К содержанию
РецензированоEN2026

JADID MA'RIFATPARVARLARINING O'LKA IJTIMOIY-MA'NAVIY HAYOTIDA TUTGAN O'RNI

HAYOTIDA TUTGAN O'RNI · Axmatov Shahzod Boymirza o‘g‘li · Abdukarimov Qamariddin

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This article analyzes the socio-spiritual significance of the Jadid movement that formed in Central Asia in the late 19th and early 20th centuries. It examines the educational reforms implemented by Jadid enlighteners, innovations in the fields of press, literature, and theater, as well as their efforts in national identity awareness and modernization of society. The article analyzes the activities and ideas of Jadid representatives such as Mahmudkhoja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf https://scientific-jl.com 1 2 3 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Fitrat, Munavvar qori Abdurashidkhonov, and highlights their contribution to the socio-spiritual life of the region. Keywords: Jadidism, enlightenment, new method, national awakening, school reforms, press, theater, Turkestan, national identity, modernization. KIRISH XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida Turkiston o'lkasida shakllangan jadidchilik harakati, mahalliy aholining ijtimoiy-ma'naviy hayotida tub burilish yasadi. Jadid ma'rifatparvarlari o'lkadagi ma'rifiy qashshoqlik, iqtisodiy qoloqlik va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashib, jamiyatni zamonaviy asosda isloh qilishga intildilar. Ular o'z faoliyatlari davomida ta'lim tizimini isloh qilish, matbuot va teatr kabi yangi madaniy institutlarni joriy qilish orqali milliy uyg'onish g'oyalarini targ'ib etdilar. Jadidchilik harakati o'zbek xalqining milliy o'zligini anglash, ma'naviy qadriyatlarini qayta kashf etish va zamonaviy bilimlarni egallash jarayonida muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu maqolada jadid ma'rifatparvarlarining o'lka ijtimoiy- ma'naviy hayotida tutgan o'rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Jadidchilik harakati Qrim tatarlari ma'rifatparvari Ismoil Gaspirali (Gasprinskiy, 1851-1914) tomonidan ishlab chiqilgan "usuli jadid" (yangi usul) ta'lim tizimidan boshlangan bo'lib, bu tizim an'anaviy maktab va madrasalardan farqli o'laroq, zamonaviy bilimlarni o'qitishga asoslangan edi. "Dilda, fikrda, ishda birlik" shiori ostida harakat qilgan Gaspirali 1883 yilda "Tarjumon" gazetasini nashr etib, turkiy xalqlarni birlashtirish va ma'rifatli qilish g'oyalarini targ'ib qildi. Uning g'oyalari tez orada butun turkiy xalqlar orasida, jumladan Turkistonda ham tarqaldi. Mahmudxo'ja Behbudiy O'rta Osiyodagi jadidchilik harakatining asoschisi va yetakchi namoyandasi hisoblanadi. U 1875 yilda Samarqand yaqinidagi Bahrin qishlog'ida tug'ilgan. Dastlab otasi Behbudxo'ja qozidan, keyin esa Samarqanddagi madrasalarda ta'lim olgan. 1899 yilda muftiy (islom huquqshunosi) lavozimiga tayinlangan. Behbudiy 1903-1904 yillarda Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlarga sayohat qilib, musulmon dunyosidagi islohotchilik g'oyalari bilan yaqindan tanishdi. Vataniga qaytgach, Samarqandda ilk usuli jadid maktabini tashkil etdi va 1905 yildan boshlab darsliklar yarata boshladi. U 1913 yilda "Padarkush" nomli ilk o'zbek drammasini yozib, milliy teatr san'atining rivojiga ham ulkan hissa qo'shdi. Behbudiy 1913-1915 yillarda "Oyina" jurnalini nashr etib, o'lka ma'naviy hayotida tub o'zgarishlarni amalga oshirishga harakat qildi. U o'z maqolalarida xalqni ma'rifatli bo'lishga, zamonaviy bilimlarni egallashga da'vat etdi. Behbudiy 1919 yilda Qarshi shahrida Buxoro amiri Olimxonning buyrug'i bilan qatl etildi. Munavvar qori Abdurashidxonov 1878 yilda Toshkentning Shayhontohur mahallasida tug'ilgan. Dastlab otasi Abdurashidxon qoriga, keyin esa Toshkentdagi https://scientific-jl.com 1 2 4 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Yunus xon madrasasida ta'lim olgan. 1901 yilda Toshkentda ilk usuli jadid maktabini ochib, yangi ta'lim tizimini joriy qilishga harakat qildi. U "Adibi avval" (1909), "Adibi soniy" (1910) kabi darsliklar yaratib, yangi o'quv dasturlari ishlab chiqdi. Munavvar qori 1906 yilda "Xurshid", 1907 yilda "Shuhrat" gazetalarini tashkil etdi. Keyinchalik u "Sadoi Turkiston" (1914-1915) gazetasiga muharrirlik qildi. Bu nashrlar orqali u jamiyatdagi muammolarni ochib tashlab, ularni hal qilish yo'llarini ko'rsatishga harakat qildi. 1917 yildan keyin Munavvar qori Turkiston muxtoriyatini tashkil etishda faol ishtirok etdi va milliy hukumat tashkil etilgach, ma'orif vaziri lavozimida ishladi. Soviet hokimiyati davrida ham u ta'lim sohasida faoliyat yuritib, 1929 yilda "milliy istiqlolchi" sifatida qamoqqa olindi va 1931 yilda otib tashlandi. Abdulla Avloniy 1878 yilda Toshkentning Mergancha mahallasida kambag'al hunarmand oilasida tug'ilgan. Dastlab eski maktabda, keyin esa Toshkentdagi madrasalarda ta'lim olgan. 1904 yilda Toshkentda "Usuli jadid" maktabini ochdi va o'quvchilar uchun "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim" kabi darsliklarni yaratdi. Avloniy 1907 yilda "Shuhrat" gazetasini tashkil etib, keyinchalik "Osiyo" (1908) gazetasiga ham asos soldi. U o'z maqolalarida xalqni ma'rifatli bo'lishga, zamonaviy bilimlarni egallashga da'vat etdi. 1913 yilda "Turon" nomli teatr truppasini tashkil etib, teatr san'atining rivojiga

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the socio-spiritual significance of the Jadid movement that formed in Central Asia in the late 19th and early 20th centuries.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the socio-spiritual significance of the Jadid movement that formed in Central Asia in the late 19th and early 20th centuries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadidism, enlightenment, new method, national awakening, school, modernizatsiya., teatr, ma'rifatparvarlik, Turkiston, milliy uyg'onish, matbuot, Kalit so'zlar: jadidchilik, maktab islohotlari, usuli jadid, milliy o'zlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники