Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI TA’LIMIDA METODLARDAN SAMARALI FOYDALANISH
G‘ulomova Shahzoda · Alisher Navoiy nomidagi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Велика роль уроков родного языка в развитии речи учащихся. Чтобы они могли пополнять словарный запас, свободно высказывать свои мысли, привлекать внимание к новой теме, необходимо интересно и эффективно организовывать занятия. Ниже мы порекомендовали несколько методов для использования на уроках родного языка. Ключевые слова: родной язык, ученик, речь, словарный запас, метод, развивающая игра Annotation: The role of native language lessons in the development of students' speech is great. In order for them to replenish their vocabulary, express their thoughts freely, and draw attention to a new topic, it is necessary to organize classes in an interesting and effective way. Below we have recommended several methods for use in native language lessons. Keywords: native language, textbook, speech, vocabulary, method, educational game O‘quvchi maktabdagi barcha fanlarni ona tili orqali o‘zlashtiradi. “Ona tili ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi: ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim” [2.99] . O‘quvchi tomonidan yangi bilimlar o‘zlashtirish o‘qituvchining pedagogik mahorati va darsni tashkil qilinishiga bog‘liq. Pedagogik mahorat tushunchasiga “Pedagogik ensiklopediya”da “O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondosh fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis” degan ta’rif berilgan. Samarali o‘zlashtirishning yana bir asosi darsning uyga vazifa tekshirish, yangi mavzu bayoni, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash kabi qismlarini https://scientific-jl.com 6 0 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi mahorat bilan tashkil etishdir. Bunda o‘qituvchiga turli metodlar yordam beradi. Quyida darsni qiziqarli tashkil etish va o‘quvchining so‘z boyligini oshirish uchun metodlar tavsiya etganmiz. “Do‘ppining tilaklari” O‘quvchilarga do‘ppining ichiga kichik qog‘ozchalar solib taqatiladi. Ulardan shu qog‘ozchalarga turli ijobiy, qiziqarli, kayfiyat beradigan iliq tilaklar yozib berish so‘raladi. So‘ng qog‘ozlarni buklab taxlab, o‘qituvchi qo‘lidagi do‘ppining ichiga soladilar, Do‘ppining o‘rniga savat, chiroyli quti, rangli shisha idishlar ham ishlatishingiz mumkin. O‘qituvchi ularni yaxshilab aralashtirganidan keyin yana o‘quvchilarga taqdim qiladi. O‘quvchilar do‘ppining ichidagi qog‘ozlardan birini tanlab, o‘zlariga atalgan tilaklarni ovoz chiqarib o‘qishadi. Masalan, -Sen chiroylisan, enga baxt tilayman, doim kulib yur; -Hamma fanlardan “5” baho olishingni tilayman;… va h.k. O‘quvchilar tilaklarni yozishga ijodiy yondashishlari, yumor tarzida yozishlariga imkon bering. Shunda bir-birlarining tilaklarini shovqin qilmay, diqqat bilan eshtib o‘tiradilar. Har qanday ezgu tilaklar insonga faqat yaxshi kayfiyat beradi. Yaxshi kayfiyat bilan boshlangan ishning ijobiy natija berishi esa o‘zingizga ayon [3.16]. “Do‘ppining tilaklari” orqali o‘quvchilarning so‘z boyligi ortadi, yozma va og‘zaki nutqini rivojlanadi. Darsni qiziqarli tashkil qilishda ta’limiy o‘yinlarni o‘z o‘rni bor. Faqat ta’limiy o‘yin mavzuga mos kelishi kerak. “So‘z juftlarini davom ettir” o‘yinida o‘quvchilarga san’at-sanat, tal’at-talat, qal’a-qala, ta’na-tana, ta’b-tab singari so‘zlar berilib, shunday so‘z juftlari tuzishni davom ettirish va ularning ma’nosini sharhlash topshiriladi. Berilgan soz juftlarini belgilangan miqdorga (masalan, 15-20 so‘z juft) yetkazgan o‘quvchi g‘olib deb topiladi. Bu o‘yin o‘quvchilarni guruhlarga ajratib, sinf taxtasida ham bajartirilishi mumkin. Qatordagi har bir o‘quvchi doskaga chiqib, bitta so‘z jufti yozadi va bo‘rni ikkinchi o‘quvchiga tutqazadi [4.148]. Navbatdagi tavsiyamiz “Ma’nosini kim chaqdi” o‘yinidir. O‘quvchilar nutqini badiiy bo‘yoqdor fe’llar bilan boyitishda undan foydalansa bo‘ladi. Bellashayotgan 1- qatorga frazeologik birliklar bilan almashtirish mumkin bo‘lgan fe’llarni aytish, ikkinchi guruhga esa shu fe’lni frazeologik birlik bilan almashtirish topshiriladi. Masalan, gapirmadi, og‘ziga talqon soldi, quvondi-do‘ppisini osmonga otdi; g‘azablandi-tepa sochi tikka bo‘ldi; o‘ldi-joni uzildi; tushundi-mag‘zini chaqdi; charchadi-tinka madori quridi; uxlamadi-mijja qoqmadi; qo‘rqdi-yuragi dov bermadi, ajablandi-yoqasini ushladi. Keyingi bosqichda har bir frazeologik birikmani uning ma’nodoshi bilan almashtirish ham topshirilishi mumkin. Masalan, do‘ppisini osmonga otdi-boshi osmonga yetdi, og‘ziga tolqon soldi, “lom-mim” demadi, joni uzildi-olamdan o‘tdi, mijja qoqmadi-ko‘zini yummadi, yuragi dov bermadi-esi chiqib https://scientific-jl.com 6 1 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ketdi, yoqasini ushladi-hayratda qoldi kabi. Xuddi shu o‘yin teskari holatda bajarilishi mumkin. 1-qator frazeologik birliklarni ayt
Доказательный фрагмент
«Велика роль уроков родного языка в развитии речи учащихся.»
Образец извлечения
Демо-превьюВелика роль уроков родного языка в развитии речи учащихся. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- native language, textbook, speech, vocabulary, method, educational, o‘quvchi, ta’limiy o‘yin, metod, nutq, Kalit so‘zlar: ona tili, so‘z boyligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026