Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING O‘RNI
Muradov Utkir Nurillayevich
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida integrativ yondashuvning ahamiyati hamda uni amaliyotda qo‘llash usullari yoritilgan. O‘qish, yozuv, tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini uyg‘un tarzda shakllantirish orqali talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish masalasi tahlil qilingan. Integrativ yondashuv xorijiy til o‘rganishda tilni tabiiy va real kontekstda o‘zlashtirishga zamin yaratadi. Kalit so‘zlar: integrativ yondashuv, xorijiy til, nutq ko‘nikmalari, o‘qish, yozuv, tinglab tushunish, gapirish, kommunikativ kompetensiya, metod, strategiya, mashq, interaktiv dars. XXI asrda xorijiy tilni bilish nafaqat bilim, balki zaruratga aylanmoqda. Shunga mos ravishda til o‘qitish metodikasi ham zamonaviylashmoqda. Talabalarda mustahkam kommunikativ kompetensiyani shakllantirish zamon talabiga aylangan. Zamonaviy ta’lim tizimida xorijiy til o‘qitishning maqsadi talabalarning real hayotda erkin muloqot qila olish kompetensiyasini shakllantirishdir. Buni amalga oshirish uchun alohida ko‘nikmalarni emas, balki ularning uyg‘unligini ta’minlovchi integrativ yondashuv zarur. Xorijiy tillarni to‘liq egallash uchun faqat grammatik qoidalar asosida emas, balki to‘rtta asosiy nutq ko‘nikmalari – o‘qish, yozuv, tinglab tushunish va gapirish orqali til o‘rgatish zarur. Bu jihatdan integrativ yondashuv alohida o‘rin tutadi. An’anaviy metodlar bir ko‘nikmaga e’tibor qaratgan bo‘lsa, integrativ yondashuvda o‘qish, yozuv, tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalari bir-biri bilan bog‘liq holda rivojlantiriladi. Integrativ yondashuvning mohiyati Integrativ yondashuv – bu talabalarning barcha nutq ko‘nikmalarini uyg‘un holda rivojlantirishga qaratilgan uslubiy yondashuv bo‘lib, u orqali talabalar real hayotiy vaziyatlarda tilni samarali qo‘llay olishni o‘rganadilar. Integrativ yondashuv til o‘rgatishda faqat bitta ko‘nikmaga emas, balki barcha ko‘nikmalarga kompleks yondashuvni nazarda tutadi. Bu yondashuvda o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida talabaning eshitish, o‘qish, yozuv va gapirish ko‘nikmalarini uyg‘unlashtiradi. Natijada, talaba tilni amaliy jihatdan, kontekstda, real kommunikatsion vaziyatlarda o‘zlashtiradi. Integrativ yondashuvning nazariy asoslari https://scientific-jl.com 1 4 6 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Integrativ yondashuv Chomsky, Krashen, Cummins, Vygotsky kabi tilshunos va pedagog olimlar ishlanmalarida bevosita yoki bilvosita aks etgan. Integrativ yondashuv quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Ko‘nikmalarning uyg‘unligi: Nutq ko‘nikmalari bir-biridan ajralmas, ular integratsiya qilinishi kerak. 2. Kontekstual o‘rganish: Til real hayotiy vaziyatlarda, muloqotda o‘rganiladi. 3. Konstruktivizm: Talabalar tilni o‘rganish jarayonida atrofdagilar bilan faol muloqotda ishtirok etadilar. 4. Refleksiya: Talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Integrativ yondashuvning afzalliklari Integratsiyalashgan o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega: 1. Real kommunikatsion muhit yaratadi: Hayotiy vaziyatlarda barcha ko‘nikmalar birgalikda ishlatiladi. 2. O‘quvchining ishtirokini faollashtiradi: Har bir topshiriqda bir nechta ko‘nikma birgalikda shakllanadi. 3. Tayanch bilimlar mustahkamlanadi: Masalan, matn o‘qilgach, unga doir fikr yozish yoki munozara qilish orqali bilimlar chuqurlashadi. Integrativ o‘qitish strategiyalari quyidagicha Ko‘nikma Strategiyalar O‘qish - Annotatsiyalash, prediktsiya, mazmuniy xaritalar tuzish Yozish - Kollaborativ yozuv, qoralama-metod, aks ettiruvchi insho Tinglab tushunish - Esda saqlash strategiyalari, kalit so‘zlarni ajratish Gapirish - Jamoaviy muhokama, rolga kirish, taqdimot qilish Mazkur strategiyalar yordamida til o‘rganish individual va ijtimoiy faoliyatga aylantiriladi. O‘qish va yozuv ko‘nikmalarini integrativ rivojlantirish O‘qish – bu til o‘rganishda muhim ko‘nikmalardan biri sanaladi. Integrativ yondashuvda o‘qish matnlari asosida yozma ishlanmalar bajariladi. Masalan, maqola o‘qib, unga izoh yozish, fikr bildirish, savollarga javob yozish kabi mashqlar orqali o‘quvchining ikki ko‘nikmasi — o‘qish va yozish birgalikda rivojlanadi. Bu esa ularning mantiqiy fikrlash, mazmunni tushunish va uni qayta ifodalash ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Tinglab tushunish va gapirishni uyg‘un rivojlantirish Xorijiy tillarni o‘zlashtirishda tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalari ham muhim ahamiyatga ega. Integrativ yondashuvda audio yoki video materiallar asosida o‘quvchilar tinglab tushunish mashqlarini bajaradilar va keyinchalik bu material https://scientific-jl.com 1 4 7 46-son_3-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi asosida og‘zaki muloqotga kirishadilar. Bu esa ularning eshitish qobiliyatini, talaffuzni, so‘z boyligini va gap tuzish malakasini shakllantiradi. Integrativ metodlar Quyidagi metodlar integrativ yondashuvga asoslangan bo‘lib, talabalarning qiziqishi va faolligini oshiradi. 1. CLIL (Content and Language Integrated Learning) – tilni fan
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida integrativ yondashuvning ahamiyati hamda uni amaliyotda qo‘llash usullari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida integrativ yondashuvning ahamiyati hamda uni amaliyotda qo‘llash usullari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tinglab tushunish, strategiya, xorijiy til, interaktiv dars., gapirish, metod, yozuv, o‘qish, mashq, Kalit so‘zlar: integrativ yondashuv, nutq ko‘nikmalari, kommunikativ kompetensiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025