К содержанию
РецензированоUZ2026

TRIGONELLA - FOENUM-GRAECUM BOTANIK TAVSIFI, BIOAKTIV BIRIKMALARI VA FENOLOGIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Shukurova Shoxina Tuyg’unovna

Образовательные инновации и интеграция · 587 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Trigonella foenum-graecum dorivor o‘simligining botanik tavsifi, bioaktiv birikmalari, fenologik rivojlanish xususiyatlari va turli xil ozuqa muhitlarida o`sish sharoitlari o‘rganish, natijalari keltilgan. Tibbiyot tarmoqlari uchun kelajakda tabiiy dori vositalari tayyorlashda muhim xomashyo manbasi bo`lib xizmat qiladi. To‘g‘ri ekish va sug‘orish muddatlarini aniqlash. O‘z vaqtida o‘g‘itlash va kasalliklardan himoya qilish. Hosil yig‘im-terimi uchun optimal vaqtni belgilash uchum muhim. Kirish so’zlar. Dukkakli o‘simlik, alkaloidlar, vitaminlar (A, C, B guruhi), bioaktiv komponentlar, germinatsiya. Kirish. Trigonella foenum-graecum xalq orasida shambala yoki fenugreek nomi bilan mashhur bo‘lgan dukkakli o‘simlik bo‘lib, qadim zamonlardan beri oziq-ovqat, dori-darmon va qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanib kelinadi. U asosan Markaziy Osiyo, O‘rta Yer dengizi havzasi, Hindiston, Pokiston, Shimoliy Afrika, Eron, Xitoy, va boshqa iliq iqlimli hududlarda o‘stiriladi. O‘zbekistonda ham dori o‘simligi va ziravor sifatida yetishtiriladi. Fenugreek o‘zining boy kimyoviy tarkibi, farmakologik xususiyatlari va biologik faolligi bilan alohida ahamiyatga ega. Asosiy qism. Trigonella foenum-graecum quyidagi morfologik xususiyatlarga ega: 1. Ildizi: Asosiy ildizi to‘g‘ri pastga o‘sadi, yaxshi rivojlangan. Yordamchi ildizlar orqali azotni bog‘lovchi bakteriyalar bilan simbiozda yashaydi (tuguncha bakteriyalar mavjud). Bir yillik o‘simlik. 2. Poyasi: To‘g‘ri, ba’zan yotib o‘suvchi, tarmoqlangan. To‘g‘ri o‘suvchi, shoxlangan va mayin tuklar bilan qoplangan. O‘rtacha balandligi: 30–60 sm, ba'zida 80 sm gacha yetadi. Yuzasi mayin tuklar bilan qoplangan. 3. Barglari: Uch bo‘lakli (trifoliat), oddiy dukkakdoshlarga xos tarzda joylashgan.Har bir bo‘lak oval shaklda, chetlari ozgina tishli. har bir barg 3 ta mayda bargchadan tashkil topgan Yashil rangda, uzunligi 2–5 sm atrofida. 4. Gullari: Krem rang yoki och sariq, yolg‘iz yoki juft holda barg qo‘ltig‘ida o‘sadi. Mayda, sariq yoki och sarg‘ish, ba’zan oq rangli. Yakka yoki 2–3 tadan guldasta https://scientific-jl.com 1 9 3 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi (g‘unchalarda) holatda joylashgan. Gullar dukkakdoshlarga xos bo‘lgan kapalakcha gul turkumiga kiradi. 5. Mevasi: Egilgan, ingichka dukkak; ichida 10–20 ta to‘q sariq yoki jigarrang urug‘ bo‘ladi. Dukkak shaklida, uzunchoq, ingichka va ozgina egilgan. Har bir dukkakda 10–20 ta urug‘ bo‘ladi. Meva uzunligi: 5–15 sm. 6. Urug‘i: Qattiq qobiq bilan qoplangan, achchiq va kuchli xushbo‘y hidga ega . Tilla rang yoki och jigarrang. Yassi, to‘g‘ri burchakli yoki romb shaklida. O‘tkir, o‘ziga xos hidga ega. Tibbiyot va ovqatda ishlatiladi. 1-rasm. Trigonella foemum-graecum Ekologik talablari Issiqliksevar xos: Issiq iqlimda yaxshi o‘sadi. Yorug‘liksevar: Quyoshli joylarda o‘sishi yaxshi bo‘ladi. Namlik: O‘rtacha namlik talab qiladi, lekin ortiqcha sug‘orish zararli. Tuproq: Neytral yoki ozgina ishqoriy, unumdor, yaxshi drenajlangan tuproqlarda o‘sadi. Tadqiqot natijalari. Kimyoviy tarkibi. Urug‘lari quyidagi moddalarni o‘z ichiga oladi:Saponinlar, Alkaloidlar (xususan, trigonellin), Dietik tolalar, Oqsil (~20–30%), Yog‘ (~6–8%), Vitaminlar (A, C, B guruhi), Minerallar (temir, magniy, fosfor, kaliy). https://scientific-jl.com 1 9 4 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 2-rasm. Trigonella foemum-graecum Tibbiyotdagi qo‘llanilishi. Oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi. Qandli diabetda qon shakarini tushirishga yordam beradi. Emizikli onalarda sut ajralishini ko‘paytiradi. Yallig‘lanishga qarshi va antioksidant xususiyatlarga ega. Fenugreek ekstrakti va uning bioaktiv birikmalari. Fenugreek o‘simligining urug‘i va ba’zida barglaridan tayyorlangan ekstraktlar tibbiyot, farmakologiya va kosmetika sanoatida keng qo‘llaniladi. Fenugreek ekstrakti va uning bioaktiv birikmalari, Uning asosiy bioaktiv komponentlari quyidagilardan iborat: Birikma turi Misollar Potentsial ta’siri Ellagik kislota, Antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, Fenolik kuromarin, kversetin, antidiabetik, antihipertenziv, antikansir, birikmalar rutin, vitexin, kardioprotektiv, neyroprotektiv isovitexin, salisilatlar Antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, antidiabetik, antidislipidemik, antiobez, Steroid Diosgenin, diosgenin antikansir, kardioprotektiv, saponinlar metil esteri neyroprotektiv, immunostimulyator, ichak mikrobiotasini qo‘llab- quvvatlash Antidiabetik, antidislipidemik, yallig‘lanishga qarshi, antikansir, Alkaloidlar Trigonellin, glitsin neyroprotektiv, antinotsitseptiv, antimigren, antivirus va antibakterial Antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, Volatil Eugenol, linalool antikansir, analjezik, antivirus va birikmalar antibacterial https://scientific-jl.com 1 9 5 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Birikma turi Misollar Potentsial ta’siri Non-proteogenik 4-gidroksiizoleutsin Antidiabetik, antidislipidemik, antiobez

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Trigonella foenum-graecum dorivor o‘simligining botanik tavsifi, bioaktiv birikmalari, fenologik rivojlanish xususiyatlari va turli xil ozuqa muhitlarida o`sish sharoitlari o‘rganish, natijalari keltilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Trigonella foenum-graecum dorivor o‘simligining botanik tavsifi, bioaktiv birikmalari, fenologik rivojlanish xususiyatlari va turli xil ozuqa muhitlarida o`sish sharoitlari o‘rganish, natijalari keltilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vitaminlar (A, bioaktiv komponentlar, B guruhi), alkaloidlar, germinatsiya., C, Kirish so’zlar. Dukkakli o‘simlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники