К содержанию
РецензированоUZ2025

PEDAGOGIK MAHORAT VA UNING ZAMONAVIY TA`LIMDA AHAMIYATI

Gulomova Komila Maxamatjanovna · Abdumavlyanova Maftuna Yuldosh qizi · Gulomova Komila Makhamatjanovna · Abdumavlyanova Maftuna (Tashkent University of Economics and Technology)

Образовательные инновации и интеграция · 2025

Аннотация

The article provides a detailed analysis of the essence and content of the concept of pedagogical mastery, as well as its role and significance in the modern educational process. Special attention is given to the analysis of such factors as the https://scientific-jl.com 3 0 2 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi teacher's professional competence, communicative abilities, readiness for innovative activities, and the level of psychological and pedagogical knowledge, all of which play a crucial role in the development of pedagogical mastery. The article also examines how pedagogical mastery influences students’ motivation to learn, the implementation of an individualized approach, and the development of creative thinking. In the concluding part, effective methods and methodological approaches aimed at enhancing teachers’ pedagogical mastery are presented. Keywords. Pedagogical mastery, teaching art, professional competence, innovative approach, quality of education, didactics, personal qualities. Ta’lim – har qanday jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Shu boisdan ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yuqori samaradorlikka erishish, ta’lim mazmunini takomillashtirish, o‘quvchilarning fikrlash, anglash va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Ushbu jarayonda eng muhim va hal qiluvchi omillardan biri — bu o‘qituvchining kasbiy mahoratidir [1]. Pedagogik mahorat nafaqat ta’lim sifati, balki o‘quvchilarning shaxsiy kamoloti va ijtimoiy faolligi shakllanishida ham beqiyos ahamiyatga ega. Pedagogik mahorat atamasi pedagogikaning eng murakkab va shu bilan birga, eng muhim tushunchalaridan biri bo‘lib, u o‘qituvchining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, kommunikativ salohiyati, ijodiy yondashuvi va shaxsiy fazilatlarini o‘z ichiga oladi. Bu mahorat yillar davomida tajriba, o‘z ustida ishlash, zamonaviy metodikalarga ega bo‘lish orqali shakllanadi. Pedagogik mahorat ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Ba’zi olimlar uni o‘qituvchilik faoliyatini san’at darajasida amalga oshirish deb bilishadi. Boshqalar esa pedagogik mahoratni kasbiy faoliyatni yuqori darajada, samarali tashkil etish va boshqarish qobiliyati sifatida ko‘rsatadilar. Ammo barcha talqinlar negizida bir fikr yotadi — bu o‘qituvchining o‘z kasbiga bo‘lgan mas’uliyati, ma’naviy fazilatlari, bilim va ko‘nikmalarining uyg‘unligidir [2]. Zamonaviy yondashuvlarda pedagogik mahorat deganda, o‘qituvchining quyidagi yo‘nalishlardagi salohiyati nazarda tutiladi: nazariy bilimlarning chuqurligi, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish, interaktiv usullarni qo‘llay olish, darslarni samarali rejalashtirish va olib borish, ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish. Pedagogik mahoratning asosiy xususiyatlaridan biri – bu refleksiv yondashuvdir. O‘qituvchi o‘z faoliyatini doimiy tahlil qiladi, xatolar ustida ishlaydi, tajriba asosida yangiliklarni joriy qiladi [3]. Refleksiya pedagogik mahoratning shakllanishida ichki o‘zgarishlar mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik mahorat tushunchasi o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Kasbiy kompetensiya – bu nafaqat aniq fan bo‘yicha bilim, balki https://scientific-jl.com 3 0 3 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi uni o‘rgatish metodikasini bilish, psixologik-pedagogik yondashuvlarni qo‘llay olish, shuningdek, shaxsiy fazilatlarni rivojlantira olish qobiliyatidir. Zamonaviy pedagog quyidagi kompetensiyalarga ega bo‘lishi talab etiladi: predmet bo‘yicha chuqur bilim; zamonaviy pedagogik texnologiyalardan xabardorlik; kommunikativ ko‘nikmalar; axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari; ijtimoiy va madaniy kompetensiyalar. Bularning barchasi birgalikda pedagogik mahoratni tashkil etadi. O‘qituvchi o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘quvchilarga samarali yetkazish uchun pedagogik texnologiyalardan, interfaol usullardan, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillaridan foydalana olishi lozim. Shu bilan birga, o‘quvchilar bilan psixologik jihatdan sog‘lom muhit yaratish ham o‘qituvchidan yuqori darajadagi pedagogik madaniyatni talab etadi. Pedagogik mahorat nafaqat dars sifati, balki o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan munosabati, o‘rganishga bo‘lgan ichki motivatsiyasi, ijodiy fikrlashi va hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tajribali va malakali o‘qituvchi har bir o‘quvchining imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay oladi, individual yondashuv orqali uning rivojlanish trayektoriyasini belgilaydi. Bunday yondashuv natijasida o‘quvchida o‘ziga bo‘lgan ishonch, mustaqil fikrlash va tanqidiy yondashuv shakllanadi [4]. Yuqori darajadagi pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchilar o‘z darslarini ijodkorlik asosida tashkil etadi. Ular ta’lim jarayoniga yangi texnologiyalarni jalb etadi, noan’anaviy metodlardan foydalanadi, o‘quvchini passiv tinglovchidan faol ishtirokchi

Доказательный фрагмент

«The article provides a detailed analysis of the essence and content of the concept of pedagogical mastery, as well as its role and significance in the modern educational process.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article provides a detailed analysis of the essence and content of the concept of pedagogical mastery, as well as its role and significance in the modern educational process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Pedagogical mastery, teaching art, professional competence, innovatsion yondashuv, o‘qituvchilik san’ati, shaxsiy fazilatlar., Kalit so`zlar. Pedagogik mahorat, ta’lim sifati, kasbiy kompetensiya, didaktika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники