Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR” FANINING ELEKTRON O‘QUV USLUBIY MAJMUASINI YARATISH
Ruziyeva H.Sh. · Shodmonov D.A. · Turdibekova M.O.
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
This article is dedicated to the topic "Implementation of Digital Technologies in Education and the Development of an Electronic Educational- Methodical Complex". It analyzes the role of modern information and communication technologies in the education system, their importance in increasing learning efficiency, and the role of electronic educational resources. Kalit so`zlar: Raqamli texnologiyalar, ta’lim, elektron ta’lim, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, onlayn ta’lim, ta’lim platformasi, o‘quv jarayoni, elektron resurslar, o‘quv-uslubiy majmua, foydalanuvchi interfeysi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida, “Barchangiz guvohsiz, bugun zamon shiddat bilan o‘zgarib, barcha sohalar qatori ta’lim tizimi oldiga ham o‘ta dolzarb va murakkab vazifalarni qo‘ymoqda, biz dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yaratishimiz zarur. Shu maqsadda, avvalo, ta’lim maskanlarining moddiy-texnik bazasini, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish, soha xodimlarining ish haqini bosqichma-bosqich oshirib borish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash bundan buyon ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi”, deganlar. https://scientific-jl.com 2 7 5 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Hozirgi kunda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va samarali qo‘llash zaruriyatidan kelib chiqadi. Ta’lim sohasida raqamli texnologiyalar o‘qitish va o‘rganish jarayonlarini yanada samarali va interaktiv tarzda tashkil etish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim olishda innovatsion metodlardan foydalanishni ta’minlash va ularning raqamli savodxonligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, uning ta’limda samarali qo‘llanishi va o‘qituvchilarga yangi pedagogik yondoshuvlar, uslublar va metodlarni o‘rganish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Ta’limda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va qo‘llash, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning raqamli kompetensiyalarini oshirish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida bunday mavzuga e’tibor qaratish juda dolzarbdir. Bizning loyahaning maqsadi ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning usul va metodlarini o‘rganish, elektron o‘quv majmuasini yaratish jarayonida yuzaga keladigan texnik va pedagogik masalalarni aniqlash va ular asosida yangi ta'lim platformasini yaratishdir. Ta'limda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning metodologik asoslarini ishlab chiqish, o‘quv jarayonini yanada samarali qilish, o‘quvchilarni yangi bilimlar olishga rag‘batlantirish, shuningdek, o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish — bu ishning asosiy maqsadidir. Loyahani amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: 1. Ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyatini o‘rganish. Bu vazifa orqali ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarning roli va ta'lim jarayonidagi samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ta'limda raqamli texnologiyalarni kengaytirish borasidagi tashabbuslari bilan tanishish. Ta'limda raqamli texnologiyalarning innovatsion yondashuvlar va metodologiyalar bilan uyg‘unlashishini o‘rganish. 2. Elektron o‘quv majmuasini yaratish texnologiyalarini tahlil qilish. Elektron o‘quv majmuasining yaratish jarayonini batafsil o‘rganish va shu jarayondagi texnik jihatlar, ishlash prinsiplarini, interaktiv elementlar va platformalarning imkoniyatlarini tahlil qilish. Bu vazifa orqali ta'limda elektron platformalarni yaratishning usul va metodlarini aniqlash, ularni amaliyotga joriy qilish uchun zarur bo‘lgan texnik talablarga javob beradigan tizimlarni ishlab chiqish. 3. Veb-sayt yaratish va uning foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish. Elektron o‘quv majmuasini veb-sayt shaklida taqdim etish uchun saytning dizaynini, foydalanuvchi interfeysini va uning funksiyalarini yaratish. Veb-saytning ishlashini optimallashtirish, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish va ularning ta'lim jarayonida samarali foydalanishi uchun zarur bo‘lgan vositalarni ishlab chiqish. Bu vazifa yordamida, o‘quvchilarning va o‘qituvchilarning ehtiyojlariga moslashtirilgan foydalanuvchi interfeysini yaratish maqsad qilingan. https://scientific-jl.com 2 7 6 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 4. Onlayn ta'lim platformalarining texnik jihatlari va funksiyalarini tahlil qilish. Onlayn ta'lim platformalarining texnik jihatlarini, ularning imkoniyatlarini va funktsiyalarini tahlil qilish, shu bilan birga, platformalar o‘quvchilarga qanday xizmatlar taqdim etishini o‘rganish. Testlar, video darslar, forumlar, interaktiv mashqlar kabi o‘quv elementlari yordamida o‘quvchilarn
Доказательный фрагмент
«This article is dedicated to the topic "Implementation of Digital Technologies in Education and the Development of an Electronic Educational- Methodical Complex".»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is dedicated to the topic "Implementation of Digital Technologies in Education and the Development of an Electronic Educational- Methodical Complex". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- elektron resurslar, o‘quv-uslubiy majmua, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim, onlayn ta’lim, o‘quv jarayoni, Kalit so`zlar: Raqamli texnologiyalar, elektron ta’lim, ta’lim platformasi, foydalanuvchi interfeysi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024