Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA PSIXOLOGIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI · Mirzayeva Gulnara Musajanovna
Современное образование и развитие · 1 · 25-30 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik rivojlanishiga xos bo‘lgan asosiy jihatlar tahlil qilinadi. Bolalarning emotsional holati, ijtimoiy moslashuvi, aqliy va shaxsiy o‘sish jarayonlari psixologik nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Maktab muhitining ruhiy rivojlanishga ta’siri, o‘qituvchi va ota-onalarning roli, shuningdek, bola shaxsini shakllantirishda individual yondashuvning ahamiyati yoritiladi. Maqola maktab psixologlari, tarbiyachilar va ota-onalar uchun foydali bo‘lib, bolalarning sog‘lom psixologik rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: bolalar psixologiyasi, rivojlanish bosqichlari, emotsional holat, ijtimoiy moslashuv, psixologik muhit, xulq-atvor, maktab muhiti, o‘quvchi shaxsiyati, ijtimoiy psixologiya, maktab psixologiyasi. Kirish. Inson hayotining dastlabki bosqichlari, xususan, kichik maktab yoshi (taxminan 7–11 yosh) psixologik, emotsional va ijtimoiy rivojlanish jarayonlarining shakllanishida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davr bola uchun maktab hayotiga kirib borish, o‘qituvchilar va sinfdoshlar bilan yangi munosabatlar o‘rnatish, mustaqil fikr yuritishni boshlash kabi ko‘plab ijtimoiy va psixologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi bola endilikda o‘z oilaviy muhitidan tashqarida faoliyat yurita boshlaydi, jamiyatda o‘z o‘rnini topish, qoidalarni anglash va ularga bo‘ysunish, o‘z fikrini bildirish kabi murakkab jarayonlarni boshdan kechiradi. Mazkur bosqichda bolaning o‘z-o‘zini anglash darajasi oshadi, o‘ziga nisbatan baho bera boshlaydi, ijtimoiy rollarni egallaydi va o‘z shaxsiyatini mustahkamlash yo‘lida ilk qadamlari qo‘yiladi. Bunday jarayonlar bolaning ruhiy Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 24 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT salomatligi, emotsional barqarorligi va ijtimoiy integratsiyasi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, aynan shu bosqichda bolaning kognitiv (bilish), emotsional va axloqiy rivojlanishida katta burilishlar yuz beradi. Ular yangi bilimlarni egallashga, mustaqil fikr yuritishga, o‘z harakatlarini ongli tarzda boshqarishga intiladilar. Bu esa o‘z navbatida, bolaning maktabdagi muvaffaqiyati, tengdoshlar bilan munosabatlari va o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini shakllantiradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda psixologik rivojlanish murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Bu davrda bolalarning fikrlash faoliyati sezilarli darajada kengayadi, tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish kabi intellektual ko‘nikmalar rivojlanadi. Jean Piagetning bilish nazariyasiga ko‘ra, ushbu davr bola rivojlanishining “konkret operatsiyalar bosqichi”ga to‘g‘ri keladi, ya’ni bola konkret (aniq) obyektlar bilan fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, lekin hali abstrakt tushunchalarni chuqur anglashga tayyor emas. Bu bosqichda bolalar sabab-oqibat munosabatlarini tushunishga harakat qiladilar, lekin ularning fikrlashi hali ham aniq voqea va hodisalarga bog‘liq. Bolaning psixologik rivojlanishida uning emotsional holati, o‘z-o‘zini anglash darajasi va ijtimoiy munosabatlar alohida ahamiyatga ega. Bolalar o‘z his- tuyg‘ularini anglashni, ularni boshqarishni o‘rganadilar. O‘z navbatida, kattalarning — ayniqsa, ota-ona, o‘qituvchi va tarbiyachilarning — bunga bo‘lgan munosabati bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga kuchli ta’sir qiladi. Bu yoshdagi bolalar ko‘pincha tashqi muhitdagi ijobiy yoki salbiy baholarga kuchli sezgir bo‘lishadi. Shu sababli, ularni rag‘batlantirish, ijobiy fikr bildirish, muvaffaqiyatsizliklarni to‘g‘ri tushuntirish, konstruktiv tanqid asosida yondashish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, kichik maktab yoshidagi bolalar o‘zaro ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi. Ular sinfda o‘z o‘rnini belgilashga harakat qiladi, tengdoshlar bilan muloqot qilish, guruh bilan ishlash, ijtimoiy qoidalarni qabul qilish va ularga amal qilish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi. Bu bosqichda bola faqat oilaviy ijtimoiylashuvdan tashqariga chiqib, maktab jamoasida faol ishtirok eta boshlaydi. Bu esa uning ijtimoiy o‘sishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Maktabga kirish bilan Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 25 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT birga bolaning axloqiy qarashlari shakllanadi, adolat, halollik, yordam, do‘stlik, hurmat kabi tushunchalar amaliy faoliyat orqali o‘zlashtiriladi. Boshqa tomondan, bu davrda ayrim psixologik muammolar ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, o‘z tengdoshlari bilan muloqotda qiynalish, o‘ziga ishonchsizlik, ajralib qolish hissi, maktabda o‘zini erkin his qilmaslik, o‘qishga bo‘lgan qiziqishning pasayishi kabi holatlar bolani psixologik jihatdan noqulay holatga olib keladi. Shu sababli, ota-onalar va pedagoglar bolaning psixologik holatini muntazam kuzatib borishlari, individual yondashuv asosida qo‘llab- quvvatlashlari lozim. Tadqiqot natijalari. O‘tkazilgan ilmiy tahlillar va amaliy kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik rivojlanishi murakkab, lekin muhim bosqichlardan iborat bo‘lib, bu jarayonga
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik rivojlanishiga xos bo‘lgan asosiy jihatlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik rivojlanishiga xos bo‘lgan asosiy jihatlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik muhit, emotsional holat, ijtimoiy moslashuv, o‘quvchi shaxsiyati, ijtimoiy psixologiya, maktab psixologiyasi., xulq-atvor, maktab muhiti, bolalar psixologiyasi, rivojlanish bosqichlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026