К содержанию
РецензированоUZ2020

ISLOHOTLAR SAMARASI INSON HUQUQLARIDA NAMOYON BO'LISHI

Yangiboyev Farhod Rashidovich O’zbekiston · Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi

Образовательные инновации и интеграция · 2020

Аннотация

maqolada yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘zgarishlar va fuqarolarning qarashlari to‘g‘risida mulohazalar yuritilgan. Fuqarolardagi tashabbuskorlik va amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlikni yanada oshirish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, fuqarolik jamiyati, tashabbuskorlik, dahldorlik, islohot, mahalla, iqtisodiyot, ma’naviyat, qonun, ilm-fan, taraqqqiyot. So'nggi yillarda ro'y berayotgan global dunyodagi rang-barang o'zgarishlar insoniyat hayotida yangicha qarashlarni vujudga keltirmoqda. Ilm-fan rivoji va innovatsion texnalogiyalar sabab sayyoramiz misli ko'rilmagan o'zgarishlarga yuz tutmoqda. O'zgarishlar dastavval inson tafakkurida, so'ngra esa real voqelikda aks etishini inobatga olsak, kishi o'z aql-zakovati, imon-etiqodi va ijodiy mehnati bilan bevosita real jarayonlarga daxldor hisoblanadi. Inson tabiatiga xos yaratuvchanlik va bunyodkorlik asrlar silsilasida shakllanib, bugungi kunda o'zining yuqori pallasiga chiqib borayotganligini namoyon qilmoqda. Bu esa o'z navbatida inson qadrini ulug'laydigan, uning manfaatlariga xizmat qiladigan odamlarning haq- huquqi va erkinliklarini kafolatlaydigan kuchli fuqarolik jamiyatini barpo qilishni taqqozo etmoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari kabi O'zbekiston ham rivojlanishning innovatsion yo'lidan bormoqda. Milliy taraqqiyottimizning yangi bosqichida jamiyat islohotlar tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga va O‘zbekiston xalqiga 2020-yil 24-yanvarda yo‘llagan murojaatnomasida quyiagi g‘oyani ilgari surgandi: “Demokratik islohotlar yoʻli – biz uchun yakka-yu yagona va eng toʻgʻri yoʻldir. Bu borada biz, har kuni izlanishdamiz, xorijdagi ilgʻor tajribalarni chuqur oʻrganib, hayotimizni, ish uslubimizni yangilashga harakat qilmoqdamiz. Biz yangi Oʻzbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan ulugʻvor maqsadni oʻz oldimizga qoʻyganmiz.Bu borada “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan yangi gʻoya kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Islohotlarning amaliy natijadorligini oshirishda, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda aholimizning yanada faolroq, yanada tashabbuskor boʻlishiga erishmogʻimiz lozim. https://scientific-jl.com 4 6 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Eng asosiysi, bu islohotlar natijasida xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz kerak.Odamlarimiz yetarli daromad topishi uchun eng qulay biznes va investitsiya muhitini shakllantirib, yangi-yangi korxonalar va ish joylarini koʻpaytirishimiz zarur. Bu gʻoyat dolzarb ishlarni oʻzimiz qilmasak, hech kim bizga chetdan kelib qilib bermaydi. Xalqimiz, shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yoʻl turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz oʻqiboʻrgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, oʻzimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta hayotimiz va jamiyatimiz oʻzgaradi”. Davlat rahbarini minbardan jamiyat islohatlar tashabbuskori deb fuqarolarni faolikka chorlashi tom ma'noda mamlakat hayoti va taraqqiyotida yangi davrni boshlab berishga zamin hozirladi. Endilikda masalaning amaliy jihatiga ham yetarlicha e'tibor qaratish va zarur sharoit yaratish bajarilishi lozim bo'lgan muhim vazifalardan biri sanlaladi. Yangicha va keng dunyoqarashga ega fuqarolar bilan yangi O'zbekiston barpo qilish yo'lida eng muhum ikki yo'nalish: birinchidan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish orqali "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish" g'oyasini jamiyat hayotiga to'laqonli tadbiq qilsh, shuningdek aholi, ayniqsa, yoshlarda har xil ko'rinishdagi mafkuraviy tahdidlar va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitet va axborotni tahlil qilish ko'nikmalarini shakillantirish dalzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ikkinchidan aholi farovonligini oshirishda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, bunda eng avvalo joylarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, qo'shimcha qiymat zanjirini yaratish, yuqori suratlarda faoliyat ko'rsatadigan yangi quvvatlarni ishga tushirish, boz yana xorijiy sarmoyalarni jalb etishda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va investitsion jozibadorlikni oshirish orqali iqtisodi rivojlangan yetakchi mamlakatlarga qo'shilishdir. Mazkur ikki yo'nalishlardagi ishlarni jonlantirish yuksak ma'naviyat va taraqqiyotni ta’minlashda muhim ro'l o'ynaydi. Prezidentimiz ta]kidlaganideek, “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat.” Chindan ham, aholi farvonligida iqtisodiy barqarorlik muhim o‘rin egallasa, odamlarning ma’rifatli bo‘lishi, o‘zgarishlarni tahlil qila olishida ma’naviyatning o

Доказательный фрагмент

«maqolada yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘zgarishlar va fuqarolarning qarashlari to‘g‘risida mulohazalar yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

maqolada yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘zgarishlar va fuqarolarning qarashlari to‘g‘risida mulohazalar yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
taraqqqiyot., dahldorlik, Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, ma’naviyat, qonun, islohot, tashabbuskorlik, ilm-fan, mahalla, fuqarolik jamiyati, iqtisodiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники