Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FUTBOLDA 11–12 YOSHLI DARVOZABONLARNING TO‘PNI QABUL QILISH TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
QILISH TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH · Agzamov Baxtiyor Narimon O‘g‘li
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
In football, the goalkeeper's ball reception technique is one of the important aspects of the game. In order for goalkeepers aged 11–12 to receive the ball correctly and reliably, special technical exercises should be performed along with physical training. In this study, 20 goalkeepers aged 11–12 participated in a 6-month training program aimed at developing the basic technical elements of ball reception. The initial and final indicators were compared in the experimental (n=10) and control (n=10) groups. The results showed that the accuracy of ball reception in the experimental group increased from 59.5±6.3% to 89.0±8.7% (p<0.001), while in the control group, a less significant change was observed from 60.2±5.8% to 63.0±6.1% (p=0.10). Keywords: goalkeeper, receiving the ball, technique, young players, statistical analysis. Futbol — nafaqat dunyodagi eng mashhur sport turlaridan biri, balki darvozabon pozitsiyasi jihatidan eng murakkab va multidimensional rollardan birini bajaruvchi o‘yin hisoblanadi. 11–12 yosh bu bolalar uchun motorik va kognitiv salohiyatlarining keskin rivojlanayotgan davri bo‘lib, aynan shu yoshi ular uchun texnik ko‘nikmalarni puxta egallash, to‘pni ishonchli nazorat qilish va o‘z pozitsiyasini tezkor o‘zgartirishni o‘rganish davri hisoblanadi. Shu sababli, bu yoshdagi darvozabonlarni tayyorlash metodologiyasi ularning kelajakdagi sport faoliyatini belgilovchi muhim omil bo‘ladi. https://scientific-jl.com 3 0 2 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Darvozabonlikning o‘ziga xosligi: Darvozabon o‘yin davomida nafaqat himoyachi ro‘lini bajaradi, balki jamoaning nazorat nuqtasiga aylanadi. Hujum chog‘ida darvozabon jamoani himoya pozitsiyasiga tez o‘tkazishi, hujumni boshlashning ilk bosqichida to‘pni jamoadoshlarga samarali uzatishi va boshqa o‘yinchilarni pozitsion jihatdan boshqarishi lozim. Ayniqsa, 11–12 yoshdagi bolalar psikomotor nazoratni mukammal darajada amalga oshira olmaydi: ko‘z–qo‘l koordinatsiyasi, tana makonida joylashish hissi va to‘pni ushlash texnikasi hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Shu bois, ularni tayyorlashda texnik vazifalarga e’tibor kuchaytirilishi, har bir mashq aniq maqsadga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur. Yosh futbolchilarning jismoniy va psixologik xususiyatlari; 11–12 yosh bolalarining jismoniy tayyorgarligi bazaviy motorik qurilishga asoslangani uchun, tezlik, kuch va koordinatsion ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga, bu yoshdagi bolalar psixologik jihatdan ham o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini, stressga chidamliligini va o‘yin intizomini shakllantirish jarayonida bo‘lishadi. Agar darvozabon mashg‘ulotlari faqat texnik mashqlarga cheklansa, ularning psixologik barqarorligi, diqqatni bir muddatga jamlay olish va murabbiy yoki jamoadoshlarga ishonchni baland darajada saqlash xususiyatlari e’tibordan chetda qolishi mumkin. To‘pni qabul qilish texnikasining ahamiyati; Darvozabonlar o‘rtasida asosiy texnik ko‘nikmalardan biri — to‘pni qabul qilish. To‘pni to‘g‘ri qabul qila olmaslik ko‘pincha jarohat va o‘yinni yo‘qotish bilan tugaydi. Yomon ushlab olish, qo‘llarni chapishga olib kelishi yoki to‘pni to‘g‘ri tutolmaslik darvozabonlar eng zaif nuqtai nazarga aylanadi. Xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, professional darvozabonlarda to‘pni qabul qilishda 90% dan yuqori aniqlik talab etiladi, aks holda raqib jamoa darvozabon tomonidan ochilgan bo‘shliqdan foydalangan holda gol urish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin (FIFA, 2021). 11–12 yoshdagi bolalar bu ko‘rsatkichlarga hali erisha olmaydilar, shuning uchun ularning texnik ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirish muhim. Xalqaro va mahalliy tajriba; Germaniya, Ispaniya, Angliya va Braziliya kabi futbol rivojlangan davlatlar akademiyalarida 12 yoshgacha bo‘lgan darvozabonlar uchun to‘pni qabul qilish texnikasini rivojlantirish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, Germaniya Futbol Assotsiatsiyasi (DFB) yosh darvozabonlarga birinchi navbatda qo‘lning to‘g‘ri pozitsiyasini o‘rgatishni, keyin esa harakat qilayotgan to‘pni o‘zaro bog‘langan multi-burchakli mashqlar yordamida nazorat qilishni taklif etadi. Ispaniyada esa “ko‘r-ko‘rona qabul qilish” mashqlari ko‘plab akademiyalarda qo‘llaniladi: bu mashqlarda bolalar orqaga yopilgan ko‘z bilan turli burchaklardan kelayotgan to‘plarni ushlaydilar, bu esa ularning reaktsiya vaqtini va qo‘l koordinatsiyasini tezlashtiradi. Tadqiqot ob’ekti va namunasi https://scientific-jl.com 3 0 3 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Ob’ekti: Toshkent shahridagi 5 ta bolalar sport maktabida shug‘ullanayotgan 11–12 yoshli darvozabonlar (N=120). Namuna: Stratifikatsiyalangan tasodifiy tanlov asosida 20 ta boladan iborat guruh tanlab olindi: o Eksperimental guruh: 10 nafar (maxsus mashqlar), o Nazorat guruh: 10 nafar (an’anaviy mashqlar). Kriteriyalar: o Inklyuziya: 2 yildan ortiq futbol tajribasi, BMI 18–22 oralig‘ida, sog‘lom. o Eksklyuziya: Ja
Доказательный фрагмент
«In football, the goalkeeper's ball reception technique is one of the important aspects of the game.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn football, the goalkeeper's ball reception technique is one of the important aspects of the game. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- goalkeeper, receiving the ball, technique, young players, statistical, statistik tahlil., yosh futbolchilar, Kalit so‘zlar: darvozabon, texnika, to‘pni qabul qilish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014