Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“TALOQ” HOJAT EMAS ZARURATDIR
Burxonitdinov Shamsiddin · Imom Buxoriy nomidagi Toshkent
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
и ключевые слова Аннотация: В данной статье рассматривается институт развода с точки зрения исламского права, принимающего во внимание особенности человеческой природы. В ней анализируется, как исламские нормы регулируют процедуру развода, ограничивая количество разводов и предоставляя женщинам https://scientific-jl.com 1 2 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi право на хал’ (инициирование развода по их инициативе), что направлено на защиту их достоинства и прав. Статья также затрагивает влияние этих норм на укрепление семейных уз и достижение социальной справедливости, подчеркивая, что развод, хотя и нежелателен, в некоторых случаях является необходимым решением. Ключевые слова: развод, исламское право, права женщин, хал’, семья, социальная справедливость, регулирование Boshqa hukmlar qatori, taloq masalasida ham Islom dini inson tabiatini e’tiborga olib ish tutadi. Chunki insonni Alloh subhaanahu va taolo yaratgan, unga nima mos kelishini ham Alloh taoloning o‘zi yaxshi biladi. Avvallari, boshqa masalalar qatori, taloq masalasida ham ayollar xorlanar, ularni inson o‘rnida ko‘rmas edilar. Ba’zilar xotinini xohlamay qolsa, boshqaga uylanib, uni qarovsiz qoldirar, na o‘zi xotin qilar va na boshqaga erga tegib ketishiga imkon berar edi. Yoki taloq qilib, iddasi yaqin qolganda yana qaytib, uni o‘yinchoq qilardi. Shu va shunga o‘xshash usullar bilan ayollarni o‘ta ayanchli hollarga solar edilar. Islom bunday xorliklarga chek qo‘ydi. Er kishiga faqat uch taloqning haqqini berdi va ayolni qiynamaslikka buyurdi. Ayni chog‘da ayolga “xulu’” haqqini ham berdi. Ya’ni ayol kishi eri bilan yashashni xohlamasa, qoziga arz qilib, ajrashib ketishiga imkon yaratdi. Hozirda ba’zi erlar o‘zlari va oilalariga baxtsizlik va mushkulot yo‘lini tutib, shariat hukmlariga xilof tarzda “taloq” so‘zini ko‘p va bo‘rttirib qo‘llash holatlari avj olmoqda. Aslida bu – ulkan ma’siyat va haddan oshishdir. Mahmud ibn Labid raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi shariflarda shunday deyilgan: « :لَ اَق مه ُث نَ اَبضْ غَ م اَقَف ،اًعيمِ جَ تٍ اَقيلِطْ َت ثَ لاَ َث ُهَتَأرَ مْ ِا قَ هلطَ لٍ جُ رَ نْ عَ ملسو هيلع الله ىلص ِاَللّه َ لُ وسُ رَ رَ ِبخْ ُ أ ُ هُلُتقَْأ لاََأ ِاَللّه لَ وسُ رَ اَي« :لَ اَقَف ،لٌ جُ رَ م اَق ىهتحَ » مْ كُ رِ هُ ظْ َأ نَ يْ َب اَنَأوَ ،ىَلاَعَت ِاَللّه َ بِ اَتكِ ِب بُ َعلْ ُيَأ«» (هنع الله يضر دٍ يِبَل نِ بْ دِ ومُ حْ مَ نْ عَ يُّ ِئاسَ هنلا مُ امَ لإا ُهاوَ رَ ) ya’ni: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga xotinini uchta taloqni jamlab taloq qilgan kishi haqida xabar berildi. U Zot g‘azabnok holda o‘rnilaridan turib: “Men oldilaringizda bo‘lsam-u, Alloh taoloning Kitobi bilan o‘ynashiladimi?!”, – dedilar. U Zotning qattiq g‘azablanganlaridan hatto bir kishi o‘rnidan turib: “Yo Rasululloh, uni o‘ldiraymi?” – deb yubordi” (Imom Nasaiy rivoyatlari).Taloqni ermak qilish, bo‘lar- bo‘lmas sabablar bilan ayolni taloq qilaverish juda katta kulfatlarga, oilaviy baxtsizliklarga sabab bo‘lishini unutmasligimiz zarur. Shariatda taloqqa ruxsat berilganiga sabablar ko‘p. Shulardan ikkitasini zikr qilib o‘taylik : 1.Faraz qilaylik, bir kishining xotini tug‘maslik kasaliga mubtalo bo‘lgan. U kishi o‘zgalarga o‘xshab, ortidan zurriyod qoldirishni xohlaydi. Ikki xotinni ushlab https://scientific-jl.com 1 3 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi turishga esa imkoni yo‘q. Shunda avvalgi xotinini taloq qilib, farzand ko‘rishga layoqati bor ayolga uylanishi mumkin 2.Er-xotinning fe’l-atvorlari bir-birlariga to‘g‘ri kelmay qolib, o‘zaro nafratlari kuchayib, birga yashashning sira iloji qolmaganida taloq yordamga keladi va ikkovlarini bir-biridan qutqaradi. Taloqni Islomga ayb qilib taqaydigan G‘arb davlatlarining ko‘pchiligida hozirda o‘z dinlarining ahkomlariga qarshi chiqib, taloqqa ruxsat berilgan. Ba’zilar er kishining bir og‘iz so‘zi bilan taloq tushishini juda ham yengil hukm, hayotga jiddiy qaramaslik, deb tushunadilar. Aslini olganda, bunday xavotirga asos yo‘q. Islom hayotga nihoyatda jiddiy qaraydi. Kattami-kichikmi, har bir inson o‘z so‘ziga javobgardir. Islomda har qanday so‘zning salmog‘i kattadir. Inson bir so‘z bilan mo‘min bo‘lib, bir so‘z bilan iymondan chiqadi, aqdi nikoh paytida kelin-kuyov bir og‘iz so‘z bilan er-xotin bo‘ladilar. Ular iyjob va qabulda aytiladigan “roziman” va “qabul qildim” so‘zlari bilan bir-birlariga halol bo‘ladilar. Shuningdek, birgina “taloq” so‘zi bilan aksincha bo‘lishi ham bor. Demak, hayotga jiddiyat bilan qarash har bir musulmonning burchidir. Jumladan, taloq masalasida ehtiyot bo‘lish ham har bir musulmon erkakning vazifasidir. Bo‘lar-bo‘lmas sabablarga ko‘ra ayolini taloq qilaverish musulmon shaxsga ravo emas. Taloqni muboh qiluvchi sabablar va muboh tushunchasi Lug‘aviy jihatdan “ حٌ اَبمُ ” — ochiq, ruxsat berilgan, man qilinmagan degan ma’nolarni anglatadi. Istelohda esa, faqihlar istelohida “muboh” — bu shari'at tomonidan amalda qilinishi uchun na buyurilgan va na man qilingan fe’ldir. Ya’ni,
Доказательный фрагмент
«и ключевые слова Аннотация: В данной статье рассматривается институт развода с точки зрения исламского права, принимающего во внимание особенности человеческой природы.»
Образец извлечения
Демо-превьюи ключевые слова Аннотация: В данной статье рассматривается институт развода с точки зрения исламского права, принимающего во внимание особенности человеческой природы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- divorce, Islamic law, women's rights, khul', family, social justice, Kalit so‘zlar: taloq, oila, ijtimoiy adolat, qonuniy tartibot, xul’, Islomiy huquq, ayollar huquqlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024