К содержанию
РецензированоEN2025

MUMTOZ ADABIYOTDA OBRAZ YARATISH MASALASI

Nizomiddinova Ma’sudaxon Abdumo’min qizi.

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article is devoted to the study of issues such as the importance attached to the creation of a hero in our classical literature, the characteristics of his inner and outer world, behavior, and psyche. The creative heritage of Alisher Navoi is used to substantiate the ideas. Key words: Image, spirit, character, value, symbol, belief, image. Har bir badiiy adabiyot namunasida voqealarni bir-biriga ulovchi, yozuvchining istak va niyatlarini amalga oshiruvchi ishtirokchilar mavjud bo‘ladi. Bu ishtirokchilar badiiy obraz bo‘lib, asar sujetini harakatlantiruvchi asosiy vosita hamdir. Har bir asar obrazi asarning oddiy ishtirokchisi, asar qahramoni, yoki asar bosh qahramoni bo‘lishi mumkin. Badiiy asarning asosi hisoblangan obraz va obrazlilik tеrminlariga doir turli qarashlar quyidagicha tahlil qilinadi: «Obraz» (yunoncha eydos – ko‘rinish, manzara) bu tashqi ko‘rinish, prеdmеt va narsaning qiyofasi ma'nosini anglatadi. Shu bilan birga prеdmеt va narsaning mohiyati, g‘oyasi, Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 321 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ichki mazmuni tushunchalarini ham o‘zida tashiydi. Kеyinchalik bu ikki mohiyat o‘zaro birlashib, aks ettirish ma'nosiga kеlgan. Yunon olimi Platon uchun obraz rеal dunyoning adabiy aksi bo‘lsa, Aristotеl uni «mimеsis» nazariyasi, ya'ni taqlid orqali tushuntirgan. “Литературный энциклопедический словарь” da obraz mohiyatiga tarixiy nuqtai nazardan yondashilib, u haqdagi qator qarashlar kеltirilgan: I.Kant obrazni muvofiqlik va mos kеlish, fikr va tuyg‘uning uyg‘unligi («сочетание и согласие», «чувственность и рассудок») sifatida e'tirof etgan. Shеlling talqinida esa, obraz rеal va idеal, borliq va g‘oya, tugallanganlik va hududsizlik tushunchalarini o‘zida birlashtirgan.1 Gеgеlning “Estеtika” asarida bu tеrmin ancha kеng talqin qilingan bo‘lib, “Biz poetik tafakkurni obrazli tasavvur qilamiz. Obrazni estеtik rеallik, badiiy mе'yor, g‘oya, umumiylik, originallik hamda, mazmun va shaklning dialеktik birligi sifatida tushunamiz” 2 , dеb yozadi. Obraz deganda, biz odatda muayyan bir inson shaxsi yoki ijtimoiy hodisaning ijodkorlar tomonidan qayta ishlangani nazarda tutib kelingan. U tasavvurdagi shaxs yoki jamiyatni real shaxslar va mavjud jamiyatdan yuqori qo‘yish, ya’ni badiiy maketini yaratish bilan bog‘liq. Aslida ham inson shunday, hamisha o‘z olamida yaratgan orzu-istak sari intiladi. Bir so‘z bilan aytganda, orzu istaklar, ideallar asli qadriyatlar bilan bog‘liq bo‘lib, poetik obraz uning obyektdagi in’ikosi tarzida yuzaga keladi. O‘zbek mumtoz adabiyotida obraz masalasi muhim o‘rin tutadi, chunki bu adabiyotda qahramonlar va ularning ichki dunyosi, xulq-atvori va hayotiy holati juda chuqur tasvirlanadi. Obrazlar orqali nafaqat insonning tashqi ko‘rinishi, balki uning ruhiy holati, ichki konfliktlari, axloqiy va ijtimoiy qarashlari ham o‘rganiladi. Mumtoz adabiyotda tasvirlangan obrazlar ko‘pincha ideal yoki qarama-qarshi ikki xil xususiyatni o‘zida mujassam etadi, masalan, yaxshilik va yomonlik, samimiylik va ikir-chikirlik, rahm-shafqat va qasoskorlik. O‘zbek mumtoz adabiyotida obrazning asosiy jihatlari: 1 Литературный энциклопедический словарь. - М.: СЭ, 1987. - С. 255. 2 Гегель Г.В.Ф. Лекции по эстетике / Введение в литературоведение. Хрестоматия. Сост. Николаев П.А., Эсалнек А.Я. - М.: Высшая школа, 2006. – С. 8 Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 322 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 1. Ichki dunyo va hissiyotlar: O‘zbek adabiyotining mumtoz namunalarida qahramonlarning ichki dunyosi, ruhiy holatlari ko‘plab asarlarda markaziy o‘rin tutadi. Bu tasvirlash usuli o‘ziga xos bo'lib, qahramonlar o‘zlarining his-tuyg'ulari, ichki kurashlari orqali o‘zgarib boradi. 2. Qahramonlar va ularning qadriyatlari: Mumtoz adabiyotda, masalan, Alisher Navoiy, Mashrab, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi adiblar o‘z asarlarida zamonning murakkab ijtimoiy, ma'naviy va axloqiy sharoitlarini ko‘rsatganlar. Qahramonlar ko‘pincha o‘z xalqining, madaniyatining, axloqining muhofazachisi sifatida tasvirlanadi. 3. Ramziy obrazlar: O‘zbek mumtoz adabiyotida ko‘plab ramziy obrazlar mavjud. Ular nafaqat tashqi ko‘rinish bilan, balki chuqur ma’nolarni anglatadi. Masalan, "Xamsa" asaridagi obrazlar ko‘pincha shaxsiy fazilatlarni yoki ma‘naviy qadriyatlarni ifodalaydi. 4. Jahon va ijtimoiy tasvir: Obrazlar orqali, shaxsning o‘z ijtimoiy roli va jamiyatdagi o‘rni ko‘rsatiladi. Alisher Navoiy yoki Mirzo Ulug‘bekning asarlarida ko‘plab obrazlar orqali ilm, adolat, haqiqiy sevgi, vatanparvarlik kabi qadriyatlar o'rganiladi. 5. Obrazning o‘zgarishi va rivoji: Mumtoz adabiyotda qahramonlarning hayoti, ularning ijtimoiy va ma'naviy o‘sishi ko‘rsatiladi. Bunday o'zgarishlar asar davomida kuzatiladi, bu esa qahramonlarning ichki dunyosini va ularning qiyinchiliklarga qarshi kurashini yanada chuqurlashtiradi. Umuman olganda, O‘zbek mumtoz adabiyotida obrazlar nafaqat tashqi ko‘rinish yoki harakatlar bilan belgilanishi, balki shaxsiy va ma'naviy olamning keng va murakkab ifodasi sifatida ham ko‘riladi

Доказательный фрагмент

«This article is devoted to the study of issues such as the importance attached to the creation of a hero in our classical literature, the characteristics of his inner and outer world, behavior, and psyche.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is devoted to the study of issues such as the importance attached to the creation of a hero in our classical literature, the characteristics of his inner and outer world, behavior, and psyche. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Image, spirit, character, value, symbol, belief, image, tasvir., xarakter, e’tiqod, ramz, Obraz, ruhiyat, qadriyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники