К содержанию
РецензированоUZ2026

ERTAKLAR ORQALI INGLIZ TILINI OSON O‘RGATISH METODIKASI

Mominova Yulduz Aminboyevna · Masharipova Nargiza.

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This article analyzes the role and effectiveness of folk tales in learning English. It is argued that fairy tales are useful as a language learning tool, especially for elementary and intermediate level students. Fairy tales increase students' interest in the language, facilitate memorization, and combine moral education with language skills. Keywords: fairy tales, English, language teaching methodology, primary education, language competence, interactive teaching. Zamonaviy dunyoda ingliz tili nafaqat xalqaro muloqot vositasi, balki ta’lim, texnologiya, ilm-fan va ishbilarmonlik tiliga aylangan. Biroq, ko‘plab o‘quvchilar ingliz tilini o‘rganishda muammolarga duch kelishadi. Bu muammolar orasida o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar bo‘ladi. An’anaviy darsliklar ko‘p hollarda hayotdan uzoq, o‘quvchilarni zeriktiradigan va faqat grammatik qoidalarni takrorlashga asoslangan bo‘ladi. Bu kabi muammolarni hal qilish uchun turli xil zamonaviy metodlar asosida darsni tashkil qilishimiz mumkin.Ertaklar orqali til o‘rgatish eng samarali usul hisoblanadi.Ertaklar-bu faqat bolalarga mo ‘ljallangan matn emas. Ular orqali o‘quvchilar tilni his qiladi, matnni tushunadi, vaziyatli kontekstda o‘z fikrini ifodalashni o‘rganadi. Ertaklar- bu madaniyat, hikoya, obraz va hissiyotlar to‘plamidir. Ertaklar- bu folklorning eng qadimiy va eng ommaviy janrlaridan biri bo‘lib, ularda odatda ijobiy va salbiy qahramonlar mavjud bo‘ladi.Bu ertaklar orqali o‘quvchilar so‘zlarni oson tarzda o‘rganishadi. Ertaklardagi takror qo‘llanuvchi so‘zlarni oson esda saqlab qolishlari uchun imkoniyat beradi.Bu til o‘rganishda ijodiy https://scientific-jl.com 9 4 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi va ta’sirchan yondashuv bo‘lib, ayniqsa boshlang ‘ich va o‘rta bosqichdagi o‘quvchilar uchun juda samarali hisoblanadi. Ingliz tilini tez o‘rgatish uchun turli xil metodik o‘yinlar asosida tashkil qilish mumkin. Bu o‘yinlar asosida o‘rgatish o‘quvchilarni tezkorligini va so‘zlarni darrov ilg‘ab olish qobiliyatini shakllantiradi.O‘quvchilarni lug‘at boyligini oshishi uchun yordam beradi. “Rolli o‘yinlar” orqali o‘rgatish ertak qahramonlarini rollarga bo‘lib berish asosida o‘rgatish mumkin.Bunda o‘quvchilarga so‘zlarni tez yodlashi, so‘zlashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish va talaffuzni yaxshilaydi. Har bir so‘zning ma’nosini bilib borishi va tahlil qilish ko‘nikmasi ham shakllanadi. O‘quvchilarni o‘zlarini ko‘proq harakatga keltirish uchun qaysi ertakni o‘rgatmoqchi bo‘lsak shu asosida rasmlar bilan ishlashni ham tashkil qilish kerak. “Rasm asosida hikoya tuzish” bunda o‘quvchilarga rasmlar beriladi shu asosida o‘zlari erkin tarzda yangi ertak yo matn tuzishlari mumkin bo‘ladi.Bu orqali o‘quvchilar berilgan rasmlarni inglizcha izohlaydilar. Bu kabi usullar orqali o‘quvchilar erkin tarzda fikrlashi va og‘zaki nutqi ham rivojlanadi. Ertakdagi har bir elementni nomini alohida rasm holida qilish va o ‘quvchilarga ko ‘rsatish kerak bo ‘ladi. Ular esa rasmga qarab erkin har bir rasmda tasvirlangan narsani ingliz tilida aytishlari kerak bo ‘ladi.Masalan, “Zumrad va Qimmat” ertagida tasvirlangan eshiklar va sandiqlarni ranglari bor, shularni rangini aytishi kerak bo ‘ladi. Bu sandiqlarni inglizcha aytishlari va uni kim berganligi, kimga berilganligi haqida ham so‘z birikma tarzida aytishlari kerak bo‘ladi. “Bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish” metodik o‘yini,asosan, ingliz tilini o‘rgatishda juda samarali usullardan biri hisoblanadi. Bu orqali o‘quvchilarni so‘z boyligini mustahkamlash, gap tuzishni o‘rgatish va matnni tushunishga o‘rgatadi. Bu metodda o‘quvchiga jumla yoki matn beriladi, lekin ayrim so‘zlar tushirib qoldiriladi. O‘quvchi mazmunni tushunib, kerakli so‘zni o‘sha joyga qo‘yadi.Yangi o‘rgangan so‘zlarni mustahkamlash, matnni mantiqan tushunishga o‘rgatish kabi xususiyatlar shakllanadi. Zumrad was very ____ (kind / lazy). Qimmat was ____ (kind / rude). The old woman lived in the ____ (forest / city). Zumrad helped the old ____ (man / woman). https://scientific-jl.com 9 5 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi O‘quvchi qavs ichidagi variantlardan to‘g‘risini tanlaydi yoki o‘zi yozadi. Matn beriladi o‘quvchiga va bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirishlari kerak. So‘zlar ro‘yxati: (forest, reward, stepmother, Zumrad, Qimmat, rude, kind, woman, punishment). There was a girl named __. She lived with her __. Her stepsister's name was ____. One day, Zumrad went to the __. She met an old __. Zumrad was __, so she got a __. Qimmat was __, so she got __. Shuni aytish joizki,ertak matnlari, rolli o‘yinlar, bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish va rasm asosidagi topshiriqlar orqali ingliz tilini o‘rgatish metodlari bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Natijada, ertaklardan foydalangan holda ingliz tili darslari yanada jonli, qiziqarli va samarali bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Рахматова Н. (2020). Ingliz tilini o‘qitishda ertaklardan foydalanish. Filologiya masalalari jurnali, №2. 2.Ziyayeva,

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role and effectiveness of folk tales in learning English.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role and effectiveness of folk tales in learning English. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fairy tales, English, language teaching methodology, primary, Kalit so‘zlar: ertaklar, til o‘rgatish metodikasi, til kompetensiyasi, interaktiv o‘qitish., boshlang‘ich ta’lim, ingliz tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники