Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHALLIY DAVLAT HOKIMYATI ORGANLARINING KONSTITUTSIYAVIY` HUQUQIY ASOSLARI
KONSTITUTSIYAVIY` HUQUQIY ASOSLARI · Hamroyev Azizjon Yusuf o`g`li
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Данная статья посвящена конституционно-правовым основам органов государственной власти на местах в Узбекистане, их организации, деятельности, задачам и полномочиям, а также тому, на что следует обратить внимание при повышении их эффективности. Ключевые слова: органы местного самоуправления, Совет народных депутатов, государственное управление, Конституция, закон и постановление Jahonda globallashuv jarayonlari, demokratik o‘zgarishlar va yuqori ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish sharoitida mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini takomillashtirish barcha rivojlangan davlatlar uchun dolzarb masala hisoblanadi. Bugun dunyoning ko‘plab mamlakatlarida hokimiyatni mahalliylashtirish (desentralizatsiya) va mahalliy boshqaruv organlarining mustaqilligini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston ham davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlarini kengaytirish va ularning aholining ehtiyojlariga yanada samarali javob berishini ta’minlash yo‘lida samarali qadamlar qo‘ymoqda. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini o‘rganish mamlakatimizdagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, hokimiyat vakolatlarini markazdan hududlarga o‘tkazish (detsentralizatsiya) va xalq https://scientific-jl.com 2 1 4 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi hokimiyatini yanada mustahkamlash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahnamoligida ishlab chiqilgan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu strategiyada “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini isloh qilish, mahalliy hokimiyat vakolatlarini kengaytirish va faoliyat samaradorligini oshirish” masalalari ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining farovonligini oshirish ko‘p jihatdan mahalliy davlat hokimiyati organlarining samarali faoliyatiga bog‘liq. Shuning uchun mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari, mas’uliyati va hisobdorligini yanada kuchaytirish lozim”. 2023-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-127-moddalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslari mustahkamlangan bo‘lib, unda xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari kengaytirilgani va hokimiyatning vakillik hamda ijro etuvchi organlarining vakolatlari ajratilgani muhim yangilik bo‘ldi. Yangi Konstitutsiyaga ko‘ra, xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi, viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas. Bu o‘zgarishlar mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatini yanada demokratlashtirish, ularning mustaqilligini oshirish va faoliyat samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan. Shu bilan birga, mahalliy davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, ularning vakolatlarini aniq belgilash va faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha qator vazifalar turibdi. Foydalamilgan adabiyotlar ro`yxati 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi- Toshkent: “Adolat”, 2023. – 88-b 2. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil-7 fevraldagi PF- 4947-sonli Farmoni. 3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022. – 464 b. 4. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi // https://lex.uz https://scientific-jl.com 2 1 5 46-son_2-to’plam_Iyun -2025
Доказательный фрагмент
«Данная статья посвящена конституционно-правовым основам органов государственной власти на местах в Узбекистане, их организации, деятельности, задачам и полномочиям, а также тому, на что следует обратить внимание при п…»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья посвящена конституционно-правовым основам органов государственной власти на местах в Узбекистане, их организации, деятельности, задачам и полномочиям, а также тому, на что следует обратить внимание при п… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- local government bodies, Council of people's deputies, public, Xalq deputatlari kengashi, Konstitutsiya, Kalit so`zlar: Mahalliy davlat hokimyati organlari, davlat boshqaruvi, qonun va qaror
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024