К содержанию
РецензированоUZ2026

GLOBALLASHUV SHAROITIDA HUDUDLARNING INVESTITSIYA MUHITINI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI

MUHITINI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI · Abdushaxidova Nilufar Obid qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada globallashuv jarayonining hududlararo iqtisodiy raqobatga ta’siri hamda hududlarning investitsiya muhitini yaxshilash zarurati yoritilgan. Investitsiya muhitining tarkibiy qismlari, O‘zbekistonda bu boradagi islohotlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha hududiy darajadagi strategik chora- tadbirlar ishlab chiqish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, raqamli boshqaruv tizimini kengaytirish kabi amaliy tavsiyalar ilgari surilgan. Maqolada ilgari surilgan takliflar O‘zbekiston hududlarining investitsiya jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: globallashuv, investitsiya muhiti, hududiy rivojlanish, infratuzilma, iqtisodiy strategiya, raqamli boshqaruv, investorlar huquqlari, investitsiya raqobati. Globallashuv jarayonlari natijasida davlatlar va ularning hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy raqobat tobora kuchayib bormoqda. Bu holat investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish, sarmoyadorlar uchun qulay muhit yaratish va mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni taqozo etadi. Har bir hudud o‘zining raqobatbardoshligini ta’minlashda investitsiya muhitini yaxshilashga ustuvor e’tibor qaratmog‘i lozim. Investitsiya muhiti — bu investorlar faoliyat yuritadigan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy shart-sharoitlar majmuidir. Asosiy omillar quyidagilardan iborat:  Huquqiy muhit – qonunchilikning soddaligi va barqarorligi;  Infratuzilma – transport, aloqa, energetika va sanoat zonalari holati;  Soliq va moliyaviy tizim – soliq yuki va kredit resurslarining mavjudligi;  Mehnat bozori – malakali ishchi kuchi mavjudligi;  Davlat boshqaruvi sifati – korrupsiya darajasi va davlat xizmatlari sifati. Globallashuv investorlarning sarmoya yo‘naltirishda qulay sharoitlarni izlashini kuchaytirmoqda. Bu esa har bir davlat va uning hududlari o‘rtasida investitsiyalar uchun raqobatni keskinlashtirmoqda. https://scientific-jl.com 1 9 6 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashda xorijiy investitsiyalar muhim omillardan biri hisoblanadi. Bu investitsiyalar orqali mamlakatimizda zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish imkoniyati vujudga keladi. Natijada, mahalliy korxona va tashkilotlarda innovatsion faoliyat faollashadi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish kengayadi. Xorijiy investitsiyalar nafaqat texnik yangilanishni, balki yangi kasb va mutaxassisliklarning paydo bo‘lishini ham ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilishiga sabab bo‘ladi. Aholining bandlik darajasi ortib, daromadlari oshadi, turmush darajasi yaxshilanadi. Shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarning qondirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Investitsiyalar hisobiga eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortadi, bu esa milliy iqtisodiyotga valyuta tushumining oshishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, import o‘rnini bosuvchi mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, chet el valyutasining ortiqcha sarflanishining oldi olinadi. Bu ichki bozorni mustahkamlashga va iqtisodiy mustaqillikni ta’minlashga xizmat qiladi. Yana bir muhim jihat shundaki, xorijiy investitsiyalar evaziga mavjud ishlab chiqarish quvvatlarining yangilanishi, eskirgan uskunalar va texnologiyalarning almashtirilishi ta’minlanadi. Natijada, ishlab chiqarish samaradorligi va resurslardan foydalanish unumdorligi oshadi, zamonaviy talablar darajasida ishlovchi korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shu boisdan, mamlakatimizda tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, real sektor korxonalarining investitsion faolligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik-texnologik yangilanish jarayonlarini jadallashtirish borasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday investitsiyalarni jalb etish esa, eng avvalo, mamlakatdagi investitsion muhitning jozibadorligini ta’minlash orqali amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishda davlat tomonidan soddalashtirilgan tartiblar, soliq imtiyozlari, erkin iqtisodiy zonalar va boshqa rag‘batlantiruvchi choralar ko‘rilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta'minlash va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Shu maqsadda hukumat tomonidan bir qator ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatni bosqichma-bosqich erkinlashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun zarur bo‘lgan qonunchilik bazasini, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani va boshqa muhim omillarni rivojlantirish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Bundan tashqari, xorijiy investorlarga zamonaviy texnologiyalarni mamlakatimizga olib kirish va iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilishda ko‘maklashadigan qulay investitsi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada globallashuv jarayonining hududlararo iqtisodiy raqobatga ta’siri hamda hududlarning investitsiya muhitini yaxshilash zarurati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada globallashuv jarayonining hududlararo iqtisodiy raqobatga ta’siri hamda hududlarning investitsiya muhitini yaxshilash zarurati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: globallashuv, investitsiya raqobati., investitsiya muhiti, raqamli boshqaruv, hududiy rivojlanish, infratuzilma, investorlar huquqlari, iqtisodiy strategiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники