algoritmlarini shakllantirish va ularning samaradorligini sinovdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Mazkur maqolada nasos stansiyasida zaxira suvini avtomatik rostlash tizimining modellashtirish yo‘llari, amaliy tajribalar va kuzatuv natijalari asosida tahlil qilinadi[6,4]. Nasos stansiyalari va zaxira suv muammosi Nasos stansiyalari suvni uzatish, bosimni saqlash va muayyan hajmdagi suvni ta’minot tarmoqlariga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Zaxira suv esa, ko‘pincha, quyidagi holatlar uchun zarur hisoblanadi: - Energiya ta’minotida uzilishlar yuz berganda - Avtomatik tizim ishdan chiqqanda - Suv iste’moli keskin oshganda https://scientific-jl.com 2 1 9 46-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi - Favqulodda holatlarda (yong‘in, avariya va boshqalar) Shunday holatlarda zaxira suv hajmi va uning tizimdagi sathi doimiy ravishda kuzatilib borilishi kerak. An’anaviy tizimlarda bu jarayon inson aralashuvisiz kechmaydi, bu esa kechikishlar va noto‘g‘ri baholashlarga olib keladi. Nasos stansiyalarida suv zaxirasi mavjudligi tizimning uzluksiz va xavfsiz ishlashi uchun zarur shart hisoblanadi. Suv sathining avtomatik nazorati va optimal boshqaruvi orqali suv resurslari tejaladi, energiya samaradorligi oshiriladi va favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish imkoniyati yaratiladi. Shuning uchun har qanday zamonaviy suv ta’minoti tizimida suv zaxirasini shakllantirish va uni avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkazish dolzarb masala sanaladi. Avtomatik rostlash tizimining zaruriyati Zaxira suv darajasini avtomatik ravishda kuzatish va rostlab borish tizimi quyidagi afzalliklarni beradi: - Doimiy monitoring: Suv sathi, bosim va oqim real vaqt rejimida kuzatib boriladi. - Moslashuvchan boshqaruv: Dvigatellar, nasoslar va klapanlar holati avtomatik tarzda rostlanadi. - Xatoliklarning oldini olish: Suv darajasi kritik nuqtaga yetganida tizim ogohlantirish beradi yoki avariya holatini oldini oladi. - Energiya tejash: Suv hajmiga qarab nasoslarni avtomatik ishga tushirish yoki to‘xtatish orqali energiya sarfi kamayadi. Ushbu avtomatik tizimni yaratish uchun real fizik jarayonlarni m

Доказательный фрагмент

«This article presents the development of an automated control system for managing reserve water supplies at pumping stations.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents the development of an automated control system for managing reserve water supplies at pumping stations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Modellashtrish, Zaxira suv, Rostlash, Kalit so‘zlar:Nasos, Stansiya, Avtomatik rostlash.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники