К содержанию
РецензированоUZ2025

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA METAFORIK IFODALAR HAMDA ULARNING MADANIY ASOSLARI

Qobuljonova Robiya

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida qo’llaniladigan metaforik ifodalar hamda ularning madaniy asoslari tahlil qilindi. Tilshunos olimlarning metaforaga bergan ta’riflari o’rganildi. Tadqiqot davomida ushbi ikki tilga mansub metaforik ifodalarga misollar berilib, ularning farqli va o’xshash jihatlari taqqoslandi, metaforaning lingvokulturologik jihatdan tahlili ko’rib chiqildi. Kalit so’zlar: metafora, metaforik obrazlar, madaniyat , lingvokulturologiya, milliy tafakkur. Har bir tilda yoziladigan asar shu til mansub bo’lgan xalqning tarixi, madaniyati, tafakkurini ifodalaydi. Metaforik ifodalar ham shu tushunchalarni o’zida aks ettiradigan lingvistik birliklar hisoblanadi. Metafora o’zi nima? Tilshunoslik nuqtayi nazardan olib qaralganda metafora- bir predmetning nomini boshqa bir predmet nomiga biror tomondan o’xshashligini e’tiborga olgan holda ko’chirish. Masalan, “kumush qish” birikmasi qish faslining qor yog’ib atrof oq rangga kirishini kumush metallning oq rangiga o’xshatishidan hosil qilingan. Tilshunos olimlar asarlariga nazar soladigan bo’lsak, har biri metafora haqida o’zining fikrlarini bildirishgan. Masalan, Gegel metaforalar haqida: “O’z ma’nosida qo’llaniladigan so’z o’z-o’zidan tushunarli ifodadir, metafora esa boshqacha ifodadir”-deb yozadi[1]. Darhaqiqat, yozuvchi biror asarida “issiq yoz kunlarida...” deya gap boshlasa, fikrning ta’sirchanligi unchalik sezilmasligi mumkin. Biroq “quyoshning o’tli nafasi hukmronlik qilgan yoz kunlarida...” kabi metafora qo’llash orqali o’quvchining tasavvurida holatning yaqqol tasviri hosil qilinishi mumkin. Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 11 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ingliz olimlaridan yana biri Richard ham metafora to’g’risida o’z fikrlarini bayon qilgan: “Metafora -ikki unsur asosiy g’oya va o’xshatish vositasi o’rtasidagi munosabatdir”. Uning fikricha, har bir metaforada asosiy fikr va obraz tashkil topgan bo’ladi. “Time is a thief” iborasini misol qilsak, time(vaqt) -asosiy g’oya, thief(o’g’ri)- o’xshatish obrazidir. Bu esa vaqt o’g’ri kabi yashirincha hayotimizni olib ketadi, degan ma’noni hosil qiladi. Metaforalarning lisoniy xususiyatlari bilan qisqacha tanishib chiqildi, ularning qanday tushunchalarni bildirishi quyida bayon qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tillarning rivoji ular mansub bo’lgan xalqlarning tarixi, hayoti, taraqqiyoti, madaniyati bilan bog’liq. Bundan ko’rinib turibdiki, til o’zida xalqqa xos barcha narsalarni aks ettiradi. Metaforalar esa bu kabi vositalarning asosiysidir. Metaforalarning kognitiv nazariya asoschilaridan bo’lgan G.Lakoff va M.Johnson metaforik birliklarni quyidagicha ifodalaydi: “Metaphor is not just a matter of language, but of culture. They reflect how a culture conceptualizes the worth and itself [3]”. Ularning fikricha, metafora inson tafakkurining asosi va insonlar mavhum tushunchalar(xalqlarning madaniyati, mentaliteti , tafakkuri)ni metaforalar orqali aniq tushuna olishadi. Masalan, “Time is money” ingliz iborasida vaqtning pul kabi qimmatli ekanligi, bu bilan uni qadrlash hamda behuda sarflamaslik kerakligi tushuniladi. Xuddi shuningdek, o’zbek tilida ham ushbu iboranimg muqobili mavjud, ma’nosi ham bir xil hisoblanadi: “Vaqt-bebaho boylik”. Yana bir tilshunos A. Wiezbicka ham o’z asarlaridan birida: “Metaphors reveal the core , value and worldview of a culture” deydi[4]. Ya’ni metaforalar madaniyatning asosiy qadriyatlari va dunyoqarashini ochib beradi. Demak, metaforalar qaysi tilga mansubligiga ko’ra farq qilishi yoki o’xshashi mumkin. Buning sababi, ular tasvirlayotgan madaniyat tushunchasi turli xalqlarda turlicha bo’ladi. Jumladan, “He is rich in ideas” fikrida insonning g’oyalari ko’p va turli ekanligi “rich” so’zi orqali ta’kidlanmoqda. Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 12 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT O’zbek tilida ham biror narsaning ko’pligiga urg’u bermoqchi bo’lsak, xuddi shu so’zni ishlatamiz: “Bu surat ranglarga boy ekan(ko’p ranglar ishlatilgan)”. Bundan bilishimiz mumkinki, ikki xalqning o’xshash tafakkuri bor ekan. “A man with a golden heart” hamda “ko’ngli ochiq” iboralari esa, aksincha, farqlarni ko’rsatib beradi. Ingliz tilidagi fikrda insonning oliyjanobligi “golden” , ya’ni oltin-boylik bilan bog’lansa, o’zbek tilidani muqobili ko’proq his-tuyg’uga bog’langan. Tahlil xulosasiga ko’ra, ingliz xalqlaridagi metaforalar o’zbek tilidagi muqobilidam farqli jihatlari namoyon bo’ladi. Negaki o’zbek tilida metaforalar ko’proq inson tabiati, ota-bobolar donishmandligi kabi tushunchalar orqali hosil qilinadi. Metaforalarning lingvokulturologik jihatdan tahlili ham tilshunoslikda rivojlanib bormoqda. Metaforalar xalqning dunyoqarashi, an’analarini bildirgani uchun ham ularni bir tildan boshqa tilga aynan tarjima qilish qiyin masaladir. Sababi millatlarning o’ziga xos qadriyatlari mavjud. Agar so’zma- so’z tarjima qilinadigan bo’lsa, kerakli ma’no chiqmay qolishi mumkin. Mana shu jihatdan ham lingvomadaniyatshunoslikda metaforalarni xalqlarning qadriyatlarini o’

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida qo’llaniladigan metaforik ifodalar hamda ularning madaniy asoslari tahlil qilindi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida qo’llaniladigan metaforik ifodalar hamda ularning madaniy asoslari tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metaforik obrazlar, lingvokulturologiya, milliy tafakkur., metafora, madaniyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники