К содержанию
РецензированоRU2026

PROFESSIONAL (KASB-HUNAR) TA’ALIMDA DUAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH

P.f.f.d. PhD To‘rayev Ro‘ziboy Norovich · O‘roqov Orif Ashirali o‘g‘li (Termiz davlat pedagogika instituti)

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

В данной статье раскрывается значение внедрения модели дуального обучения в систему профессионального образования. Описываются её сущность, формы и практические результаты. Дуальная система образования, сочетающая теоретические знания с практическими навыками, показана как эффективный метод в профессиональных училищах, колледжах и техникумах. Annotation: This article highlights the importance of introducing the dual education model into the professional education system. It describes the essence, forms, and practical outcomes of this model. The dual education system, which combines theoretical knowledge with practical skills, is shown to be an effective method in vocational schools, colleges, and technical institutions. Kalit so‘zlar: Professional ta’lim, Dual ta’lim, Kasb-hunar maktabi, Kollej va texnikumlar, Amaliy ko‘nikma, Innovatsion ta’lim, Kadrlar tayyorlash, Ta’lim tizimi islohotlari, Ishlab chiqarish amaliyoti, Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi. Ключевые слова: Профессиональное образование, Дуальное обучение, Профессиональное училище, Колледжи и техникумы, Практические навыки, Инновационное обучение, Подготовка кадров, Реформы системы образования, Производственная практика, Интеграция образования и производства. Keywords: Vocational education, Dual education, Vocational school, Colleges and technical schools, Practical skills, Innovative education, Workforce training, Education system reforms, Industrial practice, Integration of education and production. Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga koʻtarishni talab qilmoqda. Boisi, ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar oʻzlashtiriladi va https://scientific-jl.com 2 4 2 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi nazariyalar shakllantiriladi. Boshqacha aytganda, bugun jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin. Jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularda jamiyat hayotini oʻzgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo taʼlim tizimidan, bogʻcha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini koʻramiz. Xususan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya, Norvegiya kabi davlatlar islohotni bogʻchadan boshlab, 2-3 oʻn yillikda oʻziga xos, samarali taʼlim-tarbiya tizimini yaratish evaziga fuqarolari ijtimoiy himoyalangan, iqtisodiy barqaror mamlakatlarga aylandi. Respublikaimizda ta’lim muassasalaridagi maʼnaviy-maʼrifiy muhit, pedagog kasbining obroʻyi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etishga yetarli eʼtibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning hammasini ham ilm-fanning bugungi yuqori rivojlanish darajasiga toʻla javob beradi, deb boʻlmaydi. Demak, mamlakatimiz taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, ayniqsa, taʼlim tizimiga innovatsiya kiritishni kengaytirish hayotiy zaruratdir. Xoʻsh, bugun jamiyatimizda oʻqituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga boʻlgan hurmat-eʼtiborni yana-da oshirish uchun nimalar qilish kerak? Sohada koʻp yillardan buyon toʻplanib qolgan, taʼlim sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan muammolarni bartaraf etish qanday jihatlarga eʼtibor qaratish lozim? Birinchidan, mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va gʻoyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir boʻlgan, intellektual va maʼnaviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari boʻlishlari uchun ularda zarur koʻnikma va bilimlarni shakllantirish muhim deb, hisoblayman. Bunda avvalambor professional ta’limga etibor berish zarurdir. Professional taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda amalga oshiriladi. Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik boʻyicha quyidagi darajalarni oʻz ichiga oladi: - boshlang’ich professional ta’lim; - oʻrta professional ta’lim; - oʻrta maxsus professional ta’lim. Boshlang’ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi. Oʻrta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki toʻlov- shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib https://scientific-jl.com 2 4 3 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha boʻlgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari boʻyicha umumiy oʻrta, oʻrta maxsus ta’lim hamda boshlang’ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi. Oʻrta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlang’ich professional va oʻrta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi yoki toʻlov-shartnoma

Доказательный фрагмент

«В данной статье раскрывается значение внедрения модели дуального обучения в систему профессионального образования.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье раскрывается значение внедрения модели дуального обучения в систему профессионального образования. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Vocational education, Dual education, Vocational school, Colleges, Innovatsion ta’lim, Ishlab chiqarish amaliyoti, Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi., Amaliy ko‘nikma, Kollej va texnikumlar, Kasb-hunar maktabi, Kadrlar tayyorlash, Ta’lim tizimi islohotlari, Kalit so‘zlar: Professional ta’lim, Dual ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники