Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDA TRANSCHEGARAVIY SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI
RESURSLARIDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI · Shoyimqulova Sevinch Sherzod qizi
Современное образование и развитие · 7 · 947-949 · 2025
Аннотация
This article discusses the issues of using transboundary water resources in the Central Asian region. Due to the insufficient effectiveness of interstate agreements on the level and flow of the major rivers in the region - the Amu Darya and the Syr Darya, water use disputes are arising. The article also analyzes the ecological, socio-economic and political factors in the management of transboundary water resources. Recommendations are given to solve the problem based on international experience. Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 325 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Kalit so’zlar: Transchegaraviy suv, Amudaryo, Sirdaryo, Markaziy Osiyo,s uv resurslari, integratsiyalashgan boshqaruv, ekologiya, suv nizolari. Markaziy Osiyo mintaqasi o’zining suv resurslari bilan har doim ham boy bo’lmagan.Mintaqadagi ikki asosiy daryo-Amudaryo va Sirdaryo- bir nechta davlatlar hududidan o’tadi va bu holat ushbu suv manbalarini “transchegaraviy” qiladi. Bu esa o’z navbatida mintaqa davlatlari o’rtasida suvdan foydalanish borasida muammolarni yuzaga keltirmoqda. Masalan, yuqori oqimda joylashgan Qirg’iziston va Tojikiston mamlakatlari gidroenergetika ehtiyojlarini qondirish uchun daryolarning suvini ko’proq saqlab qolishga harakat qilsa, quyi oqimdagi O’zbekiston,Qozog’iston va Turkmaniston esa qishloq xo’jaligi uchun suvi ko’proq talab qiladi.Bu qarama-qarshi manfaatlar sabab suv resurslarini adolatli taqsimlash masalasi dolzarb bo’lib qolmoqda. Yana bir muhim jihat- bu ekologik falokat xavfidir. Orol dengizining qurishi, daryolar sathining kamayishi va tuproq sho’rlanishi hududda ekologik muvozanat buzilishiga olib kelmoqda.Bu esa aholining salomatligi va iqtisodiy holatga bevosita salbiy ta’sir qilmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun transchegaraviy suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tizimiga o’tish, shuningdek, xalqaro konvensiyalar asosida o’zaro kelishuvlar ishlab chiqish zarur. Bunda Yevropa Ittifoqi yoki Janubi-Sharqiy Osiyo tajribasidan foydalanish mumkin.Shuningdek, Markaziy Osiyodagi suv resurslarini boshqarishda xalqaro huquqiy me’yorlarning roli ham kata ahamiyatga ega. BMTning 1997-yilda qabul qilingan “Transchegaraviy suv oqimlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish tog’risidagi konvensiyasi” davlatlar o’rtasidagi suv taqsimoti va undan adolatli foydalanish tamoyillarini belgilaydi. Afsuski, bu konvensiyaga mintaqaning barcha davlatlari qo’shilmagan , bu esa xalqaro huquqiy mexanizmlarning to’liq ishlashiga to’sqinlik qilmoqda.Yoshlar, fuqarolik jamiyati vakillari va ekologik tashkilotlarning ham bu jarayonlarda faol ishtiroki taminlansa, hamkorlikka asoslangan va barqaror yechimlarga erishish imkoniyati yanada ortadi. Suv resurslari atrofidagi muammolar nafaqat texnik yoki siyosiy, balki ijtimoiy Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 326 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT muammolar ham bo’lgani uchun keng jamoatchilikning xabardorligi va ishtiroki muhimdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.Amudaryo va Sirdaryo suv resurslarini boshqarish bo’yicha mintaqaviy strategiyalar.-Toshkent:TIQXMMI nashriyoti, 2020.-240b 2.Philip Micklin. The Aral Sea Disaster: Causes,Consequences, and Future.- Springer,2014.-P.947-949. 3.Shodmon Ibrohimov.Transchegaraviy suv resurslarini boshqarishning iqtisodiy va huquqiy jihatlari.-Toshkent:Fan,2018.2023.-B.153-154. 4.Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (CAREC).Mrkaziy Osiyo suv resurslarini boshqarish: barqaror rivojlanish uchun strategiyalar.-CAREC nashriyoti,2021.-154 b. 5.Mukhamedjanova.G.(2021). Transboundary Water Management in Central Asia: Legal Frameworks and Regional Cooperation.Central Asian Journal of Water Research,Vol. 7(2),pp.45-62. Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 327
Доказательный фрагмент
«This article discusses the issues of using transboundary water resources in the Central Asian region.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the issues of using transboundary water resources in the Central Asian region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- integratsiyalashgan boshqaruv, Transchegaraviy suv, s uv resurslari, Markaziy Osiyo, Sirdaryo, Amudaryo, ekologiya, suv nizolari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025