Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“JINOYAT VA JAZO” ASARIDA BOSH QAHRAMON TAQDIRINING BADIIY TALQINI
TAQDIRINING BADIIY TALQINI · SARVINOZ ABDURAHMONOVA
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются жизнь, размышления и поступки главного героя Родиона Раскольникова из произведения Преступление и наказание — одного из ключевых трудов русской литературы Фёдора Михайловича Достоевского, заложившего основы модернизма. Также анализируются идея произведения, актуальность тематики для своего времени, её отражение эпохи и показ социальной среды. Ключевые слова: преступление, модернизм, герой, идеализм, идея, наказание. O‘ziga xos tasvir uslubi, yozuvchining sezgir qalbi hamda go‘zal va ibratli asarlari bilan butun dunyoga tanilgan rus yozuvchilaridan biri Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asari kitob muxlislari orasida, ayniqsa, talabalar orasida qiziqish va munozaralarga sabab bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda. Asarning bosh Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 291 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qahramoni Raskolnikov jinoyatni oddiy ehtiyoj tufayli qilganmi yoki bu ishni tubanlik bilan bajarganmi? Bu savollar hali-hanuz muhokama qilinadi va javobi turlicha bo‘lib kelmoqda. To‘g‘ri, asarda Raskolnikov tomonidan bajarilgan qora ish — jinoyat — ochiq ko‘rinadi. Lekin bu ishning bajarilishi ma’qul edimi? Har birimizga sir emaski, ba’zi hodisalar va ularning sabablari turli odamlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Negaki, hammamiz bu hayotda o‘z haqiqatimiz bilan yashaymiz. Shuning uchun ham “Jinoyat va jazo” asarida asosiy voqeani tashkil qilgan Raskolnikovning kampirni o‘ldirgani ham o‘zi uchun to‘g‘ri ish deb hisoblanadi. Avvalo, Raskolnikov yuridik fakultetida o‘qiyotgan, ammo moddiy qiyinchilik tufayli universitetni tark etishga majbur bo‘lgan talaba. So‘nggi paytlarda esa uning qashshoqligi nihoyatda og‘irlashadi. U bir kursdosh do‘stining maslahatiga quloq tutib, sudxoʻr kampir Alenaga qimmatli buyumlarini garovga qo‘yadi. Kampirga uning his-tuyg‘ulari umuman qiziq emas edi . Hattoki, otasidan yodgor - tilla soatini ham garovga topshirishga majbur bo‘ladi, kampir esa bunsoatga ham beparvolik bilan nazar soladi. Bu Raskolnikovning hissiyotlarini junbushga keltiradi. Uning miyasidagi ma'shum niyatni alangalatib yuboradi. Shu boisdan u jinoyatni amalga oshirishni rejalashtiradi. Raskolnikov kampirni o‘ldiradi, biroq ko‘pchilik Raskolnikov bu ishni faqat moddiy manfaat uchun qilmagan deb hisoblaydi. Agar jinoyat faqat moddiy maqsad uchun bo‘lganida, uni oqlashning keragi ham, hojati ham qolmasdi. U kampirni oʻldiragnidan umuman vijdonini koyitmaydi, aksincha, shunchaki ruhiy tushkunlikka tushadi. Chunki u bu jinoyat orqali jamiyatda adolatsizlikka qarshi noroziligini bildirgan. Shu jihatdan, Raskolnikov o‘zini ideal inson deb bilgan. Asarda o'ziga xos xarakter egasi sifatida xayolimizda gavdalangan Marmeladov tilidan aytilgan jumlalar fikrimizning yorqin isbotidir: "...kambag'allik ayb emas, biroq yoʻqchilik illat, siz kambag'alchilikda hali oʻzingizning tugʻma oliyjanob fazilatlaringizni saqlab qolgan bo'lasiz, yo'qchilikda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab qola bilmaydi"1. 1 “Jinoyat va jazo”. F.Dostoyevskiy. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. Toshkent-1977. 18-19b Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 292 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Rossiyaning o‘sha davrdagi ijtimoiy muhiti, kambag‘allik, tartibsizlik, jamiyatdagi og‘ir sharoitlar Raskolnikovni jinoyatga undaydi. Asarda Raskolnikov obrazi orqali yozuvchi ruhiy kechinmalarini, jamiyatdagi adolatsizlik va erksizlikni ko‘rsatadi. Bu orqali u faqat badiiy matn yozmagan, balki davr muammosini ham yuksak darajada ifodalagan. Xususan, asar 1866-yilda yozilgan va o‘sha davr muhitini, ijtimoiy turmush tarzini to‘liq yoritgan. Sho‘rolar davrida qonunga itoat qilgan insonlar va jinoyatchilar bir xil darajada jazolangan. Shu bois Raskolnikov va u bilan birga yashayotgan odamlar o‘z faoliyatlarini to‘g‘ri deb bilganlar. Raskolnikov ham ushbu siyosiy va ijtimoiy o‘yinni, jamiyat tanazzulini chuqur anglab yetgan holda, o‘zini bu illatga qarshi chiqqan va o‘z ishini adolatli deb hisoblagan. Bu esa yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, jinoyatni ham har kim har xil talqin qilishi mumkin. Asarda Alina Ivanovna naqadar tuban, sudxoʻr va jinoiy javobgarlikka tortilishga mahkum kimsa bo'lsa-da, uning va u kabilarning ochiq-oydin faoliyat olib borayotgani, hatto bundan politsiya xodimlarining xabardorligi oʻsha davrda rus jamiyatida siyosiy tuzumning rivojlanmagani va davlat qonunlarining kuchsizligini ro'yi- rost ochib bergan. "Nur borki, soya bor"'- deganlaridek, har qanday jamiyatda, har qanday davrda ham jinoyatchilar, sudxoʻrlar uchraydi, lekin ularning oshkora faoliyati davlat siyosatiga va taraqqiyotiga putur yetkazadi ,shubhasiz, Raskolnikov ham ushbu siyosiy oʻyinlarni, jamiyat tanazzulini chuqur anglagan holda o'zi bu illatga qarshi chiqadi va o'zining bu ishini adolatli deb hisoblaydi. Bundan tashqari, yana bir holatni kuzatish mumkinki, asarda RASKOLNIKOV qanchalar qobiliyatli, izlanuvchan, tirishqoq va ilmga chanqoq bo'lsa-da kambag'alligi tufayli oʻqishni to'xtatishga majbur bo'ladi. Sh
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются жизнь, размышления и поступки главного героя Родиона Раскольникова из произведения Преступление и наказание — одного из ключевых трудов русской литературы Фёдора Михайловича Достоевског…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются жизнь, размышления и поступки главного героя Родиона Раскольникова из произведения Преступление и наказание — одного из ключевых трудов русской литературы Фёдора Михайловича Достоевског… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- crime, modernism, character, idealism, idea, punishment, jinoyat, qahramon, modernizm, jazo., gʻoya, ideallik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024