Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ELEKTR TA’MINOT TIZIMIDA YO’QOTISHLARNI KAMAYTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI
KAMAYTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI · Shodiyev Oqiljon Abdurashit o’g’li · Saidov Doston Rustam o’g’li
Современное образование и развитие · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada elektr ta’minoti tizimlarida energiya isroflarini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Raqamli nazorat va monitoring tizimlari, jumladan ENHAT kabi avtomatlashtirilgan hisob tizimlari orqali real vaqt rejimida energiya sarfini nazorat qilish, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni aniqlash va bartaraf etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, yuqori samaradorlikdagi uskunalar (IE3/IE4 motorlar, amorf transformatorlar), reaktiv quvvatni kamaytirish usullari, “aqlli tarmoqlar” va ISO 50001 energiya menejment tizimi asosida resurslarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy texnologik yechimlar tahlil qilingan. Maqola energiya samaradorligini oshirish orqali ekologik barqaror va iqtisodiy jihatdan foydali energiya tizimlarini yaratishga qaratilgan. Annotation: This article examines modern approaches to reducing energy losses in power supply systems. It discusses the implementation of digital monitoring and control technologies, such as the ENHAT automated energy accounting system, which enables real-time consumption tracking, detection of anomalies, and accurate billing. The article also highlights the role of high-efficiency equipment (IE3/IE4 motors, amorphous transformers), reactive power compensation, smart grids, and energy management systems based on ISO 50001. These solutions aim to optimize energy use, reduce transmission losses, and support the development of sustainable and economically viable energy systems. Kirish. Bugungi kunda energetika resurslarini tejash va energiya samaradorligini oshirish global muammolardan biri hisoblanadi. Elektr ta'minoti Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 19 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tizimlarida energiya isrofi nafaqat iqtisodiy zarar, balki ekologik muammolarni ham keltirib chiqaradi. Shu bois energiya samaradorligini oshirish zamonaviy texnologiyalarga asoslanadi.Hozirgi vaqtda eng dolzarb masala sifatida ko’rilayotgan bosqich bu raqamli monitoring va nazorat tizimlarini joriy etishdir. Bu tizimlarga misol tariqasida EENHAT tizimini keltirishimiz mumkin Bu elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi bo‘lib, u elektr energiyasining iste'molini avtomatik tarzda o‘lchash, nazorat qilish va hisoblash uchun mo‘ljallangan. Asosiy qism. Elektr energiyasi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi- Elektr energiyasi iste'molini doimiy ravishda avtomatik o‘lchash. Olingan ma'lumotlarni markaziy serverga uzatish. Energiya sarfini real vaqt rejimida monitoring qilish va tahlil qilish. Noqonuniy ulanishlar va yo‘qotishlarni aniqlash. Tarif asosida hisob-kitob qilish va to‘g‘ri billing (hisob-kitob)ni ta'minlash. Energiya tejash va samaradorlikni oshirish uchun ma'lumot bazasi yaratish. Bu ENHAT tizmining asosiy vazifalari hisoblanadi. ENHAT tizimining asosiy tarkibiy qismlari: Elektr hisoblagichlar (aqlli, raqamli va masofadan o‘qiladigan). Ma'lumot yig‘ish va uzatish qurilmalari (modemlar, kontrollerlar). Markaziy server yoki ma'lumotni qayta ishlash markazi. Dasturiy ta'minot (monitoring, tahlil, hisob-kitob va hisobotlar uchun). O‘lchov: Elektr hisoblagichlar iste'mol qilingan elektr energiyasi haqida aniq ma'lumotlarni yig‘adi. Uzatilish: Ushbu ma'lumotlar simli yoki simsiz aloqa orqali (GPRS, PLC, Ethernet va boshqalar) markaziy serverga yuboriladi. Tahlil: Serverga kelgan ma'lumotlar avtomatik tarzda tahlil qilinadi va kerakli hisobotlar shakllantiriladi. Boshqaruv: Operatorlar yoki tizim avtomatik ravishda ortiqcha iste'mol, anomaliyalar yoki nosozliklarni aniqlaydi va tegishli choralarni ko‘radi. Elektr energiya nasorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi qo‘lda ma'lumot yig‘ishga ehtiyoj qolmaydi — xatoliklar kamayadi. Elektr energiyasini noqonuniy iste'mol qilish holatlarini tez aniqlash mumkin. Energiya isroflarini kamaytirish va taqsimot samaradorligini oshirish. Tariflarga asoslangan differensial Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 20 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT hisob-kitoblarni (masalan, kechasi va kunduzgi tariflar) aniq amalga oshirish. Iste'molchilarga energiya tejash bo‘yicha aniq tavsiyalar berish imkoniyati. SCADA va Aqlli texnologiyalari yordamida real vaqt rejimida elektr iste'molini monitoring qilish va analiz qilish orqali isroflarni aniqlash va bartaraf etish. Uning yana bir vazifasi aqlli sensorlar va hisoblagichlar orqali nooptimal yuklamalarni aniqlash. Shuningdek enhat tizimi an'anaviy tarmoqlarga qaraganda aqlli tarmoqlar avtomatik ravishda energiya oqimini boshqaradi va tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytiradi. Tarqatish tarmoqlarida moslashuvchan boshqaruv va avtomatlashtirilgan qayta taqsimlash. Elektr energiya isroflarini kamaytirishning yana bir zamonaviy yechimi energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi. Energiya tejashning samarali yo‘llaridan biri — energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan qurilmalar va uskunalardan foydalanish. Bu usul elektr ta'minoti tizimlarida energiya isroflarini sezilarli darajada kamaytiradi. Yuqori samaradorlikdagi e
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada elektr ta’minoti tizimlarida energiya isroflarini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada elektr ta’minoti tizimlarida energiya isroflarini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- energiya isroflarini, samaradorligini oshirish, elektr minoti, tizimlarida energiya, real vaqt, vaqt rejimida, energiya samaradorligini
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026