Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
REKREATSION TURIZMDA MAVSUMIY INQIROZLARNI BARTARAF ETISHNING MARKETING YONDASHUVLARI
ETISHNING MARKETING YONDASHUVLARI · Achilov Omon Aminovich
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
This article explores the nature of seasonal crises in the field of recreational tourism, their economic and social consequences, as well as the role of marketing approaches in overcoming these challenges. The decline in seasonal demand poses a serious issue for tourist regions as it reduces the profitability of tourism services. In this context, the article analyzes the main causes of seasonality, consumer behavior patterns, and the effectiveness of strategic marketing measures such as pricing policies, service diversification, advertising campaigns, and loyalty programs. https://scientific-jl.com 2 0 2 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Keywords: recreational tourism, seasonality, marketing strategy, tourism services, seasonal crisis, tourist demand, diversification, advertising, loyalty program, customer flow, marketing activities, service market. Kirish. Hozirgi globallashuv sharoitida turizm sohasi dunyo iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan, rekreatsion turizm turlari aholi salomatligini tiklash, dam olish, madaniy-ma’naviy boyish va ijtimoiy moslashuvni ta’minlashda muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Biroq ushbu yo‘nalishda mavjud bo‘lgan mavsumiylik muammosi turizm xizmatlarini ko‘rsatishda barqarorlikni izdan chiqaruvchi omillardan biri sifatida ko‘zga tashlanmoqda. Mavsumiy inqirozlar odatda sayyohlar oqimining keskin kamayishi, daromadlar pasayishi, ishchi kuchidan foydalanishdagi uzilishlar hamda xizmat ko‘rsatish sifatining susayishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu bois, rekreatsion turizmda mavsumiylikni bartaraf etish yoki uning ta’sirini yumshatish zamonaviy marketing yondashuvlarini qo‘llash orqali amalga oshirilishi zarur. Narx siyosatini moslashtirish, xizmatlarni diversifikatsiyalash, reklama faoliyatini faollashtirish va mijozlar sodiqligini oshirish kabi marketing vositalari ushbu muammoni hal etishdagi eng samarali yo‘llardan hisoblanadi. Maqolada aynan shu muammoning nazariy asoslari, marketing strategiyalarining amaliy samarasini oshirish yo‘llari, shuningdek, mavsumdan tashqari davrlarda ham turistik faoliyatni barqaror tashkil etish imkoniyatlari atroflicha tahlil etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi, ayniqsa, mamlakatimizda turizmning to‘laqonli va uzluksiz ishlashi, regional turistik salohiyatdan yil davomida samarali foydalanishni ta’minlash zaruratidan kelib chiqadi. Adabiyotlar tahlili: Rekreatsion turizmda mavsumiylik muammosi ko‘plab xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mavsumiy talab o‘zgarishlari turizm xizmatlarining daromadliligiga, xodimlar bandligiga va resurslardan foydalanish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xorijiy olimlardan G. Holloway, C. Cooper va J. Tribe o‘z tadqiqotlarida turizm sohasida mavsumiylikning strukturaviy sabablari – ya’ni iqlim, dam olish ta’tillari, transport imkoniyatlari va infratuzilma yetarli darajada rivojlanmaganligi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ular turizmda mavsumiylikni kamaytirish uchun marketing strategiyalarini, xususan, xizmatlarni diversifikatsiyalash, narx siyosatini moslashtirish, reklama faoliyatini faollashtirish kabi choralarning samarasini asoslab berganlar. M. Middleton va V. Seaton tomonidan ishlab chiqilgan xizmatlar marketingi nazariyasida esa turizmning mavsumiy muammolarini hal qilishda segmentlashtirish va maqsadli auditoriyalar bilan ishlash muhim omil sifatida ko‘riladi. Ularning https://scientific-jl.com 2 0 3 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi fikricha, iste’molchilar ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish orqali mavsumdan tashqari davrda ham barqaror talab shakllantirish mumkin. A.P. Kuzenkov va Yu.N. Mazurov tomonidan olib borilgan tadqiqotlar Rossiya rekreatsion hududlarida turizm mavsumiyligining salbiy oqibatlarini chuqurlashtirib, yil davomida faoliyat yurita oladigan xizmat turlarini (ekoturizm, sog‘lomlashtirish, kognitiv turizm) kengaytirishni tavsiya etadi. Ularning ishlarida ichki turizmni rivojlantirish orqali mavsumiylikni muvozanatlash mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekistonlik tadqiqotchilardan Sh. Berdikulov, B. Jo‘rayev va D. Olimovlar o‘z tadqiqotlarida mamlakatimizdagi turizm infratuzilmasi, hududiy salohiyat va xizmatlar ko‘lamini tahlil qilib, mavsumiylikni yengish uchun mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan reklama kampaniyalari, sodiqlik dasturlari va turizm xizmatlarini raqamlashtirishning zarurligini alohida ta’kidlaydilar. Shuningdek, Ye.A. Ilina va T.V. Ustinovalar mavsumiylikni yumshatishda tashrif davrlarini kengaytirish, mavsumdan tashqari faoliyat turlarini ishlab chiqish, va xizmatlar sifati ustida ishlash bo‘yicha tavsiyalarni ilgari suradi. Ularning tadqiqotlarida rekreatsion hududlar uchun brending siyosati va yo‘naltirilgan marketing strategiyalarini joriy qilish mavsumiy talab tebranishlarini barqar
Доказательный фрагмент
«This article explores the nature of seasonal crises in the field of recreational tourism, their economic and social consequences, as well as the role of marketing approaches in overcoming these challenges.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the nature of seasonal crises in the field of recreational tourism, their economic and social consequences, as well as the role of marketing approaches in overcoming these challenges. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- recreational tourism, seasonality, marketing strategy, tourism, mavsumiy inqiroz, turizm xizmatlari, mavsumiylik, diversifikatsiya, marketing strategiyasi, reklama, sodiqlik dasturi, mijozlar oqimi, xizmatlar bozori, turistik talab, Kalit so‘zlar: rekreatsion turizm, marketing tadbirlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025