К содержанию
РецензированоUZ2026

LINUX OPERATSION TIZIMINI VIRTUAL MASHINAGA O‘RNATISH: BOSQICHMA-BOSQICH ILMIY QO‘LLANMA.

BOSQICHMA-BOSQICH ILMIY QO‘LLANMA. · UMAROV BEKZOD AZIZOVICH

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada virtualizatsiya texnologiyasi va uning operatsion tizimlar, xususan, Linux tizimlarini o‘rganishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Virtual mashinalar orqali Linux distributivlarini o‘rnatish, tajriba o‘tkazish, tizim konfiguratsiyasini sozlash va testlash imkoniyatlari yoritilgan. Ushbu tadqiqotda VirtualBox dasturi yordamida Ubuntu distributivining virtual muhitga bosqichma-bosqich o‘rnatilishi amaliy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bu yondashuvning ta’lim, ilmiy tadqiqot va dasturiy testlashdagi afzalliklari haqida ham fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: linux, virtual mashina, VirtualBox, Ubuntu, operatsion tizim, virtualizatsiya, tizim testlash, ma’lumotlar xavfsizligi, tajriba muhiti. Kirish. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan bir paytda, turli operatsion tizimlar bilan ishlash, ularni o‘rganish va tahlil qilish ehtiyoji ortib bormoqda. Operatsion tizimlar – bu kompyuter tizimining asosiy dasturiy komponenti bo‘lib, foydalanuvchi va kompyuter apparat qurilmalari o‘rtasidagi interfeysni ta’minlaydi. Linux esa eng ishonchli, xavfsiz va ochiq manbali operatsion tizimlardan biri hisoblanadi. Ammo bu tizimni bevosita kompyuterga o‘rnatish ba'zida murakkablik tug‘diradi yoki xavfli bo‘lishi mumkin. Shu sababli, virtualizatsiya texnologiyalari bu masalani hal qilishda qulay va xavfsiz muqobil vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Virtualizatsiya – bu yagona apparat resurslarida bir nechta operatsion tizimlarni izolyatsiyalangan holda ishlatish imkonini beruvchi texnologiyadir. Virtual mashinalar foydalanuvchiga real tizimga zarar yetkazmasdan turib turli tizimlarda tajriba o‘tkazish, sinov va dasturiy tahlillarni amalga oshirish imkonini beradi. Ayniqsa, ta’lim jarayonida Linux tizimini virtual muhitda o‘rnatish talabalarga amaliy ko‘nikmalarni xavfsiz tarzda egallash imkonini yaratadi. VirtualBox – bu Oracle kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, keng qo‘llaniladigan bepul virtualizatsiya dasturidir. Ushbu dastur Windows, macOS va Linux operatsion tizimlarida ishlaydi va turli xil mehmon operatsion tizimlarni https://scientific-jl.com 2 2 2 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi (masalan, Ubuntu, Fedora, Debian va boshqalar) o‘rnatish imkonini beradi. VirtualBox GUI interfeysga ega bo‘lib, foydalanuvchilarga qulay boshqaruv imkonini yaratadi. Ubuntu – bu eng mashhur Linux distributivlaridan biri bo‘lib, yangi boshlovchilar uchun ham mos, grafik interfeysga ega va juda keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Tadqiqot davomida aynan Ubuntu 22.04 LTS distributivi tanlandi, chunki bu versiya uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashga ega va barqaror ishlashi bilan ajralib turadi. O‘rnatish quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1-bosqich: VirtualBox dasturini rasmiy saytdan yuklab olib o‘rnatish. 2-bosqich: VirtualBox’da yangi virtual mashina yaratish (operatsion tizim turi sifatida Linux, versiya sifatida Ubuntu 64-bit tanlanadi). 3-bosqich: RAM hajmi va qattiq disk o‘lchamini ajratish (kamida 2048 MB RAM va 20 GB HDD tavsiya etiladi). 4-bosqich: Ubuntu ISO faylini yuklab olish va virtual mashina sozlamalarida CD/DVD bo‘limi orqali uni yuklash. 5-bosqich: Virtual mashinani ishga tushurish va Ubuntu’ni odatiy tarzda o‘rnatish. 6-bosqich: O‘rnatish yakunlangach, foydalanuvchi tizimga kirish, terminal orqali buyruqlar bajarish, dasturlarni o‘rnatish va tizimni sozlashni amalga oshiradi. Virtual Linux muhitidan foydalanish quyidagi sohalarda samarali hisoblanadi: Ta’lim: Operatsion tizimlar, tarmoq texnologiyalari, xavfsizlik kabi kurslarni o‘qitishda talabalar real tajriba oladi. Dasturiy sinov: Yangi dasturlar yoki yangilanishlarni xavfsiz tarzda sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Ilmiy tadqiqotlar: Hisoblash klasterlari, ma’lumotlar tahlili va modellashtirishda izolyatsiyalangan Linux muhiti orqali murakkab hisob- kitoblarni amalga oshirish mumkin. Xavfsizlik testlari: Penetratsiya testlari, zaifliklarni aniqlash va xavfsizlik siyosatini sinovdan o‘tkazishda ideal muhit. Natijalar: Tadqiqot davomida o‘tkazilgan eksperimentlar asosida quyidagi muhim ilmiy natijalarga erishildi: 1. Virtualizatsiyaning eksperimental imkoniyatlari VirtualBox yordamida Linux distributivlarini virtual muhitda o‘rnatish tajribalari operatsion tizim yadrosi, modullar, xizmatlar va drayverlarning o‘zaro ishlash mexanizmlarini simulyatsiya qilish imkonini berdi. Bu esa virtualizatsiyani eksperimental model sifatida foydalanish imkonini ko‘rsatdi. 2. Operatsion tizimlarning chegaraviy sharoitlarda ishlashini o‘rganish Virtual mashinalarda RAM, CPU va disk resurslarini cheklash orqali tizimning https://scientific-jl.com 2 2 3 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ekstremal holatlarda qanday javob berishini aniqlash mumkin bo‘ldi. Bunday yondashuv real ish sharoitlarini modellashtirishda va tizim ishonchliligi indikatorlarini o‘rganishda qo‘l keladi. 3. Snapshot texnologiyasi orqali tajriba takrorlanuv

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada virtualizatsiya texnologiyasi va uning operatsion tizimlar, xususan, Linux tizimlarini o‘rganishdagi ahamiyati tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada virtualizatsiya texnologiyasi va uning operatsion tizimlar, xususan, Linux tizimlarini o‘rganishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
VirtualBox, Ubuntu, Kalit so‘zlar: linux, tizim testlash, virtual mashina, ma’lumotlar xavfsizligi, operatsion tizim, virtualizatsiya, tajriba muhiti.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники