Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KONSTITUTSIYASI XALQ FAROVONLIGINING ASOSI
Yangiboyev Farhod Rashidovich O’zbekiston · Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Har bir davlat va jamiyat o`ziga xos rivojlanish modellariga ega bo`lib, ular bir-biridan shakli, mazmuni jmhatdan farq qilsa ham, umumiy rivojlanish qonuniyatlarini istisno qilmaydi. Bir tomondan bunday umumiylik insoniyatning ezgu maqsadlari doirasida uyushish, ji`slashish manfaatlarini ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, milliy taraqqiyotdagi o`ziga xoslik muayyan davlatning siyosiy tuzumi, iqgisodiy hayoti, madaniy turmushi, g`oyaviy-mafkuraviy muhiti ta`sirida shakllanadi. KALIT SO'ZLAR: Konstitutsiya, urf-odatlar, insonparvarlik, taraqqiyot, rivojlanish, yuridik hujjati.Konstitutsiyamiz xalqimizning asriy an’analari va urf- odatlariga tayangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, yurtdoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, insonparvarlik, halollik, mardlik va sabr-bardosh, adolat hamda bilim, ma’rifatga intilish hissini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni bo‘lib, konstitutsiyaviy tuzum, davlat va jamiyat qurilishi asoslari, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda davlat ramzlarini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasida chuqur ijtimoiy-siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda, milliy ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar borgan sari ko‘proq namoyon bo‘lmoqda, insonning huquqlari va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni ko‘zdatutgan huquqiy demokratik jamiyat qurish jarayoni kechmoqda. Insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan huquqiy demokratik jamiyat barpo etish va uni mustahkamlash xalqimiz uchun ezgu maqsaddir. Konstitutsiya shunday yuridik hujjatki, uning qoidalari hamisha hukmronlik, birinchilik, ta’sis kuchiga ega. Boshqa qonunlarning hammasi konstitutsiyaviy me’yorlar asosida yaratiladi, uni rivojlantiradi, ro‘yobga chiqaradi. Uning asosida barcha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Konstitutsiyamizning fazilati, o‘ziga xos jihati shundaki, u xalqimizning irodasini, ruhiyati, ijtimoiy ongi va madaniyatini o‘zida aks ettirgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida shakllantirilgan va sayqal toptirilgan madaniy qadriyatlari, fazilatlari, tarixiy va milliy an’analari, sharqona donoligi va tafakkuri xazinasi https://scientific-jl.com 5 1 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi durdonalari mujassam bo‘lib, o‘zining huquqiy ifodasini topgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasining yaratilishida umuminsoniy qadriyatlardan, inson huquqlari haqidagi umumjahon deklaratsiyasining barcha asosiy qoidalari hamda turli mamlakatlar va davlatlarning konstitutsiyaviy tajribalaridan ham keng foydalanildi. “Bizning Konstitutsiyamiz haqiqatan ham demokratik Konstitutsiyadir. Tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hujjatdir... Konstitutsiya eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan, u dunyo miqyosida ham har qanday ilg‘or davlat Konstitutsiyasi bilan bemalol kuch sinashmoqda”. Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ta’kidlanganidek, Konstitutsiyamizga O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan insonlarning dunyoqarashini, ularga xos o‘zaro munosabatlarni, xususiyatlarni, mehroqibat, odamiylik, o‘zga millat va elatlarga nisbatan hurmat, ilmu fanga intilish, ornomus, iffat va hayo kabi ezgu fazilatlar asos qilib olingan va u tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik kabi ulug‘ g‘oyalarga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ijobiy jihatlari, tamomila yangi tomonlari bilan avvalgi Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. Konstitutsiyani o‘rganish jarayonida ana shu masalaga jiddiy e’tibor berish zarurligini alohida ta’kidlash zarur. Konstitutsiya tushunchasini ochib berishda uning mohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Turli mamlakatlardan turli huquqiy oqimlar vakillari Konstitutsiya mohiyatini turlicha ta`riflaydilar. Masalan, tabiiy huquq maktabi vakillari Konstitutsiya – xalq (millat)ning umumiy irodasini ifodalovchi o`ziga xos ijtimoiy shartnomadir deydilar. Normativ huquq nazariyasi vakillari esa Konstitutsiya bu oliy huquqiy normaning ifoda bo`lishidir deb tushunadilar. Marksizm-leninizm Konstitutsiyani sinfiy kurashning mahsuli sifatida baholaydi. Mening fikrimcha, Konstitutsiya – umuminsoniy huquqiy qadriyatlarni eng umumlashgan in`ikosidir. 1992-yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamiz dunyo siyosiy xaritasida yangi suveren davlat – mustaqil O‘zbekiston Respublikasi bunyod etilganligini qonunan mustahkamladi. Prezidentimiz O‘zbekiston Konstitutsiyasining o‘ziga xosligi, sobiq tuzum davridagi Konstitutsiyadan farqi nimadan iboratligini quyidagicha ifodaladi: “Avvalam bor, bu Konstitutsiya o‘zining tub mohiyati, falsafasi, g‘oyasiga ko‘ra yangi hujjatdir. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo‘q. Jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i – inson degan fikrni ilg
Доказательный фрагмент
«Har bir davlat va jamiyat o`ziga xos rivojlanish modellariga ega bo`lib, ular bir-biridan shakli, mazmuni jmhatdan farq qilsa ham, umumiy rivojlanish qonuniyatlarini istisno qilmaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHar bir davlat va jamiyat o`ziga xos rivojlanish modellariga ega bo`lib, ular bir-biridan shakli, mazmuni jmhatdan farq qilsa ham, umumiy rivojlanish qonuniyatlarini istisno qilmaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Konstitutsiya, urf-odatlar, insonparvarlik, taraqqiyot, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni ko‘zdatutgan huquqiy demokratik jamiyat qurish jarayoni kechmoqda. Insonparvarlik qoidalariga asoslangan, rivojlanish, dini, yuridik hujjati.Konstitutsiyamiz xalqimizning asriy an’analari va urf- odatlariga tayangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, ma’rifatga intilish hissini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni bo‘lib, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar, davlat va jamiyat qurilishi asoslari, milliy ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar borgan sari ko‘proq namoyon bo‘lmoqda, mardlik va sabr-bardosh, ijtimoiy ahvoli, insonning huquqlari va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum, KALIT SO'ZLAR: Konstitutsiya, millati, yurtdoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda davlat ramzlarini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasida chuqur ijtimoiy-siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda, halollik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan huquqiy demokratik jamiyat barpo etish va uni mustahkamlash xalqimiz uchun ezgu maqsaddir., adolat hamda bilim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026