Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQARO “IT” TA’LIM PLATFORMALARIDAN FOYDALANISHNI O‘RGATUVCHI SAYT YARATISH.
O‘RGATUVCHI SAYT YARATISH. · Davronov M.J. · Xalilova S.R. · Shodmonov D.A.
Образовательные инновации и интеграция · 2022
Аннотация
This project is dedicated to the development of an educational platform for preparing for international IT certifications. It analyzes types of certifications, educational platforms, technical and functional requirements, design solutions, website structure, and user convenience. A practical web-based educational platform has been developed and implemented as part of the project. Kalit so`zlar: IT sertifikatlar, ta’lim platformasi, veb dasturlash, onlayn ta’lim, foydalanuvchi interfeysi (UI), foydalanuvchi tajribasi (UX), raqamli ta’lim, elektron o‘quv tizimi, funksional talablar, frontend va backend texnologiyalari. Bugungi kunda dunyo miqyosida raqamli texnologiyalar jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda, har bir mamlakat, xususan, O‘zbekiston uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini egallagan, malakali IT mutaxassislarni yetishtirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich rahbarligida so‘nggi yillarda qabul qilingan qator muhim hujjatlar mamlakatimizda IT sohasi taraqqiyoti uchun mustahkam huquqiy va tashkiliy asos yaratib berdi [1]. Jumladan, 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan PQ–408-sonli "Raqamli texnologiyalar sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, xalqaro IT sertifikatlash tizimini joriy etish va ushbu sohada iqtidorli yoshlarni qo‘llab- quvvatlashga xizmat qilmoqda. Yuqoridagi huquqiy asoslar va dolzarb ehtiyojlar asosida, xalqaro IT sertifikatlar haqida ma’lumot beruvchi, ularni olishga tayyorlovchi va platformalardan foydalanishni o‘rgatuvchi zamonaviy o‘quv sayt yaratish — nafaqat texnologik, balki https://scientific-jl.com 2 7 1 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan ham muhim ahamiyatga ega. Bunday sayt yoshlar orasida ITga qiziqishni oshiradi, xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishiga xizmat qiladi. Ushbu loyihamizning maqsadi — xalqaro IT sertifikat beruvchi ta’lim platformalaridan foydalanishni o‘rgatish uchun interaktiv veb-sayt yaratish. Sayt foydalanuvchilarga mashhur xalqaro IT ta’lim platformalarida (masalan, Coursera, Udemy, LinkedIn Learning, edX) ta’lim olish, sertifikatlar olish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni taqdim etish imkoniyatini yaratadi. Amalga oshirish uchun bajariladigan vazifalari: 1. Xalqaro IT sertifikatlash tizimining mohiyati va ahamiyatini o‘rganish, turli platformalar va sertifikatlar haqida ma’lumotlarni yig‘ish. 2. Sayt foydalanuvchilari uchun platformalar va kurslar bo‘yicha interaktiv ko‘rsatmalar yaratish. 3. Saytning dizaynini ishlab chiqish, foydalanuvchi tajribasini (UX) va interfeysini (UI) optimallashtirish. 4. O‘quvchilarga onlayn tarzda sertifikatlar olish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv materiallarini ishlab chiqish. 5. Saytda foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish, kurslar tanlash, testlar va imtihonlar o‘tkazish imkoniyatlarini yaratish. 6. Saytni yaratishda eng so‘nggi web-texnologiyalarni (HTML, CSS, JavaScript, PHP, MySQL) qo‘llash. 7. Saytning samaradorligini baholash va uni takomillashtirish uchun foydalanuvchi fikr-mulohazalarini yig‘ish va tahlil qilish. Loyihamizning amaliy ahamiyati, xalqaro IT sertifikatlash tizimi va ta’lim platformalaridan foydalanishni o‘rgatishga yo‘naltirilgan saytning yaratilishida yotadi. Ushbu sayt, o‘zining foydalanuvchilarga qulay interfeysi va interaktiv materiallari bilan, ularni global IT ta’lim platformalariga yo‘naltirib, malakali IT mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Amaliy ahamiyatini quyidagicha belgilash mumkin: 1. Yoshlarni IT sohasida kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish: Sayt, talabalarga va yosh mutaxassislarga IT sertifikatlarini olish jarayonida zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni taqdim etadi, bu esa ularga raqamli texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish imkonini yaratadi. 2. Xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash: Sayt orqali foydalanuvchilar xalqaro IT sertifikatlari olish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning qobiliyatlari va malakalari global mehnat bozorida tan olinadi, bu esa mamlakatimiz iqtisodiyotining raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shadi. 3. O‘zbekistonning raqamli ta’lim sohasini rivojlantirish: Ushbu loyiha, O‘zbekistonning raqamli ta’lim sohasini global miqyosda rivojlantirishga xizmat https://scientific-jl.com 2 7 2 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi qiladi. Talabalar va mutaxassislar uchun xalqaro ta’lim platformalarini o‘rganish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish, ta’lim tizimining raqamli infrastrukturasi va sifatini yaxshilashga olib keladi. 4. Innovatsion ta’lim usullarini joriy etish: Sayt, an’anaviy ta’lim tizimidan tashqari, onlayn ta’limni kengaytirish, innovatsion o‘quv metodlarini qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Bu, ta’limni yanada interaktiv va samarali qilishga x
Доказательный фрагмент
«This project is dedicated to the development of an educational platform for preparing for international IT certifications.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis project is dedicated to the development of an educational platform for preparing for international IT certifications. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- frontend va backend texnologiyalari., veb dasturlash, Kalit so`zlar: IT sertifikatlar, foydalanuvchi tajribasi (UX), onlayn ta’lim, elektron o‘quv tizimi, funksional talablar, foydalanuvchi interfeysi (UI), raqamli ta’lim, ta’lim platformasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025