Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARGA SIFAT SO‘Z TURKUMINI RANGLAR ORQALI IFODALANGAN BARQAROR BIRLIKLAR BILAN O‘RGATISH METODIKASI
Mominova Yulduz Aminboyevna · Yulduz Aminboyevna Mominova (Humanitarian Subjects University) · Masharipova Nargiza Rustamovna (Humanitarian Subjects University) · Masharipova Nargiza Rustamovna (at Tashkent Humanitarian Subjects University)
Образовательные инновации и интеграция · 2 · 2025
Аннотация
Studying adjectives through stable combinations expressed by color is very effective. We need to be able to take a modern approach to the educational process in order to raise students to become mature and well-rounded individuals in all respects. Organizing the lesson process in an unconventional way for mother tongue classes and conducting it in harmony with the educational content creates a foundation for finding innovative methods of teaching and meeting the requirements. The article also provides information on how to pass the quality category based on these. Key word: quality, stable unit, method, level, making, meaning, proverb and color. Kirish. Shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda yangi-yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkil qilish kerak bo‘ladi.Bu jarayon esa o’qituvchidan juda katta mas’uliyat talab qiladi. O‘z fanini sevadigan va shu fanni yaxshi biladigan o‘qituvchi o‘quvchilarga oson tarzda noan’anaviy tarzda tashkil qiladi. Bu jarаyon o‘quvchilarni olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lagan holda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirishi lozim. O‘qituvchi dars jarayonida turli xil yangi interfaol metodlаrdan foydаlanish o‘quvchilarning tafakkur dunyosini kengaytirish bilan birga, mustaqil tahlil qilish va erkin muloqot qilish ko‘nikmаsi ham shakllanadi.Mavzuni yaxshi o‘rganish asosida o‘quvchilarda yangi-yangi g‘oyаlar shakllanadi va har bir terminni ma’nosini sharhlashga harakat qiladi. Shu bilan birga o‘quvchilarning diqqat e’tibori va tasavvurlari rivojlanadi va olgan bilimlarini idrоk qilish оrqаli ham faolligi oshadi. Sifat so‘z turkumini o‘quvchiga qiziqarli va eslarida qoladigan shakllarda o‘rgatish katta natija beradi.Ayniqsa, sifatlarni o‘rganishda rang bilan bog‘liq bo‘lgan, maqollar orqali o‘rganish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini shakllantiradi.Maqollarning ham ma’nosini izоhlashi va mustaqil fikr bildira olish qobiliyatini, ham shakllantiradi. Sifat predmetning belgisi rangi, hajmi, shakl va ko‘rinishi, maza-ta’mi, xususiyati, hidi, o‘rin va paytga munosabatini bildiradi.Sifatning ortida har doim ot bo‘ladi. Ya’ni otga bog‘lanadi degani.Masalan: baland bino, qizil qalam, qiziqarli uchrashuv, chiroyli ko‘ylak, go‘zal tabiat va kuchli shamol kabi birliklarni olishimiz mumkin. https://scientific-jl.com 1 1 0 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Sifatni otga bog‘lanishi va shu ot so‘z turkumidan so‘roq berish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Sifat+ot shaklidagi formula asosida so‘z birikmasi asosida o‘rgatish va ot+sifat shaklida esa, aksincha, gap hosil bo‘lishi mumkin. Masalan, yashil sumka bunda sifat+ot shaklida va sumka so‘zidan yashil sifatiga so‘roq beriladi, ya’ni qanday? so‘rog‘ini oladi. Agar sumka yashil deb o‘zgartirsak gap hosil bo‘ladi va so‘rog‘i ham o‘zgaradi.Shu tariqa sifat turkumini aniqlash ham mumkin. Sifat turkumini o‘rgatishda ketma-ketlikka amal qilgan holda o‘rgatish kerak. Buni quyidagicha o‘rgatish mumkin: Birinchidan, sifat turkumini nima ekanligini va so‘roqlarini o‘rgatish. Ikkinchidan, sifatning otga bog‘lanishini. Uchinchidan, sifatning ma’no turlari. To‘rtinchidan, asliy va nisbiy sifatlarni o‘rgatish. Beshinchidan, sifat darajalarini o‘rgatish. Oltinchidan, sifatlarning yasalishi. Yettinchidan, sifatlarning tuzilishini tahlil qilish. Sakkizinchidan, sifatlar imlosini ham o‘rgatish. Shu tarzda izchillik bilan o‘rgatish tushunarli qilib o‘rgatish kerak. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Sifat turkumini o‘rgatishda olimlarimiz turli usullarni qo‘llab tahlil qilib berishgan. Har biri sifatning o‘ziga xos bo‘lgan farqli va umumiy jihatlarini ilmiy jihatdan asoslab berishgan. Asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildiruvchi darajalanuvchi so ‘z sifat deyiladi. Masalan, yaxshi gapirmoq, chiroyli ko‘ylak.Boshqa so‘z turkumi ham belgi ifodalaydi. Ammo sifat ulardan farqli ravishda barqaror va turg‘un belgi ifodalaydi. Masalan, gul-qizil deganda barqaror belgi, gul qizardi deganda esa o‘zgaruvchi belgi namoyon bo‘lgan. Sifat anglatadigan belgi boshqa turkum anglatadigan anglatadigan belgidan xususiyati bilan farqlanadi. Masalan, qizg‘ish- qizil-qip-qizil.1 Sifatlarni o‘rganishda, ayniqsa, ma’no turlarini o‘rganish natijasida so‘zning o‘z va ko‘chma ma’no ifodalashini ham bilish mumkin. Sifat turkumi ham o‘z va ko‘chma ma’noga ega bo‘lib, buni ko‘proq rang bilan bog‘liq sifatlarda ko‘rish mumkin. Sifatni lug‘aviy ma’no turlariga ajratish nisbiy. Ma’no ko‘chishi natijasida ma’no turi ham o‘zgaradi.Masalan, achchiq gap( maza-ta’m emas, xil-xususiyat), qizil 1 Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.O‘quv qo‘llanma.-T., “Fan va texnologiya”, 2009. 237-bet. https://scientific-jl.com 1 1 1 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi so‘z (rang-tus emas, xil-xususiyat), shirin olma (maza-ta’m ifodalasa), shirin bola (xususiyatni ifodalagan)2. Rang bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarni o‘rgatishda, ya’ni denotat
Доказательный фрагмент
«Studying adjectives through stable combinations expressed by color is very effective.»
Образец извлечения
Демо-превьюStudying adjectives through stable combinations expressed by color is very effective. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- качество, стабильная единица, метод, уровень, Kalit so‘z: sifat, daraja, metod, barqaror birlik, ma’no, yasalish, maqol va rang.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024