Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
"TUSHDA KECHGAN UMRLAR" ASARIDA QO'LLANGAN HARBIY TERMINLAR
Bahromova Komila Baxtiyor qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O'tkir Hoshimning "Tushda kechgan umrlar" asarida urush davri va tergov jarayonini tasvirlash uchun qo'llagan harbiy terminlari tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Snayper, komandir, sapyor, razvedgruppa, snaryad, BTR, BMP, organ, militsiya, tergovchi, komissar. XX asr ikkinchi yarmi o'zbek adabiyoti, aniqrog'i, nasri rivojida O'tkir Hoshimovning munosib o'rni bor. Mustabid tuzum sharoitida yozuvchi o'zining haq so'zi bilan el orasida e'tibor qozondi. Asarlarida Yolg'on aqidalar, be'mani urush, qatag'on siyosati, begunoh insonlarning jazolanishi bosh g'oya qilib olingan. Jumladan, "Tushda kechgan umrlar" asarida ham yozuvchi afg'on urushi voqealari, qatag'on qurbonlari va urush qatnashchilarining urushdan keyingi ruhiy holatini Rustam obrazi orqali ifodalab bergan. Said Ahmad ''Tushda kechgan umrlar'' asariga quyidagicha baho beradi: ''Romanni loqayd hayajonsiz o'qib bo'lmaydi, u kitobxonni larzaga soladi. Xalq boshiga kulfatdan boshqani solmagan qonli urushni boshlagan telba urushqoqlarga dil-dilidan qarg'ish yog'diradi'' Haqiqatdan ham asarni shunchaki o'qib bo'lmaydi. Asardan chiqargan xulosam shu bo'ldiki, afg'on urushi insonlar boshiga ko'plab kulfatlarni soldi. Qatag'on siyosati esa undan ham oshib tushdi. Bunga sabab nima edi. Javob bitta mustamlakachilik. Qachonki xalq, davlat mustaqil bo'lsa uni bosqinchilar xohlagancha boshqara olmaydi. O'z manfaatlari yo'lida foydalanmaydi. Nega asarga Tushda kechgan umrlar deb nom berilgan? Bu savolga quyidagi jumla orqali javob topdim. ''O'ylab qarasam, o'tgan umrim umr emas, tush ekan. Go'yo men esimni tanib- tanimay birov uyqu dori ichirgan -u tush ko'rib yuraverganman: Goh shirin, goh xatarli tush ko'rib. O'sha ''birov'' qayoqqa sudrasa, ketidan ergashib ketaverganman, nima buyursa, quloq qoqmay bajaraverganman... Uyg'onishga esa qo'rqqanman... Mana endi, uyg'onib, yonverimga qarasam menga o'xshaganlar ko'p ekan... '' (Otasining Rustamga yozgan maktubidan) Ushbu parchada Shomatovning o'zlariga nisbatan qilingan adolatsizlikdan so'ng ko'zlari ochilib , umrlari yolg'an taqdir asosiga qurilganligini kech bo'lsa ham anglab yetdi. Shu sababli, ularning umrini ''Tushda kechgan umrlar'' deb nomlagan bo'lsa kerak yozuvchi. Asarda yozuvchi afg'on urushi davridagi jang sahnalarini tasvirlash uchun harbiy leksikalarni faol qo'llagan, ushbu maqola orqali biz asarda qo'llangan harbiy terminlarni leksik- semantik jihatdan tahlil qilamiz. https://scientific-jl.com 9 1 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi "Jangovar trevoga e'lon qilindi. Hamma yoq yugur-yugur bo'lib ketdi. Bundan chiqdi, jang bo'ladi! Kim bilsin, dushman biron obyektga hujum qilgandir. Yo'lda borayotgan kolonnaga shoshilinch yordam kerakdir. Yo bo'lmasa, razvedgruppa qamalda qolgandir... Hamma narsa bo'lishi mumkin... Katta kuch tashlanganiga qaraganda jang ham katta bo'ladigan ko'rinadi. Tanklar, BTRlar, BMPlar yelib boryapti". Yuqorida berilgan parchadagi harbiy terminlarning izohiga qarasak: (Jangovar trevoga - qismni jangovar vazifani bajarishga tayyorlash maqsadida zudlik bilan jangovar shaylikka keltirish. Kolonna - harbiy xizmatchilarning ketma-ket ligi, bo'linmalar esa Nizomda yoki komandir tomonidan belgilangan distansiyalarda birin- ketin joylashgan safi. Razvedgruppa - dushman fronti ortida rezvedka yuritish uchun yuboriladigan taktik rezvedka organ. Tank - zanjiri, zirhlangan va murakkab yo'llarda yura oladigan jangovar mashina. BTR-(ruscha-zirhli transporter) SSSRda ishlab chiqarilgan 8x8 g'ildirakli amfibiya zirhli transport vositasi. BMP - piyoda jangovar mashina bo'lib, ularning asosiy maqsadi o't o'chirish va shaxsiy qurollarni tashish bo'lgan). Ushbu so'zlarning yuqoridagi parchada qo'llanishiga e'tibor qaratsak, yozuvchi bu asarni o'qiyotgan kitobxonning ko'z oldida jang maydonida yuz bergan favqulodda vaziyatni gavdalantiradi. Tanklar va mashinalarni "yelib boryabdi" iborasi orqali tanklarning tez harakatlanishini ko'z oldimizga keltirgan. Bu terminlarning qo'llash orqali O'tkir Hoshimov jangga tayyorgarlik jarayonini ochiq tasvirlab bergan. Bundan tashqari jang sahnasidagi voqealarni tasvirlash uchun ham harbiy leksikalar qo'llanganini guvohi bo'lamiz. Masalan, "Mina emish, mina tugul atom bombasi bo'lmaydimi!". (Mina - quruqlikda va suv ostiga o'rnatish uchun qo'llanadigan o'q-dori turi. Atom bomba - yadroviy zaryad va vayron qiluvchi katta kuchga ega bo'lgan aviabomba). Bu jumlada qahramonning ichki kechinmalari (g'azab va alami) ni ifodalash uchun mina va atom bomba kabi leksikalar qo'llangan. Qahramon, shunchalik, g'azablanganidan atom bombasi ham uni to'xtatib qololmasligini yozuvchi mahorat bilan tasvirlagan. "Uchta snaryaddan o't och!". (Snaryad - to'p, minomyot va shu kabi qurollardan o'tiladigan o'q dori turi). "Tank quturgan buqadek o'kirar, pulemyotidan to'xtovsiz o'q uzgancha yo'lda duch kelgan narsani payhon qilib borar, qubbasimon tomli uylar, tolmi, qayrag'ochmi, qandaydir daraxtlar, uzum toklari, dumini xoda qilib,
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O'tkir Hoshimning "Tushda kechgan umrlar" asarida urush davri va tergov jarayonini tasvirlash uchun qo'llagan harbiy terminlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O'tkir Hoshimning "Tushda kechgan umrlar" asarida urush davri va tergov jarayonini tasvirlash uchun qo'llagan harbiy terminlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- komandir, BTR, BMP, komissar., sapyor, organ, razvedgruppa, Kalit so’zlar: Snayper, militsiya, tergovchi, snaryad
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024