К содержанию
РецензированоUZ2026

“PLUTON SINGARI MITTI SAYYORALAR”

VOHIDOVA RUXSHONA BAXTIYOR QIZI

Современное образование и развитие · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Pulutan sayyoralar (yoki mitti sayyoralar) deb nomlanuvchi, Quyosh tizimining sirli va koʻpincha eʼtibordan chetda qoladigan aʼzolari haqida batafsil maʼlumot berilib. Unda ushbu osmon jismlarining kashfiyoti, tasnifi, orbitasi va ularning oʻziga xos xususiyatlari yoritiladi. Maqola, shuningdek, Pulutan sayyoralarning astronomiya fanidagi ahamiyati, ularni oʻrganishning yangi imkoniyatlari hamda kelajakdagi tadqiqotlar haqida ham fikr yuritiladi. Bu mavzu orqali Quyosh tizimimizning koʻp qirrali tuzilishini chuqurroq anglashga taklif etiladi. Kirish so'z:Quyosh tizimimiz nafaqat sakkizta katta sayyoradan, balki son- sanoqsiz boshqa osmon jismlaridan ham iborat. Ular orasida soʻnggi yillarda olimlar va jamoatchilik eʼtiborini tortgan alohida bir guruh mavjud: bu mitti sayyoralar hisoblanadi. Bir vaqtlar oddiy tosh parchasi yoki shunchaki kichik sayyora deb hisoblangan bu jismlar, bugun koinotimizning murakkab tuzilishi va evolyutsiyasi haqida muhim sirlarni ochuvchi kalit vazifasini oʻtamoqda. Ushbu maqolada biz ana shu sirli dunyoga sayohat qilib, Pluton singari mitti sayyoralarning oʻziga xos xususiyatlari, ularning kashfiyoti tarixi va koinotshunoslikdagi oʻrni haqida batafsil maʼlumot beramiz. Pluton sayyorasining kashf etilishi juda qiziqarli tarixga ega va uning tasnifi vaqt o'tishi bilan o'zgargan.19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida astronomlar Neptundan tashqarida yana bir sayyora bo'lishi kerakligini taxmin qilishgan. 21-asr boshlariga kelib, astronomlar Quyosh sistemasining tashqi qismida Plutonga o'xshash ko'plab boshqa obyektlarni kashf etishni boshladilar. Bularga Kuiper belbog'idagi Eris kabi yirik obyektlar kiradi, u hatto Plutondan ham massivroq edi.Bu kashfiyotlar sayyora tushunchasini qayta ko'rib chiqish zarurligini keltirib chiqardi. Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 304 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2006-yilda Xalqaro Astronomiya Ittifoqi (IAU) sayyora uchun yangi ta'rifni qabul qildi. Ushbu ta'rifga ko'ra, Quyosh sistemasidagi obyekt sayyora deb hisoblanishi uchun quyidagi uchta kriteriyga javob berishi kerak:Quyosh atrofida aylanib yurishi kerak.O'zining gravitatsiyasi tufayli deyarli dumaloq shaklga ega bo'lishi uchun yetarli massaga ega bo'lishi kerak.O'z orbitasi atrofidagi boshqa mayda jismlarni "tozalagan" bo'lishi kerak.Pluton birinchi ikki kriteriyga javob bersa-da, u o'z orbitasi atrofidagi Kuiper belbog'ining boshqa obyektlarini tozalashga yetarli massaga ega emas. Shu sababli, 2006-yilda IAU Plutonni mitti sayyora toifasiga kiritdi.mitti sayyora sifatida tasniflanishi ba'zi bahslarga sabab bo'ldi va ko'pchilik uni hali ham "to'qqizinchi sayyora" sifatida eslashadi. Biroq, ilmiy nuqtai nazardan, u endi rasman sayyora emas, balki Kuiper belbog'idagi eng yirik mitti sayyoralardan biri hisoblanadi. Diametri: Taxminan 2,377 kilometr. Bu Yerning diametrining taxminan 18,5 foizini tashkil qiladi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, Pluton Oyning diametridan ham kichikroq.Massasi: Taxminan 1.3×1022 kilogramm. Bu Yerning massasining taxminan 0.22 foizini tashkil qiladi.Hajmi: Taxminan 7.15×109 kub kilometr.Plutonning beshta ma'lum tabiiy yo'ldoshi bor: Xaron (Charon): Plutonning eng katta yo'ldoshi. Uning diametri Plutonning diametrining yarmidan ko'proqni tashkil qiladi. Pluton va Xaron ko'pincha "ikkiyoqlama sayyora" tizimi sifatida tasvirlanadi, chunki ularning umumiy massa markazi ularning sirtidan tashqarida joylashgan. Stiks (Styx): Kichik va tartibsiz shakldagi yo'ldosh. U 2012- yilda kashf etilgan. Niks (Nix): Yana bir kichik va cho'ziq shakldagi yo'ldosh. U 2005- yilda topilgan. Kerber (Kerberos): Plutonning boshqa kichik yo'ldoshi. U 2011-yilda kashf etilgan.Gidra (Hydra): Eng tashqi va Nixga o'xshash kichik yo'ldosh. U ham 2005-yilda aniqlangan.Bu yo'ldoshlar Pluton atrofida murakkab va o'zaro ta'sir qiluvchi orbitalarda harakatlanadi. Xususan, Pluton va Xaronning o'zaro gravitatsion ta'siri tizimning dinamikasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Выпуск журнала №-27 Часть–3_Июнь –2025 305 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 1-rasm: Pluton,New Horizons olgan surat, 2015-yil 13-iyul Plutonning Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 39.53 a.b. ni tashkil qiladi. Plutonning ravshanligi 15-kattalikdagi yulduzlarniki bilan bir xil. Ya'ni, qurollanmagan ko'z bilan ko'rib bo'ladigan eng xira yulduzlarning yorqinligidan ham 4000 marotaba xira bo'lib, uni faqat kuchli teleskoplardagina kuzatish mumkin. Pluton o'z ekliptika tekisligiga nisbatan 17° burchak ostida og'ish holatda aylanadi. Bu sayyoraning Quyosh atrofida to'liq aylanib chiqish muddati 247.69 yil. Pluton orbitasi trayektoriyasi g'ayrioddiy ellips bo'lib, perigeliyda u Quyoshga Neptundan ham yaqinroq masofaga 29,6 a.b gacha (≈4.4 mlrd km) yaqinlashadi. Quyoshdan eng uzoqlashgan nuqtasida (Afeliy) esa, masofa 49,3 a.b. (≈7.4 mlrd km) gacha yetadi. Ekliptika tekisligiga nisbatan og'ish burchagining kattaligi tufayli Neptun va Pluton orbitalari o'zaro kesishmaydi. Neptun Quyosh atrofida uch marta aylanib chiqishga ulgurg

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Pulutan sayyoralar (yoki mitti sayyoralar) deb nomlanuvchi, Quyosh tizimining sirli va koʻpincha eʼtibordan chetda qoladigan aʼzolari haqida batafsil maʼlumot berilib.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Pulutan sayyoralar (yoki mitti sayyoralar) deb nomlanuvchi, Quyosh tizimining sirli va koʻpincha eʼtibordan chetda qoladigan aʼzolari haqida batafsil maʼlumot berilib. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tashkil qiladi, kuiper belbog, quyosh atrofida, mitti sayyoralar, haqida batafsil, batafsil maʼlumot, oʻziga xos
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники