К содержанию
РецензированоUZ2025

MO‘G‘ULLAR VA ISLOM: CHINGIZXON AVLODLARINING ISLOMNI QABUL QILISHI

SCIENCE SHINE · QABUL QILISHI · I. I. Jomurodov

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

The Mongol invasions had a significant impact on historical processes, but the conversion of the descendants of Genghis Khan to Islam further strengthened the interaction between these civilizations. This article analyzes the Mongols' invasion of the Islamic world, their religious policies in the conquered territories, and the process of their conversion to Islam. Additionally, the political and cultural consequences of this transformation are explored. Keywords: Mongols, Islam, Genghis Khan, Hulagu, Golden Horde, Ilkhanids, Muslim states, political transformations. Аннотация: Монгольские завоевания оказали значительное влияние на исторические процессы, но принятие ислама потомками Чингисхана еще больше укрепило взаимодействие между этими цивилизациями. В данной статье анализируются вторжение монголов в исламский мир, их религиозная политика на завоеванных территориях и процесс принятия ислама. Кроме того, рассматриваются политические и культурные последствия этого преобразования. Ключевые слова: Монголы, Ислам, Чингисхан, Хулагу, Золотая Орда, Ильханиды, мусульманские государства, политические изменения. Kirish. Mo‘g‘ullar istilolari o‘rta asr tarixining eng muhim va ta’sirchan voqealaridan biri bo‘lib, ular Osiyo va Yevropa tarixiga ulkan o‘zgarishlar olib keldi. Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ullar XIII asrda G‘arbiy Osiyo va Islom dunyosiga yurish boshlaganida, musulmon sivilizatsiyasi o‘zining gullab-yashnagan davrini 139 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 boshdan kechirayotgan edi. Bag‘dod xalifaligi, Xorazmshohlar davlati va boshqa musulmon davlatlari mo‘g‘ullarning shiddatli hujumlari natijasida kuchsizlanib, ularning zulmatli istilosiga duch keldi. Mo‘g‘ullar Islom dunyosini zabt etgan dastlabki bosqichda diniy bag‘rikenglik siyosatini yuritgan bo‘lsalar-da, ularning hukmronligi vaqt o‘tishi bilan asta-sekin Islom ta’siriga tushdi. Ayniqsa, Ilxoniylar va Oltin O‘rda hukmdorlarining Islomni qabul qilishi nafaqat ularning shaxsiy e’tiqodining o‘zgarishi, balki mo‘g‘ul davlatlarining butun siyosiy va ijtimoiy tuzilishini o‘zgartirishga olib keldi. Mo‘g‘ullarning Islomni qabul qilishi Islom olamida ularning yangi rolining shakllanishiga xizmat qildi va ularni musulmon jamiyatining ajralmas qismiga aylantirdi. Ushbu maqolada mo‘g‘ullarning Islom dunyosiga yurishlari, ularning bosib olingan hududlarda yuritgan diniy siyosati, shuningdek, Chingizxon avlodlarining Islomni qabul qilish sabablari va natijalari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, mo‘g‘ullar tomonidan Islomni qabul qilish jarayoni qanday kechganligi, bu jarayonning siyosiy va madaniy oqibatlari ham chuqur o‘rganiladi. Mo‘g‘ullar tomonidan qabul qilingan Islom faqatgina e’tiqodiy o‘zgarish emas, balki butun boshli davlat tuzilishi va ijtimoiy munosabatlarning yangilanishiga sabab bo‘ldi. Bu jarayon Islom tarixining muhim burilish nuqtalaridan biri bo‘lib, mo‘g‘ullar va musulmon dunyosi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqdi [1]. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Mo‘g‘ullar va Islom o‘rtasidagi aloqalar tarixchilarning e’tiborini uzoq vaqt jalb qilib kelgan mavzulardan biridir. Yevropa, rus va musulmon manbalari mo‘g‘ullar imperiyasining harbiy yurishlari, davlat tuzilishi va diniy e’tiqodlari haqida turli nuqtai nazarlarni ilgari suradi. Ayrim Yevropa tarixchilari mo‘g‘ullarning Islomni qabul qilish jarayonini ularning siyosiy manfaatlari bilan bog‘lasalar, musulmon olimlari bu jarayonni Islom dinining jozibadorligi va musulmon ulamolarining targ‘ibot faoliyati bilan izohlaydilar [2]. Mo‘g‘ullarning Islomni qabul qilish jarayoni haqida turli tarixiy manbalarda turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, Rashid ad-Dinning "Jome’ ut-tavorix" asarida Ilxoniylar davlatining Islomni qabul qilishi tafsilotlari aniq bayon etilgan bo‘lsa, Ibn al-Asirning asarlarida mo‘g‘ullarning dastlabki bosqinchilik davrida musulmonlarga nisbatan ko‘rsatgan shafqatsizligi keng yoritilgan. Zamonaviy tarixchilardan B. Spuler va D. Morgan kabi tadqiqotchilar mo‘g‘ullar bilan Islom dunyosi o‘rtasidagi madaniy aloqalar va siyosiy jarayonlarni tahlil qilganlar [3]. Ushbu maqolada tarixiy tahlil va taqqoslash metodlaridan foydalanilgan. Dastlab mo‘g‘ullarning Islom bilan ilk to‘qnashuvlari tahlil qilinib, bosib olingan 140 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 hududlardagi ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mo‘g‘ul hukmdorlarining Islomni qabul qilish sabablari turli tarixiy manbalar asosida muhokama qilindi. Metodologik jihatdan esa, mo‘g‘ullarning Islomni qabul qilish jarayoni bosqichma-bosqich o‘rganilib, uning musulmon jamoalari va davlat boshqaruv tizimiga ta’siri baholandi [4]. Maqolada tarixiy qiyosiy tahlil usulidan ham foydalanildi. Jumladan, mo‘g‘ullar tomonidan tashkil etilgan turli davlatlarning Islomga munosabati o‘zaro taqqoslandi. Oltin O‘rda xoni Berke Islomni chuqur qabul qilib, musulmon davla

Доказательный фрагмент

«The Mongol invasions had a significant impact on historical processes, but the conversion of the descendants of Genghis Khan to Islam further strengthened the interaction between these civilizations.»

Образец извлечения

Демо-превью

The Mongol invasions had a significant impact on historical processes, but the conversion of the descendants of Genghis Khan to Islam further strengthened the interaction between these civilizations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mongols, Islam, Genghis Khan, Hulagu, Golden Horde, Ilkhanids, Chingizxon, Ilxoniylar, Mo‘g‘ullar, Islom, Huloku, musulmon davlatlari, siyosiy o‘zgarishlar., Oltin O‘rda
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники