Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF OʻQUVCHILARIGA ANVAR OBIDJON ASARLARINI O’RGATISH TEXNOLOGIYASI
ASARLARINI O’RGATISH TEXNOLOGIYASI · Jamilova Norjon Abduxoliq qizi · Shodiyev Faxriddin Teshayevich (Ozbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada bolalar adabiyotining yorqin namoyandasi Anvar Obidjon ijodini boshlangʻich sinf oʻquvchilariga o‘rgatish texnologiyasi ilmiy- metodik nuqtai nazardan yoritilgan. Asar tanlash mezonlari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, dars jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish yo‘llari, shuningdek, Anvar Obidjon she’riyati orqali bolalar tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich sinf, o‘qitish texnologiyasi, bolalar adabiyoti, innovatsion metodlar, tafakkur, didaktika. Boshlang‘ich ta’lim – insonning umrbod bilim olish yo‘lida qo‘yilgan birinchi muhim odimlaridandir. Bu bosqichda o‘quvchilarga o‘zbek adabiyotining mo‘tabar vakillari ijodini tanishtirish, estetik didini shakllantirish va fikrlash madaniyatini rivojlantirish muhim burch maqomidadir. Ayniqsa, bolalar dunyosiga yaqin, ularning tafakkuriga mos, obrazlar orqali tarbiyaviy g‘oyalarni singdira oladigan Anvar Obidjon asarlari bu borada ibrat ko‘zgusidir. O‘zbek bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri – Anvar Obidjondir. U o‘zining bolalar idrokiga, fikr olamiga mos asarlari bilan bolalar adabiyotining rivojiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan. Anvar Obidjon hikoyalari bolalarning dunyoqarashlaridan, qiziqishlaridan kelib chiqib yozilgan. “Anvar Obidjon poetik olami” monografiyasining muallifi Y. Solijonovning ta’biri bilan aytganda, ijodkorning nasriy asarlari lirik asarlaridan aslo kam emas. Shu sababli Anvar Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 283 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Obidjon barcha bolalar qalbiga yo‘l topa oladi. Anvar Obidjon hikoyalarini o‘qigan ota-onalar, katta yoshli insonlar ham o‘zlarini bolalar olamiga kirib qolgandek his qilishadi. Anvar Obidjon hikoyalarida bolani tarbiyalaydigan, zukkolikka chorlaydigan jihatlari nihoyatda ko‘p. Ayniqsa, "Topqir bolajon" nomli hikoya keltirilgan. Anvar Obidjonning “Topqir bolajon” hikoyasi bolalar tafakkurini o‘stirish, ularning topqirlik, mantiqiy fikrlash va analitik yondashuvlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu hikoya aqlni charxlashga yo‘naltirilganligi bilan boshqa hiyoyalardan ajralib turadi. Hikoya qahramoni Diyorbek oddiy matematik masalani noodatiy tarzda tahlil qilib, sinfdagi tengdoshlari orasidan ajralib chiqadi. Ustoz tomonidan berilgan savol bola miyasini harakatga keltiradigan, mantiqiy xulosa chiqarishga undaydigan bo‘lib, bu Anvar Obidjon uslubining o‘ziga xos xususiyatidir. Asarda muallif murakkablikni emas, balki o‘quvchiga yaqin va tanish hayotiy misollar orqali fikrlashga chorlaydi. -Pedagogik jihatdan, bu hikoya boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida: mustaqil fikrlash, matematik mantiqni rivojlantirish, isbotlash va tushuntirish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘z fikrini asoslash va to‘g‘ri bayon qilish kabi kompetensiyalarni rivojlantiradi. -Estetik jihatdan, bolalarga quvnoq ohangda taqdim etilgan kichik masala orqali bilim olish jarayoni zerikarli emas, balki maroqli va zavqli kechishi mumkinligi ko‘rsatib beriladi. “Topqir bolajon” hikoyasi Anvar Obidjon ijodining eng samarali namunalaridan biri bo‘lib, u nafaqat adabiy, balki metodik vosita sifatida ham o‘qituvchilar tomonidan dars jarayonida keng foydalanilishi mumkin bo‘lgan asardir. Hikoyada zukkolik, diqqat va tafakkur, o‘ziga ishonch, aql-zakovat va bilimga intilish, mehnatsevarlik va izlanish kabi hislatlar ochib berilgan. Shu bilan birga hikoyalarining so‘ngida bolalarning fikrini bilish uchun savollar ham keltirilgan. Shu savollar orqali bolalarning aqlini charxlash ko‘zda tutilgan. Savollarning har biri bolalarning fikrlashlarini yaxshilash uchun, dunyoqarashlarini kengaytirish uchun Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 284 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT nihoyatda mukammal va mulohaza qilish uchun ajoyib savollarga to‘p puxtalik bilan qo‘yilgan. Asar tanlash mezonlari Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun Anvar Obidjon asarlarini tanlashda quyidagi mezonlarga amal qilinishi maqsadga muvofiq: - Yoshga mosligi – murakkab syujet va til vositalaridan holi bo‘lishi; - Tarbiya beruvchi g‘oya – har bir asarda axloqiy, estetik va vatanparvarlik ruhidagi fikrlar mavjud bo‘lishi; - Qiziqarli syujet – o‘quvchining e’tiborini tortuvchi, hayotiy voqealar asosida yozilgan bo‘lishi; - Obrazlarning yorqinligi – bolalar ongida jonli tasavvur uyg‘otadigan obrazlar bo‘lishi. Dars jarayonida o‘qitish texnologiyasi - Kichik guruhlar bilan ishlash – asarni o‘rganish davomida guruhli muhokama, rollarga bo‘lib o‘qish; - Klash texnologiyasi (insert) – o‘quvchi asarni o‘qib, nimalarni bilgan, nimalarni bilmaydi Anvar Obidjon asarlarini o‘rgatishda quyidagi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi: - Konseptual xaritalar tuzish – asar qahramonlari, voqealar ketma-ketligi, asosiy g‘oya xaritada aks ettiriladi; - Venn diagrammasi – turli obrazlar yoki voqealarni taqqoslash orqali farq va o‘xshashliklarni aniqlash; - Rolga kirish (dramatizatsiya) – o‘quvchilar asar qahramonlarini rollar orqali jonlantiradi. O‘quvchilar tafakkurini rivo
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada bolalar adabiyotining yorqin namoyandasi Anvar Obidjon ijodini boshlangʻich sinf oʻquvchilariga o‘rgatish texnologiyasi ilmiy- metodik nuqtai nazardan yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada bolalar adabiyotining yorqin namoyandasi Anvar Obidjon ijodini boshlangʻich sinf oʻquvchilariga o‘rgatish texnologiyasi ilmiy- metodik nuqtai nazardan yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tafakkur, o‘qitish texnologiyasi, bolalar adabiyoti, innovatsion metodlar, Boshlang‘ich sinf, didaktika.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025