К содержанию
РецензированоUZ2024

AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI: 2024-YIL XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA TAJRIBASI ASOSIDA

TAJRIBASI ASOSIDA · Nematova Maftuna Rahmatilloyevna · КОНФЕРЕНЦИИ ГОДА (davlat tibbiyot instituti. Buxoro, O‘zbekiston.) · Нематовa Мафтунa Рахматиллоевнa (davlat tibbiyot instituti. Buxoro, O‘zbekiston.)

Образовательные инновации и интеграция · 2024

Аннотация

On October 17-19, 2024, an international scientific and practical conference on "Topical Problems of Obstetrics and Gynecology," dedicated to the 50th anniversary of the Republican Specialized Scientific and Practical Medical Center for Maternal and Child Health, was held in Tashkent. This article highlights the main directions discussed at the conference, important medical issues, and scientific and practical proposals put forward. Keywords: obstetrics, gynecology, pregnancy, healthcare, prolapse, bleeding, laparoscopy, conference. Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari va muammolari: 1. Pregravidar tayyorgarlik masalalari. Homiladorlikka tayyorgarlik davri — ayol organizmini bo‘lajak homiladorlik va tug‘ruqqa tayyorlashda muhim bosqich sanaladi. Konferensiya doirasida ayollar sog‘lig‘ining kompleks baholanishi, mavjud surunkali somatik va ginekologik kasalliklarning aniqlanishi va korreksiya qilinishi zarurati alohida ta’kidlandi. Mutaxassislar homiladorlikdan oldingi majburiy tibbiy ko‘riklar, shu jumladan genetik maslahat, infektsiyalar skriningi va endokrin tizim holatini baholovchi tekshiruvlar joriy etilishi lozimligini ta’kidlashdi. 2. Akusherlik qon ketish holatlari: xavf omillari va zamonaviy yondashuvlar. Tug‘ruq bilan bog‘liq qon ketishlar hozirgi kunda ham perinatal va onalik o‘limining asosiy sababi bo‘lib qolmoqda. Konferensiyada bu holatni oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi yangi ilmiy yondashuvlar, jumladan, xavf omillarini homiladorlikning erta bosqichida aniqlash, zamonaviy gemostatik vosita va texnologiyalar, qon yo‘qotishlarni kompensatsiyalash algoritmlari va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish protokollari muhokama qilindi. 3. Ayollarda siydik tuta olmaslik muammosi: tashxis va davolashning innovatsion usullari. Siydik tuta olmaslik (inkontinensiya) ayollar orasida keng tarqalgan bo‘lib, u hayot sifatining pasayishiga, psixologik diskomfort va ijtimoiy cheklovlarga olib keladi. Konferensiya davomida bu patologiyani tashxislashda urodinamik tekshiruvlar roli, konservativ davolash — ayniqsa, fizioterapevtik yondashuvlar, biofeedback texnologiyalari va farmakoterapiya samaradorligi https://scientific-jl.com 1 6 6 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi muhokama qilindi. Shuningdek, mini-invaziv va robot-assistirlangan jarrohlik amaliyotlarining afzalliklari haqida ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. 4. Ayollar jinsiy a’zolarining prolapsi: zamonaviy tashxis va jarrohlik yondashuvlar. Pelvik a’zolar prolapsi (PAP) — ayollarda uchraydigan jiddiy ginekologik muammolardan bo‘lib, u funksional buzilishlar bilan birga hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Konferensiyada ushbu holatni erta aniqlash, skrining dasturlarini joriy etish va samarali oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, laparoskopik va robot-assistirlangan jarrohlik yondashuvlarining klinik afzalliklari, bemorlar reabilitatsiyasining tezlashuvi va operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayishi bilan bog‘liq dalillar asosida keng yoritildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar va taqdirlash marosimi. Konferensiyaning tantanali ochilish marosimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yubiley munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qish bilan boshlandi. Tadbirda sog‘liqni saqlash sohasida katta hissa qo‘shgan, ayniqsa, ona va bola salomatligini yaxshilash borasida faoliyat yuritgan yetuk mutaxassislar va olimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva ham ishtirok etib, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ayollar salomatligiga qaratilayotgan e’tibor yuzasidan nutq so‘zladi. XULOSA Mazkur konferensiya nafaqat ilmiy bilim va tajribalarni almashish maydonchasi sifatida xizmat qildi, balki sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish yo‘lida muhim strategik qadam bo‘ldi. Unda ayollar salomatligini saqlash va mustahkamlashga doir dolzarb masalalar chuqur tahlil qilinib, mavjud muammolar aniqlangan hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslangan, kompleks yondashuvga ega taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda ilgari surilgan g‘oyalar va ilg‘or tajribalar asosida, O‘zbekistonda akusherlik va ginekologiya sohasini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, zamonaviy diagnostika va davolash uslublarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, ona va bola salomatligini ta’minlash bo‘yicha tizimli islohotlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Konferensiya natijalari sog‘liqni saqlash sohasida zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish va ularni amaliyotga tatbiq etish nuqtai nazaridan yuksak ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Доказательный фрагмент

«On October 17-19, 2024, an international scientific and practical conference on "Topical Problems of Obstetrics and Gynecology," dedicated to the 50th anniversary of the Republican Specialized Scientific and Practical…»

Образец извлечения

Демо-превью

On October 17-19, 2024, an international scientific and practical conference on "Topical Problems of Obstetrics and Gynecology," dedicated to the 50th anniversary of the Republican Specialized Scientific and Practical… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
obstetrics, gynecology, pregnancy, healthcare, prolapse, bleeding, ginekologiya, laparoskopiya, konferensiya., prolaps, homiladorlik, Kalit so’zlar akusherlik, sog‘liqni saqlash, qon ketish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники