Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HARAKATNI TASHKIL ETISH BO’YICHA ME’YORIY HUJJATLAR
Rahimov Mahammadjon Xalimovich
Образовательные инновации и интеграция · 1999
Аннотация
Sohalar me’yoriy xujjatlarida (instruktsiya, uslubiy ko’rsatma) avtomobil transportida, yo’l xo’jaligida, yo’l harakat xavfsizligi xizmatlarida harakat xavfsizligini yaxshilash, yo’l-transport hodisalarini hisobga olish, transport vositalaridan foydalanishga ruxsat berish, yo’lning xavfli bo’laklarini aniqlash, harakat xavfsizligini boshqarish bo’yicha yo’l yo’riqlar ko’rsatiladi. Kalit so’zlar: harakatni tashkil etish, yo’l harakat xavfsizligi, avtomobil, transport vositalari, yo'l harakati qoidasi. O’zbekiston Respublikasi Kosntituttsiyasida belgilangan inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari yo’llarda harakatni amalga oshirish, xavfsizligini ta’minlash jarayonida vujudga keladigan barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Harakat xavfsizligini ta’minlash yo’nalishidagi me’yoriy xujjatlar O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda «Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonuni (1999 yil 19 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida qabul qilingan) harakat xavfsizligini huquqiy ta’minlovchi asosiy me’yoriy xujjat bo’lib xizmat qiladi. Bu Qonun yo’l harakati xavfsizligi sohasida yuzaga keluvchi munosabatlarni turtibga sladi hamda fuqarolarning hayoti, sog’lig’i va mol- mulkini muhofaza etishini ta’minlashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek, atrofi-muhitni himoya etishga qaratilgan. Qonun quyidagi 24-moddadan tashkil topgan: qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, qonun xujjatlari, davlat boshqaruvi, sohalar (Vazirlar Mahkamasi, Xokimiyailar, avtomobil va daryo transporti, yo’l xo’jaligi, ichki ishlar vazirligi) vakolatlari, transport vositalari egalarining majburiyatlari, yo’llarga doir talablar, transport vositalariga doir talablar, transport vositalaridan foydalanuvchilarga talablar, yo’l harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan ta’minlash, tashkil etish, yo’l harakati qatnashchilarining huquqlari va majburiyatlari, transport vositalarini boshqarish huquqi, haydovchilarni tayyorlashga doir talablar, boshqarish huquqining bekor qilinishi, qonunni buzganlik uchun javobgarlik. Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risidagi Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qabul qilingan: https://scientific-jl.com 2 3 2 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Yo’l-transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va xuddi shu maqsadda foydalaniladigan yer mintaqasi yohud sun’iy inshoot yuzasi; Yo’l harakati-odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo’llar doirasida harakatlanish jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui; Yo’l harakati qatnashchisi-yo’l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo’lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs; Yo’l harakati xavfsizligi-yo’l harakati qatnashchilarining yo’l-transport xodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo’l harakati holati; Yo’l-transport hodisasi-transport vositasining yo’ldagi qatnovi jarayonida sodir bo’lib, fuqarolarning o’limi yoki ularning sog’ligiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikaslanishga yoki boshqa tarzda moddiy zarar yetkazilishiga sabab bo’lgan hodisa; Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash-yo’l-transport xodisalarining yuzaga kelish sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatalrining og’irligini yengilatishga qaratilgan faoliyat; Transport vositasi-odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo’ljallangan qurilma. O’zbekiston Respublikasi xududida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yo’l- transport hodisalarning oldini olish va bu yagona davlat siyosatini yuritish, yo’l harakati qoidalarini xalqaro «Yo’l harakati haqidagi» Konventsiya talablariga muvofiqlashtirish maqsadida hamda «Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida»gi Qonunning 5-moddasiga asosan Vazirlar Mahkamasi muntazam ravishda «Yo’l harakati qoidalari»ni ko’rib, takomillashtirilgan variantini tasdiqlaydi. Hozirda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi № 472 qaroriga asosan «Yo’l harakati qoidalari» 2001 yil 1 martdan e’tiboran amalga kiritildi. “Yo’l harakati qoidalari” asosida Vazirliklar, davlat qo’mitalari, korporatsiyalar, uyushmalar, kontsernlar va boshqa tashkilotlar va muassasalar, Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashi, vilyatlar, shaharlar xokimliklari yo’l harakatini tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilaydilar, hamda u yo’l harakati tartiblarini belgilovchi asosiy xujjat bo’lib hisoblanadi. Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashda 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo’llari to’g’risida”gi Qonun O’zbekiston Respublikasida avtomobil yo’llarini rivojlantirish va ulardan foydalanish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi imtimoiy
Доказательный фрагмент
«Sohalar me’yoriy xujjatlarida (instruktsiya, uslubiy ko’rsatma) avtomobil transportida, yo’l xo’jaligida, yo’l harakat xavfsizligi xizmatlarida harakat xavfsizligini yaxshilash, yo’l-transport hodisalarini hisobga oli…»
Образец извлечения
Демо-превьюSohalar me’yoriy xujjatlarida (instruktsiya, uslubiy ko’rsatma) avtomobil transportida, yo’l xo’jaligida, yo’l harakat xavfsizligi xizmatlarida harakat xavfsizligini yaxshilash, yo’l-transport hodisalarini hisobga oli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yo'l harakati qoidasi., transport vositalari, avtomobil, Kalit so’zlar: harakatni tashkil etish, yo’l harakat xavfsizligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024