К содержанию
РецензированоUZ2025

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY RESURSLARINI BOSHQARISH TAMOYILLARI

SCIENCE SHINE · BOSHQARISH TAMOYILLARI · Masharipov Ziyomat · Jumaboyev Mansur

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

The article explores the essence, functions, and historical development stages of financial management in joint-stock companies. It also analyzes modern approaches to financial management, international experience, and their relevance and application within the context of Uzbekistan’s practice. Keywords. Financial Management, Corporate Finance of Joint-Stock Companies, Corporate Finance, Management System, Capital Management, Financial Resources, Financial Decisions, Outsider Model, Insider Model, Balance Sheet, Strategic Management. So‘nggi yillarda Aksiyadorlik jamiyatlari moliyasini boshqarish sohasi amaliy faoliyatning eng jadal rivojlanayotgan va strategik ahamiyat kasb etayotgan yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu yo‘nalish Aksiyadorlik jamiyatlari, buxgalteriya hisobi, moliyaviy boshqaruvning nazariy va amaliy asoslari, 171 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 shuningdek, huquqiy-me’yoriy tartibotlar va soliq tizimi bo‘yicha chuqur bilim va tahliliy salohiyatni talab etadi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va investitsion qarorlarni asosli qabul qilish ushbu sohaning asosiy vazifalari sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mazkur yo‘nalish, eng avvalo, Aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy resurslari va ularning manbalarini boshqarish usullarini asoslash va ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Aksiyadorlik jamiyatlari moliyasini boshqarishning shakllanishi va rivojlanishi zamonaviy iqtisodiy adabiyotida turli ilmiy fanlar doirasida yoritilgan. Umuman olganda, Aksiyadorlik jamiyatlari moliyasini boshqarish mustaqil ilmiy-amaliy yo‘nalish sifatida XX asrning 50–60-yillarida moliya nazariyasi, buxgalteriya hisobi va umumiy boshqaruv nazariyasi chorrahasida shakllangan, deb hisoblanadi. Bozor islohotlari boshlanishiga qadar Aksiyadorlik jamiyatlarilarni moliyaviy boshqarishning asosiy jihatlari “Tashkilotlar (Aksiyadorlik jamiyatlarilar) moliyasi” doirasida ko‘rib chiqilgan. 1990-yillarda oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalari va biznes- ta’lim dasturlariga “Moliyaviy menejment” kursi joriy etildi. Ushbu kurs Aksiyadorlik jamiyatlari kapitali, moliyaviy aktivlar va boshqa resurslarni boshqarish masalalarini keng qamrab olgan holda moliyani boshqarishning xalqaro tajribasini o‘z ichiga oladi. Aksiyadorlik jamiyatlarida yangi va talab yuqori bo‘lgan — moliyaviy menejerlar kasbi shakllandi. Moliyaviy menejerlar — bu buxgalter va moliyachi funksiyalarini uyg‘unlashtirgan, moliyaviy hujjatlar va vositalar bilan samarali ishlash ko‘nikmalariga ega, investitsiya jarayonlarini rejalashtirish hamda moliyalashtirish manbalarini boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan malakali moliya sohasi mutaxassisdir. Kampaniyalarda moliyaviy menejmentni boshqarish bo‘yicha xalqaro tajribada Y. Brigham, J. Lintner, G. Markovits, M. Miller, F. Modigliani, U. Sharpe kabi mashhur olimlarning ilmiy tadqiqotlariga ushbu masalalar o‘rganilgan. Mustaqil hamdo‘stlik mamlakatlarida korxonalarda moliyaviy resurslarni boshqarish muommolarini amaliy jihatlarni o‘rganishga Jahon moliyaviy fanini milliy sharoitlarga moslashtirishda sezilarli hissa qo‘shgan rus olimlari orasida E. S. Stoyanova, V. V. Kovalyov, T. V. Teplova va I. Ya. Lukasevichning ilmiy ishlari ko‘rib chiqilgan. Rossiyalik olimlar, Xususan, I. Ya. Lukasevich moliyaviy menejmentga quyidagicha ta’rif beradi: moliyaviy menejment — bu xo‘jalik yurituvchi 172 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 subyektning strategik, taktik va joriy maqsadlariga erishishga qaratilgan moliya va moliyaviy faoliyatni boshqarish tizimidir. Rossiyalik olim V. V. Kovalyovning ta’rifiga ko‘ra, moliyaviy menejment — bu korxonaning moliyaviy resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar tizimi deb tariflagan. Menejment nazariyasi nuqtayi nazaridan moliyaviy menejment — bu ilm-fan va amaliy san’atning uyg‘unligidir. Ushbu yo‘nalish rahbardan nafaqat moliyaviy boshqaruv sohasida puxta nazariy bilimlarga ega bo‘lishni, balki Aksiyadorlik jamiyatlarining pul oqimlarini samarali boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba va rivojlangan strategik fikrlash qobiliyatini ham talab etadi. Zamonaviy moliyaviy menejer mavjud resurslardan maksimal darajada unumli foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab etiladi. So‘nggi yillarda jahon miqyosidagi kompaniyalar integrallashuvi natijasida milliy hamda global iqtisodiyotda korporatsiyalar rolining kuchayishi natijasida “Tashkilotlar moliyasi” va “Moliyaviy menejment” fanlarining kesishgan nuqtasida yangi ilmiy yo‘nalish — “Korporativ moliya” shakllandi. Demak korporativ moliya — bu kompaniyalarda moliyani boshqarish jarayonini, moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va samarali foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar, tamoyillar va usullar tizimini o‘rganuvchi soha hisoblanadi. Horijiy tajriba tahlil qilgan holda, M. V. Romanovskiy korp

Доказательный фрагмент

«The article explores the essence, functions, and historical development stages of financial management in joint-stock companies.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article explores the essence, functions, and historical development stages of financial management in joint-stock companies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Financial Management, Corporate Finance of Joint-Stock, insayder model, Moliyaviy menejment, kapital boshqaruvi, strategik boshqaruv., buxgalteriya balansi, moliyaviy qarorlar, outsayder model, Aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi, moliyaviy resurslar, boshqaruv tizimi, korporativ moliya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники