Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FIZIK MASALALARNING TURLARI, ULARNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI VA KLASSIFIKATSIYASI
IMKONIYATLARI VA KLASSIFIKATSIYASI · Otaqulova Iroda Abdurashid qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
В этой статье представлена информация о типах физических задач, их дидактических возможностях и классификации. Ключевые слова: Простой вопрос, сложный вопрос, качественный вопрос, экспериментальный вопрос, графический вопрос и творческий вопрос. Ma’lumki, fizika ta’limida nazariy va amaliy uslublar mavjud bo‘lib, ularning har ikkisi ta’lim samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Amaliy usullar orasida fizik masalalarni yechish muhim o‘rin egallaydi. Masala yechish jarayonida nafaqat o‘quvchilarga nazariy bilimlar beriladi, balki ularning fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va tarbiyaviy maqsadlarga erishish imkoniyati yaratiladi. Fizikadan masalalar yechish orqali o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri kuchayadi, ular fizik hodisalarni chuqurroq anglay boshlaydilar, shuningdek, fizik qonuniyatlarning amaliyotdagi qo‘llanilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, o‘quvchilar turli o‘lchov asboblarining vazifasi, tuzilishi va ishlash prinsiplari bilan tanishib, ular bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini shakllantiradilar. Bunday faoliyat o‘quvchilarda mehnatsevarlik, qat’iyatlilik, iroda kuchi va mustahkam xarakterni tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. Metodik adabiyotlar tahlilidan ko‘rinadiki, fizik masalalar — bu mantiqiy xulosalar, matematik amallar, fizik qonun va metodlarga asoslangan yoki eksperiment asosida yechiladigan muammolardir. Masalaning mohiyati — unda qo‘yilgan muammoni aniqlash va uni asosli tarzda yechishdan iborat. Fizik masalalar turli mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Jumladan, ularni murakkablik darajasiga qarab quyidagicha guruhlash mumkin: 1. Sodda masalalar — o‘quvchilarga ilgari tanish bo‘lgan bilimlarga tayanadi; https://scientific-jl.com 1 3 3 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 2. Murakkabroq masalalar — darslikda ko‘rib chiqilgan holatlarga nisbatan yangiligi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, fizik masalalarni to‘g‘ri tanlash va ularni samarali yechishga yo‘naltirish o‘quv jarayonining asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Fizik masalalarni yechish usullariga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: Sifat masalalari – og‘zaki tahlil, mulohaza va tushunishga asoslanadi; Eksperimental masalalar – laboratoriya tajribalari orqali fizik qonuniyatlarni tasdiqlash yoki kashf qilishga xizmat qiladi; Grafik masalalar – fizikaviy bog‘lanishlar va funksional munosabatlarni grafik ko‘rinishda ifodalash orqali yechiladi; Ijodiy masalalar – o‘quvchilarning yangicha yondashuv, tahlil va echim topish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Mazkur bo‘linishlar shartli bo‘lib, aksariyat hollarda masalalar bir necha yondashuvning kombinatsiyasini talab qiladi. Masalan, eksperimental masalalarni yechishda nafaqat amaliy harakatlar, balki sifatli tahlil, grafik ifodalar va hisoblash elementlari ham ishtirok etadi. Shu sababli, har bir turdagi masala o‘ziga xos mazmun va murakkablik darajasiga ega bo‘lib, ular uchun alohida metodik adabiyotlar mavjud. Shunga qaramay, keyingi bosqichlarda ushbu masala turlarining xususiyatlari va ularga oid yondashuvlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tiladi. Sifat masalalar. Fizik qonunlar va formulalarga tayangan holda, mantiqiy fikrlash orqali echiladigan masalalar sifat masalalari deb ataladi. Ushbu masala turining asosiy xususiyati shundaki, ularni yechishda arifmetik yoki algebraik hisoblash ishlari bajarilmaydi. Bunday masalalar, asosan, tahlil, mantiqiy mushohada yuritish va hodisaning mohiyatini tushuntirish orqali hal etiladi. Sifat masalalarning metodik afzalliklari juda ko‘p. Ular o‘quvchilarning fizik qonun va hodisalarni chuqur tushunishlariga; nazariy bilimlarni amaliy holatlarda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga; fikrlash madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Sifat masalalari, odatda, darsda o‘tilgan materialni mustahkamlash maqsadida beriladi. Ayniqsa, gidrodinamika kabi fizikaning ba’zi bo‘limlarida miqdoriy (hisoblash) masalalarga nisbatan sifat masalalari ko‘proq qo‘llaniladi. Bu bo‘limda miqdoriy tahlildan ko‘ra, hodisalarni sifat jihatdan tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Sifat masalalar mazmuni, tematikasi va murakkablik darajasi bo‘yicha xilma- xildir. Ular ichida ham oddiy tushuntirishga asoslangan sodda masalalar, ham chuqur mantiqiy tahlilni talab qiladigan murakkab masalalar mavjud. Eksperimental masalalar. Nazariyani amaliyot bilan bog‘lashning eng samarali yo‘llaridan biri eksperimental masalalar yechishdir. Eksperimental masalalarning asosiy xususiyati shundaki, ularni yechishda laboratoriya yoki demonstratsion https://scientific-jl.com 1 3 4 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi eksperimentlardan faol foydalaniladi. Bu jarayonda o‘quvchilarning faolligi va mustaqilligi sezilarli darajada oshadi, chunki ular masala yechish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tayyor holda darslik yoki masalalar to‘plamidan emas, balki o‘zlari bajaradigan fizik o‘lchovlar orqali oladilar. Eksperimen
Доказательный фрагмент
«В этой статье представлена информация о типах физических задач, их дидактических возможностях и классификации.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье представлена информация о типах физических задач, их дидактических возможностях и классификации. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Simple matter, complex matter, Quality matter, experimental matter, Kalit so‘zlar: Sodda masala, grafik masala va ijodiy masala., sifat masala, murakkab masala, eksperimental masala
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014