К содержанию
РецензированоUZ2026

AUTODESTUKTIV XULQ-ATVOR ANIQLANGAN OʻSMIRLIK YOSHIDAGI OʻQUVCHILAR BILAN KORREKSION- RIVOJLANTIRUVCHI MASHGʻULOTLAR TASHKIL ETISH

Abdusamiyeva Dilshoda Alisher qizi · Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumani MMTBga

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Bugungi kun zamonaviy psixologiyasining asosiy muammolaridan biri sifatida yoshlarda o‘z-o‘ziga zarar yetkazishga qaratilgan xatti-harakatni tub ildizini o‘rganish, uni profilaktika qilish va korrektsiyalash ishlari namoyon bo‘lmoqda. Ushbu maqolada yuqorida ta’kidlangan autodestruktiv xulq-atvor muammosini oldini olishga qaratilgan yondashuvlar tahlili yoritib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: autodestruktiv xulq-atvor, xatar guruhlari, psixologik korreksiya va profilaktika tamoyillari, motiv, o‘z-o‘zini baholash va nazorat qilish. Psixologik korreksiya va profilaktikada ikkita asosiy yondashuvni ajratish mumkin - muammoga yo‘naltirilgan va shaxsiyatga yo‘naltirilgan yondashuvlar. Birinchi holda, muayyan qiyin vaziyat yoki muammoni hal qilish muhimligi ta'kidlangan bo‘lsa, ikkinchisida, insonning shaxsiy o‘sishiga, uning o‘ziga va o‘z xatti-harakatlariga ongli munosabatiga e'tibor qaratiladi. Ko‘pgina psixologlar, masalan, O.V.Xuxlayevaning ta'kidlashicha, autodestruktiv xulq-atvor muammosini hal qilish uchun asosiy e'tiborni korreksiyadan profilaktikaga o‘tkazish kerak, chunki buzilishning (alkogolizm, o‘z joniga qasd qilish harakati va boshqalar) oldini olmasdan o‘smirning psixologik va ruhiy salomatligini saqlab bo‘lmaydi. Bu muammoga o’rta asrlarda yashab o’tgan vatandoshimiz, sharq mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino ham o’z munosabatini bildirib o’tgan. Ularning “Kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish afzal” degan fikrlari bugungi kun tibbiyot va psixologiya ilmlari uchun o’ta muhim hisoblanadi. Autodestruktiv xulq atvorni oldini olishning eng samarali usullari bu xatti-harakatlar oqibatlarini o’smirlarga to’liq tushuntirish, anglatishga qaratilgan. Boisi, shaxs biror faoliyatda samaraga erishish uchun albatta, u faoliyat haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishi, tahlil qilishi va mazmunini chuqurroq anglashi muhimdir. Shunda uning o‘zi ichki motivlar asosida natija uchun bardavom harakatda bo’ladi. Agar shaxs o’zi uchun zararli xatti-harakatlarga qarshi anglangan tarzda, o‘zi kurashmasa, ko‘plab usullar o‘zining samarasini yo’qotishi mumkin. Bu borada Qur’oni Karimning Ra'd surasi, 11-oyatda “Albatta, to bir qavm o'zlarini o'zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o'zgartirmas” deya bayon etilgan. Hozirga qadar zamonaviy psixologik tadqiqotlarda o‘smirlardagi autodestruktiv xulq-atvorning https://scientific-jl.com 1 1 8 46-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi profilaktikasi ahamiyati va izchil metodlari bo’yicha ko’plab nazariyalar oldinga surilgan hamda bu borada ko‘plab izlanishlar olib borilgan. Jumladan, G‘.A.Berulavaning izlanishlarini natijasiga ko‘ra,jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichidagi psixologiyani rivojlantirishda gumanistik yo‘nalishlar shaxsni samarali rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishga ko‘rsatilishi kerak. Shuningdek, O.V.Xuxlayeva ham bugungi kunda o‘smirlarda autodestruktiv harakatning tarqalishi ko’payganda, profilaktik ishlar alohida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tgan. Autodestruktiv xulqni o'rganish uchun bir qator psixologik-diagnostika metodlari mavjud. Bu metodlar autodestruktiv xulqning sabablarini aniqlash, uni tadqiq etish qiyinchiliklarini baholash va muammolarni hal etishga yordam berish maqsadida qo'llaniladi. Quyida ba'zi asosiy metodlar va ularning imkoniyatlarini tasniflab o’tamiz: Autodestruktiv xulqni o'rganish uchun bir qator psixologik-diagnostika metodlari mavjud. Quyida ba'zi asosiy metodlar keltirilgan: Psixologik suhbat: Muxokama orqali sinaluvchi his-tuyg'ulari, fikrlari va xulq atvori to'g'risida ma'lumot to'plash. Anketalar va testlar: Maxsus ishlab chiqilgan testlar (masalan, Beckning depressiya testi, Zung testlari) yordamida autodestruktiv xulqni baholash. Observatsiya: Bemorning xulq-atvorini va o'zaro munosabatlarini kuzatish. Psixologik profillash: Bemorning shaxsiyati va xulq-atvorini aniqlash uchun turli xil psixologik profillash metodlari. Ijtimoiy munosabatlar tahlili: Bemorning ijtimoiy muhitini va o'zaro munosabatlarini o'rganish. Emotsional holatlarni baholash: Bemorning hissiy holatini aniqlash uchun turli xil baholash metodlari. Bu metodlar birgalikda ishlatilganda, autodestruktiv xulqni chuqurroq tushunishga va muammolarni hal qilishda samarali yechimlar topishga yordam beradi. O’smirlarda o’z-o’ziga zarar yetkazishga qaratilgan xatti-harakatlarni tashxislash metodlari orasida eng keng qo’llaniladigani bu suhbat metodi hisoblanadi. Belgilingan maqsadni amalga oshirish uchun suhbat metodini quyidagi bosqichlarda olib borish maqsadga muvoffiq sanaladi: Qulay muhitni yaratish: birinchi navbatda suhbat uchun qulay va xotirjam muhit yaratiladi. Mijozni tinchlantirish va ularning o'zini erkin his qilishi muhim. Suhbatni boshlash: Suhbatni ochiq va samimiy muhokama bilan boshlang. Bemorni ochiqlikka va ishonchga undash uchun o'z fikrlaringizni ifoda eting. Maqsadni aniqlash: Suhbat davomida nima maqsadda gaplashayotganingizni aniqlang. Bemorga maqsadga erishishda qanday yord

Доказательный фрагмент

«Bugungi kun zamonaviy psixologiyasining asosiy muammolaridan biri sifatida yoshlarda o‘z-o‘ziga zarar yetkazishga qaratilgan xatti-harakatni tub ildizini o‘rganish, uni profilaktika qilish va korrektsiyalash ishlari n…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kun zamonaviy psixologiyasining asosiy muammolaridan biri sifatida yoshlarda o‘z-o‘ziga zarar yetkazishga qaratilgan xatti-harakatni tub ildizini o‘rganish, uni profilaktika qilish va korrektsiyalash ishlari n… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
motiv, Kalit so‘zlar: autodestruktiv xulq-atvor, xatar guruhlari, psixologik korreksiya va profilaktika tamoyillari, o‘z-o‘zini baholash va nazorat qilish.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники