Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA MUSTAQIL SO’Z TURKUMLARINI O‘RGATISH USLUBIYATI
O‘RGATISH USLUBIYATI · Ergasheva Diyora Nuriddin qizi · Gadayev Oybek Yaxshiboyevich (O‘zbekiston -Finlandiya pedagogika instituti talabasi)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili darslarida mustaqil so‘z turkumlarini — ot, sifat, son, fe’l, olmosh va ravishni o‘rgatishning samarali uslubiy yondashuvlari tahlil etilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, psixologik rivojlanishi va tildagi grammatik birliklarni idrok etish darajasi inobatga olingan holda, zamonaviy pedagogik metodlar — ko‘rgazmalilik, o‘yinli mashg‘ulotlar, interfaol usullar va guruhlarda ishlash metodlarining o‘rni ochib beriladi. Maqolada har bir so‘z turkumini bosqichma-bosqich o‘rgatishning amaliy misollar asosidagi tahlili hamda o‘qituvchining dars jarayonidagi ijodiy yondashuvi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarda tilga bo‘lgan qiziqishni oshirish va muloqot malakasini shakllantirishga xizmat qiluvchi usullar yoritilgan. Maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va ona tili ta’limiga qiziquvchilar uchun metodik tavsiyalar asosida tayyorlangan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, so‘z turkumlari, mustaqil so‘z turkumlari, ta’lim metodikasi, innovatsion yondashuv, til kompetensiyasi, interfaol usullar. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarga tilni o‘rgatish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, mustaqil so‘z turkumlarini o‘rgatish, ularning ma’no, vazifa va qo‘llanilish xususiyatlarini anglatish orqali o‘quvchilarda til tuzilishini tushunish, savodxonlik va mantiqiy fikrlashni shakllantirishga xizmat qiladi. Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 289 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hali abstrakt fikrlash darajasiga to‘liq ega emasligi bois, ularni tilshunoslik tushunchalari bilan tanishtirishda ko‘rgazmalilik, o‘yinlar, hayotiy misollar va faol metodlardan foydalanish zarur. Mustaqil so‘z turkumlari — ot, sifat, son, fe’l, olmosh, ravish — har biri o‘ziga xos semantik va grammatik xususiyatlarga ega bo‘lib, dars jarayonida bosqichma-bosqich, tizimli va didaktik yondashuv asosida o‘rgatilishi lozim. Avvalo, o‘quvchilarda so‘z va uning vazifasi haqidagi umumiy tushuncha shakllantiriladi. So‘ngra har bir so‘z turkumi alohida mavzu sifatida yoritiladi. Masalan, otlar orqali predmetni nomlash, fe’llar orqali harakatni ifodalash, sifat orqali belgini anglash singari amaliy yondashuv asosida tushunchalar beriladi. Boshlangʻich taʼlim tizimida ona tili va adabiyot fanining asosiy maqsadlaridan biri – o‘quvchilarda to‘g‘ri, ravon va mantiqiy nutq ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Bunda so‘z turkumlarini, xususan, mustaqil so‘z turkumlarini o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Mustaqil so‘z turkumlari gapda mustaqil ma’no anglatib, ma’lum sintaktik vazifani bajaradi. Boshlang‘ich ta’limda quyidagi so‘z turkumlari o‘rgatiladi: Ot – predmet yoki shaxs nomini bildiradi. (Maktab, o‘qituvchi, kitob) Sifat – predmetning belgisini bildiradi. (Yaxshi, katta, qizil) Son – predmetning miqdori va tartibini bildiradi. (Besh, ikkinchi, o‘nlab) Olmosh – ot, sifat va son o‘rnida keladi. (Men, sen, bu, shuncha) Fe’l – harakatni bildiradi. (Yozmoq, yugurmoq, o‘qimoq) Ravish – harakatning belgisini bildiradi. (Tez, yaxshi, sekin) Boshlang‘ich sinflarda ushbu so‘z turkumlarini o‘quvchilarga oson va tushunarli usullar bilan o‘rgatish kerak. Mustaqil so‘z turkumlari o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish va mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlangʻich sinflarda mustaqil soʻz turkumlarini o‘rgatishning ahamiyati: Nutqiy kompetensiyani rivojlantirish – O‘quvchilar so‘zlarni turkumlarga ajrata olish orqali to‘g‘ri gap tuzishni o‘rganadilar. Savodxonlik darajasini oshirish – Har bir so‘z turkumining vazifasini tushunish orqali imlo qoidalariga rioya qilish osonlashadi. Ijodiy tafakkurni rivojlantirish – Mustaqil fikrlash va matn tuzish ko‘nikmalari shakllanadi Muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish – So‘z boyligi ortib, o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq ifodalashni o‘rganadilar. So‘z turkumlarini o‘rgatishda samarali Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 290 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT metodlar. Boshlang‘ich sinflarda mustaqil so‘z turkumlarini o‘rgatishda quyidagi metodlar samarali hisoblanadi: 1. Tushuntirish va namoyish etish: O‘qituvchi so‘z turkumlarini aniq misollar orqali tushuntiradi. Vizual vositalar, masalan, jadval va grafiklardan foydalaniladi. 2. O‘yinlar orqali o‘rgatish: "So‘zlarni top" o‘yini (o‘quvchilar berilgan matndan ot yoki sifatlarni topadilar). "Zanjir" usuli (o‘quvchilar bir-biriga ma’lum bir so‘z turkumiga oid so‘z aytish orqali davom ettiradilar). 3. Interfaol metodlar: “Klasterni to‘ldirish” – O‘quvchilar biror mavzu bo‘yicha fikrlarini yozib, guruh bo‘lib ishlaydi. “Jadval tuzish” – Mustaqil so‘z turkumlarini jadval shaklida taqqoslash orqali o‘rganish. 4. Matn tahlili va mustaqil ishlar: O‘quvchilar berilgan matndagi so‘zlarni turkumlarga ajratadilar. Qisqa matn yozish va undagi so‘z turkumlarini belgilash vazifalari beriladi. 5. Rivojlantiruvchi savollar orqali o‘rgatish: Qaysi so‘zlar mustaqil so‘z turkumlariga kiradi? Nega fe’l mu
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili darslarida mustaqil so‘z turkumlarini — ot, sifat, son, fe’l, olmosh va ravishni o‘rgatishning samarali uslubiy yondashuvlari tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili darslarida mustaqil so‘z turkumlarini — ot, sifat, son, fe’l, olmosh va ravishni o‘rgatishning samarali uslubiy yondashuvlari tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsion yondashuv, ta’lim metodikasi, mustaqil so‘z turkumlari, til kompetensiyasi, so‘z turkumlari, interfaol usullar., boshlang‘ich ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026