К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSHLARDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH

Yangiboyev Farhod Rashidovich · O’zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada huquqiy davlat qurishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning o`rni kattaligi va buning uchun avvalo har bir shaxsning huquqiy immunitetini, huquqiy savodxonlik darajasini yaxshilash masalalari yoritib o`tilgan. Kalit so’zlar: davlat, huquq, qonun, huquqiyong, huquqiymadaniyat, partiya, shaxs,farmon, jamiyat, demokratiya, siyosat, norma Huquqiy madaniyat xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslangan holda insof va iymon, adolat va qonuniylik, insonga yuksak hurmat va e’tibor, sabr-toqat kabi ma’rifat va haqiqat tuyg`ularini ongimizga singdirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kishilarning fikrini, dunyoqarashini mustaqilligimiz yo`lida fidokorona mehnat qilishga yo`naltirilgan huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy zaruriyatdir.Aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirish, huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar tartibotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinlariga chuqur hurmat va ehtiromga asoslangan munosabatni, odamlarda qonunga itoatkorlik tuyg`usini, qonunlarni bilish va unga qat’iy amal qilish saodatmandligini qaror toptirish bugungi kunning zaruriy talabi bo`lib kelmoqda. Huquqiy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismi hisoblanadi. Huquqiy madaniyat jamiyatning huquqiy hayoti, uning huquqiy voqeligi, normativ-huquqiy hujjatlar, huquqiy ong rivojida erishilganlik darajasini ifodalovchi ma’naviy-axloqiy va huquqiy qadriyatlat tizimi hamda unga muvofiq tarzda qaror topadigan qonunga itoatgo’ylik va mamlakatda huquqiy-tartibot muhitini o’rnatish uchun ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning amalga oshirilishi tushuniladi. Fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini ifoda etishi jamiyatda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy huquqlari konstitutsiyamizda belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 32-moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat https://scientific-jl.com 4 3 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun belgilanadi. Fuqarolar davlat hokimiyatini boshqarishda saylovlar va referendumlarda ishtirok etib siyosiy huquqlarini iroda etadilar. Bunday tartib bosh qomusimizning 34-moddasida belgilab qo’yilgan. “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas. Fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va huquqiy faolligi ma’rifiy jamiyatda huquq ustuvorligining, huquqiy davlatning poydevoridir. Fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishning zarururiy talabidir. Haqiqattan ham shunday, huquqiy immunitet shakllangan shaxsga tashqaridan kirib keladigan yot g`oyalar, qarashlar, qonunga xilof xatti-harakatlar o`z ta’siriga ega bo’lmay qoladi. Ijtimoiylashuv natijasida shaxslar ezgulik va adolat, inson sha’ni va uning toptalishi hamda erkinlik va qullik kabi qonuniyatning mavjudligini anglab idrok etishadi. “Nima yaxshi-yu nima yomonligini” tushunib yetishda esa ularga aynan huquqiy savodxonlik, huquqiy yetuklik yordam beradi. 2017 –yil 7- fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategyasi to`g`risida”gi Prezident farmoni, 2017-yil 7- sentabrda qabul qilingan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to`g`risida”gi qonun, 2018- yil 13- apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya orgnlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni, 2019- yil 9- yanvardag “ Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risida”gi Prezident farmoni va boshqa me’yoriy – huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligini ko`rish mumkin. Bugungi kun talablaridan biri o’quvchi yoshlarni erkin, mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Mustaqil fikrlashning ahamiyati beqiyos katta. O’quvchilarda erkin fikrga ega qilish pedagoglarning eng muhim vazifalarimizdan biridir. Shundan kelib chiqib, har bir pedagog o’zining asosiy e’tiborini quydagilarga qarati

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada huquqiy davlat qurishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning o`rni kattaligi va buning uchun avvalo har bir shaxsning huquqiy immunitetini, huquqiy savodxonlik darajasini yaxshilash masalalari yoritib o…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada huquqiy davlat qurishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning o`rni kattaligi va buning uchun avvalo har bir shaxsning huquqiy immunitetini, huquqiy savodxonlik darajasini yaxshilash masalalari yoritib o… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
farmon, huquq, huquqiymadaniyat, huquqiyong, qonun, Kalit so’zlar: davlat, partiya, norma, jamiyat, shaxs, demokratiya, siyosat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники