К содержанию
РецензированоUZ2026

INSULT O‘TKAZGAN BEMORLARDA PARODONT TO‘QIMALARIDA KECHADIGAN O‘ZGARISHLAR

KECHADIGAN O‘ZGARISHLAR · Atajonov Hasanboy Odilbek o‘g‘li

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada insultdan keyingi davrda parodont to‘qimalarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar, ularning sabablari va klinik belgilarining tahlili keltirilgan. Neyrologik buzilishlar, gigiyena qoidalarining buzilishi, immunitet pasayishi hamda qon aylanishidagi o‘zgarishlar parodontal kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqotlar insultdan keyingi reabilitatsiyada og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi, ayniqsa parodont holatini nazorat qilish muhimligini ko‘rsatadi. Ushbu maqolada ushbu o‘zgarishlarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Insult, parodont, yallig‘lanish, og‘iz gigiyenasi, neyrologik buzilish, reabilitatsiya, tish milki, qon aylanish. Hozirgi davrda insult ko‘plab mamlakatlarda keng tarqalgan kasallik bo‘lib, u nafaqat miya faoliyatining, balki butun organizm tizimlarining buzilishiga olib keladi. Ayniqsa, bemorning umumiy gigiyenasi va parvarish holati yomonlashgani sababli og‘iz bo‘shlig‘i salomatligiga salbiy ta’sir kuchayadi. Bunda parodont to‘qimalari — tishlar atrofidagi yumshoq va suyak to‘qimalari — birinchi bo‘lib zararlanadi. Insult o‘tkazgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, xususan parodontal muammolar sezilarli darajada tez-tez uchraydi. Parodontning yallig‘lanishi, shishishi, qonashi va tishlarning bo‘shashuvi insultdan keyingi sog‘ayish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli bu kasalliklarda parodont to‘qimalarining holatini chuqur tahlil qilish va unga nisbatan individual yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Parodont to‘qimalari quyidagi komponentlardan tashkil topgan:  Tish milki (gingiva);  Periodontal bog‘lam;  Alveolyar suyak;  Sement (tish ildizi yuzasi). Ular tishni jag‘ suyaklariga mahkamlab turadi, yuklamani taqsimlaydi va tashqi muhitdan himoya qiladi. Ushbu to‘qimalar organizmning umumiy holatiga juda sezuvchan. Insult va organizmdagi umumiy o‘zgarishlar. ishemik yoki gemorragik insult natijasida: https://scientific-jl.com 2 3 1 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi  Miya faoliyati pasayadi;  Mushaklar falaji yoki parezi yuzaga keladi;  Og‘iz gigiyenasini mustaqil saqlash imkoni yo‘qoladi;  Immun tizim zaiflashadi;  Antikoagulyantlar kabi dorilar ta’siri ostida qon ketish ehtimoli ortadi. Shuni ham aytish joizki, miya qon tomirlarida yuzaga kelgan aterosklerotik o‘zgarishlar yoki qon ivishi (tromboz) tufayli sodir bo‘ladi. Insultdan keyin bemorlarda parodontda quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi:  Tish milkining shishi va giperemiyasi;  Tish yuvish vaqtida tez-tez qonash;  Yallig‘lanish (gingivit, periodontit);  Periodontal cho‘ntaklar hosil bo‘lishi;  Tishlar harakatchanligi va alveolyar suyakning rezorbsiyasi;  Og‘iz bo‘shlig‘ida yiringli ajralmalar. Bundan tashqari, ishemik insult asosan keksa yoshdagi, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertoniya, aritmiyalar yoki qon ivish xususiyatlari o‘zgargan shaxslarda uchraydi. Ko‘p hollarda insult uyqu vaqtida ro‘y beradi. Bemor uyg‘ongach, birdaniga umumiy holsizlik, tana a’zolarida, ayniqsa, bir tomonlama qo‘l va oyoqlarda kuchsizlanish, bosh aylanishi, ba’zida esa nutqning buzilishi kabi belgilarni sezadi. Bu belgilar paydo bo‘lishiga qaramay, bemorning hushida bo‘lishi va teri rangining o‘zgarmasligi ushbu insult turining nisbatan sekin kechishini ko‘rsatadi. Shikastlangan miya tomirining joylashuviga qarab nevrologik belgilar bir necha daqiqa yoki soat ichida rivojlanadi. Agar ichki yoki umumiy uyqu arteriyasi to‘silgan bo‘lsa, tromboz yuzaga kelgan tarafda ko‘rishning yomonlashuvi, aks tomonda esa harakat funksiyasining buzilishi kuzatiladi. Ishemik insult har doim ham o‘limga olib kelmasligi mumkin, ammo u uzoq davom etuvchi va og‘ir tiklanish davri bilan kechadi. Patologik jarayon joylashgan hududga qarab, bemorda motorik yoki sensorik o‘zgarishlar saqlanib qolishi mumkin. Kasallik odatda quyidagicha boshlanadi: insultdan bir necha kun avval bemor bosh og‘rig‘i, holsizlik, bosh aylanishi, ko‘z oldining qorong‘ilashishi, qo‘l va oyoqlarda uvishish, tez charchash kabi holatlarni sezadi. Belgilar asta-sekin kuchayib boradi, bir kun ichida esa tananing ayrim qismlarida harakatning susayishi yoki falajlik holatlari paydo bo‘ladi. Bemor odatda hushini yo‘qotmaydi, ammo ongning chalkashishi, atrofni tumanli idrok etish, reaksiya sekinlashuvi kabi belgilar namoyon bo‘ladi. O‘rta darajadagi insult holatlarida o‘choqli nevrologik belgilar miya shishi yoki hushning yo‘qolishi kabi og‘ir asoratlarsiz kechadi. Aksincha, og‘ir insult paytida https://scientific-jl.com 2 3 2 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi bemorda ongning to‘liq yo‘qolishi, miya shishining rivojlanishi, umumiy nevrologik simptomlar, tropik o‘zgarishlar va chuqur o‘choqli nuqsonlar kuzatiladi. Ishemik insultdan farqli ravishda, gemorragik insult — ya’ni miyaga qon quyilishi — odatda arterial gipertenziya (xafaqon) bilan bog‘liq. Yuqori bosim ta’sirida miya tomiri yorilib, qon miya to‘qimasiga quyi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada insultdan keyingi davrda parodont to‘qimalarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar, ularning sabablari va klinik belgilarining tahlili keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada insultdan keyingi davrda parodont to‘qimalarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar, ularning sabablari va klinik belgilarining tahlili keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yallig‘lanish, neyrologik buzilish, og‘iz gigiyenasi, reabilitatsiya, parodont, qon aylanish., tish milki, Kalit so‘zlar: Insult
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники