К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI TA’LIMINING O‘RNI VA VAZIFALARI

( DcS) Zokirova Sohiba Muxtoraliyevna · Maxmudova Nazokat Qodirali qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilarning ona tilidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda asosiy poydevor hisoblanadi. Hozirgi kunda boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish zarurati dolzarb muammo sifatida e’tirof etilmoqda. Tadqiqotda pedagogik tahlil, kuzatish, taqqoslash va amaliy dars jarayonlarini tahlil qilish metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, ta’limiy kompetensiyalarga asoslangan yondashuv asos qilib olindi. O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, ona tili darslarida mantiqiy fikrlash, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish, savodxonlikni shakllantirish orqali o‘quvchilarning umumiy tafakkuri kengayadi. Kalit so‘zlar: Ona tili, boshlang‘ich ta’lim, savodxonlik, metodika, nutqiy rivojlanish, interaktiv yondashuv, pedagogik tahlil. Kirish. Boshlang‘ich ta’lim inson shaxsining asosiy nutqiy, tafakkuriy va kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishda muhim bosqich bo‘lib, bunda ona tili ta’limi yetakchi rol o‘ynaydi. Ona tili darslari o‘quvchilarning savodxonligini shakllantirish, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, til boyligini kengaytirish va mantiqiy tafakkurini o‘stirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi 1Shu nuqtai nazardan, tadqiqot ob’yekti sifatida boshlang‘ich sinflarda ona tili fanining mazmuni, metodik yondashuvlari va amaliy ahamiyati o‘rganiladi. So‘nggi yillarda ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish tamoyillarining joriy etilishi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv aloqaning kuchaytirilishi bu fan doirasidagi yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda2. Ilgari olib borilgan tadqiqotlar asosan savod o‘rgatish texnologiyalariga qaratilgan bo‘lib, ularning bir qismi darslik mazmuni yoki dars jarayonining tashkiliy tomonlarini tahlil qilish bilan cheklanadi. Hozirgi bosqichda esa til ta’limining kommunikativ, madaniy va psixolingvistik funksiyalarini chuqurroq o‘rganish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Amaldagi metodik adabiyotlarda ona tili ta’limining nazariy jihatlari yaxshi yoritilgan bo‘lsa-da, ularning amaliyotda to‘laqonli tatbiq 1 Jo‘rayev R. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2017. 2 Sharipova N. Ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv. – Toshkent: Fan, 2020. https://scientific-jl.com 2 5 2 46-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi etilmasligi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Xususan, dars jarayonida interaktiv metodlardan yetarli darajada foydalanilmasligi, ko‘plab o‘quvchilarning nutqiy faolligining sustligi, muloqotda qiynalishi kuzatilmoqda. Mavjud bo‘lgan an’anaviy yondashuvlar, ya’ni diktant, matn o‘qish, gap tuzish singari uslublar, ko‘p hollarda bolalarning ijodiy fikrlashini rag‘batlantirmaydi. Shu bilan birga, ayrim qarshi fikrlar ona tili fanini faqat grammatik bilimlar majmui sifatida talqin etadi. Bu esa zamonaviy ta’lim konsepsiyalariga mos emas. An’anaviy dars modellarida o‘quvchining faolligi emas, balki o‘qituvchining yetakchiligi markazda turadi3. ADABIYOTLAR TAHLILI Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limiga oid adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar asosan savod o‘rgatish, grammatik qoidalarni singdirish, o‘quvchilarning til boyligini oshirish hamda muloqot kompetensiyalarini shakllantirish kabi masalalarga qaratilgan. Jumladan, R. Jo‘rayevning “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi” nomli asarida o‘qitish texnologiyalari, bosqichma-bosqich metodik yondashuvlar, dars jarayonining tarkibiy qismlari keng yoritilgan. Ushbu manbada ta’limning nazariy asoslari bilan birga amaliy tavsiyalar ham keltirilgan. N. Sharipova o‘zining “Ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv” nomli tadqiqotida til ta’limini shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish konsepsiyasi asosida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi.4 Muallifning fikricha, o‘quvchilar faqat grammatik bilim emas, balki hayotiy muloqotda faol bo‘lishi, fikrini to‘g‘ri ifodalashi zarur. D. Xudoyberdiyeva esa ona tili darslarida innovatsion metodlardan foydalanishning samaradorligi haqida fikr yuritadi5. U o‘quvchilarning tafakkur darajasini oshirish, ijodiy fikrlashini shakllantirishda loyihalash, rolli o‘yin, klaster, insert kabi texnologiyalarning o‘rnini alohida ta’kidlaydi. Biroq, mavjud adabiyotlarning ayrimlarida faqat metodik tavsiyalar berilgan bo‘lib, ularning empirik sinovlari yetarli darajada asoslanmagan. Shuningdek, ko‘plab tadqiqotlar individual yondashuv va o‘quvchilarning nutqiy faolligini baholash mezonlarini to‘liq ochib bera olmaydi. Bu esa mavzuga oid ilmiy bo‘shliqlar mavjudligini ko‘rsatadi. NATIJA VA MUHOKAMA Tadqiqot jarayonida olib borilgan tahlillar va tajriba-eksperimental ishlar boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limi jarayonining zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan boyitilishi zarur ekanligini ko‘rsatdi. Kuzatishlar va so‘rovnomalar asosida aniqlanishicha, an’anaviy yondashuvlar bilan cheklangan darslarda o‘quvchilarning nutq faol

Доказательный фрагмент

«Boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilarning ona tilidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda asosiy poydevor hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilarning ona tilidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda asosiy poydevor hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
savodxonlik, metodika, nutqiy rivojlanish, Kalit so‘zlar: Ona tili, pedagogik tahlil., interaktiv yondashuv, boshlang‘ich ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники