Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA ORIPOV LIRIKASIDA PEYZAJ TASVIRI
Ravshonbekova Gulmira · Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Abdulla Oripov she’riyatidagi peyzaj tasvirlari tahlil etiladi. Tabiat manzaralari shoirning poetik dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari, milliylik va falsafiy tafakkuri bilan uzviy bog‘liq holda ochib beriladi. Kalit so‘zlar. Abdulla Oripov, peyzaj, tabiat tasviri, she’riyat, ruhiyat, milliylik, falsafa Kirish. Adabiyotda peyzaj tasviri shunchaki tabiat manzarasini berish uchun emas, balki ijodkorning hissiy kechinmalarini, jamiyatga munosabatini ifodalash vositasi ham hisoblanadi. Ozod Sharafiddinov “Adabiyotda peyzaj tasviri san’atkor qalbining tabiatga munosabati, Vatanga bo‘lgan muhabbatining ko‘zgusidur. Ayniqsa, lirik poeziyada bu jihat kuchli bo‘ladi.”, deya fikr bildiradi. Abdulla Oripov – o‘zbek adabiyotining zabardast vakili sifatida peyzaj vositasidan mahorat bilan foydalangan shoirlardan biridir. U tabiatni milliy ruh, vatanparvarlik, hayot falsafasi bilan uyg‘un holda tasvirlaydi. Oripovning peyzajli she’rlari tashqi go‘zallikni emas, balki ichki kechinmalar, ruhiy holat va tarixiy xotiralarni tasvirlaydi. Shoirning lirikasida tabiat voqeligi orqali insoniy fazilatlar, jamiyatdagi muammolar va umumbashariy qadriyatlar aks ettiriladi.1 Shoir ijodiga nazar tashlasak, tabiatga oshuftalik, tabiat bagʻrida voyaga yetgan inson ruhiyati va albatta xayoliy mavjlanishlarga guvoh boʻlamiz. Shoirning she’rlarida tabiat lirikasi shu qadar jonli ifoda etiladiki, oʻquvchi oʻzini shu muhitda oʻsha manzarada yashayotgandek his qiladi: Eh, siz togʻlar naqadar koʻrkam, Sizga berar ilk nurin quyosh. Par bulutlar marvarid qorlar , Yuksak choʻqqi uzra qoʻygan bosh.2 Yuqoridagi misralarda aks etgan peyzaj (tabiat tasviri) xuddi rassom chizgan suratdek oʻquvchi koʻz oʻngida namoyon boʻladi. 3-misradagi qorga berilgan oʻxshatish ya’ni marvarid soʻzi qorning xuddi marvarid kabi tovlanishini sezish mumkin. Nafaqat oʻxshatish balki tasvirlash mahoratiga e’tibor qaratadigan boʻlsak togʻlarning yuksakligi tufayli bulutlarning togʻlar yelkasiga bosh qoʻyishi hamda 1 Quronboyeva, M. “Oripov lirikasi va tabiat obrazlari”. // Adabiyot va san’at, 2021, №3. 2 Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar, Birinchi jild, 16-bet https://scientific-jl.com 8 5 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi quyoshning ilk nuri ham unga talpinishini koʻrish mumkin . Shu she’rning oxirida shunday tugallanma keladi: Eh, siz togʻlar, dilrabo togʻlar, Yosh qalbimni maftun etgansiz. Yoshlik, baxtni kuylagin, deya, Ijodimga ilhom tutgansiz. Ushbu she’rga “1958” deb sana qoʻyilgan. Qolaversa anglash mumkinki, ijodining boshida shoir tabiat manzaralarini ijtimoiy motivlarsiz – nekbin tarzda tasvirlagan. Abdulla Oripovning “Yurtim shamoli” she’ridagi asosiy obraz – bu shamol. Shamolning esishi shoirning lirik qahramoniga o‘zgacha ruhiy kayfiyat bag‘ishlaydi. Shamoldan fikr va his-tuyg‘ular oqimi maydonga keladi. Shoir o‘zini turli makon va holatlarda kuzatadi. Qancha shamollarga yuzimni burdim, Ulardan esdilar turfa xil nafas. Ushbu misralarda shamolni ramz sifatida ijtimoiy talqin qilish o‘rinli bo‘ladi. Turli holat, vaziyat, ko‘rsatma, o‘zgarish, har xil qayg‘u-g‘am va shodlik – barcha- barchasi “shamol” metaforasi vositasida ifoda qilinadi. Shamollar esgandir ushbu dunyoda, Shamollar goh quyun, gohida dovul. Ular goh oshkora, goho ro‘yoda Qancha bo‘stonlarni sovurgan butkul. Lekin sen bo‘lmagin bog‘lar zavoli, O, yurtim shamoli, yurtim shamoli. Shamol goh quyun, goh dovuldek shiddatli, ba’zida oshkora, ba’zan yashirin esadi. Shamol tufayli bog‘lar barbod bo‘lishi, bo‘stonlar zavolga yuz tutishi mumkin. Hatto inson umr yo‘llarida noo‘rin paydo bo‘lgan “shamol” – tuhmat yo bo‘hton – uning hayotini izdan chiqaradi. Shoir shamolga har band oxirida: “O, yurtim shamoli, yurtim shamoli”, – deb xitob qilar ekan, fikr yo‘nalishini “qayg‘ulardan xoli” saodat va bunyodkorlik yo‘llariga boshlaydi. Ushbu she’rdan shuni anglashimiz mumkinki, ijodkor tabiat tasviri orqali o‘z ichki-tuyg‘ularini ham bayon etib ketmoqda. G‘afur G‘ulom ham bu mavzuda shunday fikr bildiradi: “Tabiat tasviri - bu adib qalbining nidosidir. U tabiatni tasvirlar ekan, asosan o‘z ichki olamini, ruhiy holatini ifoda etadi”. Ijodkorning “Birinchi muhabbatim” she’ri ham peyzaj tasviri bilan boshlanadi:Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda, Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik uyg‘otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim. Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim. https://scientific-jl.com 8 6 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi She’rda visolga erishmagan oshiq nolasi, g‘aflatda qolib muhabbat tuyg‘usiga beparvo bo‘lgan lirik qahramonning ichki dard va kechinmalari o‘z aksini topgan. Bu kayfiyat xayolga tolish, eslash uslubida ifodalangan. Osmondagi oy, charaqlab chiqqan yulduz ma’yus tortgan lirik qahramonga birinchi muhabbatini eslatadi. Shoir ongiga tabiat tasvirining eng serjilo misralari quyilib kelgan desak mubolagʻa boʻlmaydi .Quyidagi she’rni fik
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Abdulla Oripov she’riyatidagi peyzaj tasvirlari tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Abdulla Oripov she’riyatidagi peyzaj tasvirlari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- she’riyat, peyzaj, Kalit so‘zlar. Abdulla Oripov, tabiat tasviri, milliylik, falsafa, ruhiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024