Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO‘CHIRUVCHILIK SIYOSATINI TURKISTON TUB XALQLARINING SIYOSIY, FUQAROLIK AHVOLIGA TA’SIRI
SCIENCE SHINE · Mashxura Burxanova · Машхура Бурханова
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This article shows that among the evidence cited by politicians and sometimes researchers to justify the connection between the resettlement policy of the Imperial government and the colonial administration and the "problem" of the increase in the agrarian population in a number of Russian provinces, there is the connection between the metropolis and the colonies, including the territories of Turkestan, and that the population of the empire significantly exceeded the population of its colonies combined. Key words and phrases: Migration policy, economic and political life, railway, production, ethnic culture, railway stations, raw materials, natural resources, metropolis, industry, district, settlement. Turkistondagi Rossiyaning mustamlakachilik tajribasi haqida shuni ta’kidlash kerakki, imperiya siyosiy doiralarining o‘lkadagi xo‘jalik va ijtimoiy hayot sohasidagi qadimiy an’analariga ega bo‘lgan xalqlarning tili, etnik hamda tarixiy o‘ziga xosligini tugatish vazifasini qo‘ymaganligi ma’lum. Dastlab Volgabo‘yi va Sibir, so‘ngra boshqa hududlarni zabt etish bilan birga, u yerdagi aholining ko‘pchiligini zo‘rlik bilan pravoslav dinini qabul qildirish, qo‘pol ravishda ruslashtirish siyosati olib borilgan. Ivan Grozniy davridan boshlab nafaqat geostrategik va iqtisodiy jihatdan, balki ulug‘ rus, shuningdek, musulmonlarga qarshi ekspansiya rus mustamlakachiligining jiddiy belgisi edi. Rossiya imperiyasining hukmron doiralari mafkuralari islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlarni siyosiy va g‘oyaviy parokanda qilish zarur deb hisobladilar. Chunki, busiz hokimiyatning mustamlakachi tuzumini hamda Turkistonga ko‘chirilayotgan rus aholisining iqtisodiy, siyosiy mavqyei va hukmronligini ta’minlab bo‘lmasdi. Zero, Buxoro amirligi va Xiva xonligidan tortib olingan hududlariga keltirib joylashtirilgan rus aholisiga Rossiyaning mazkur protektoratlari hukmdorlariga hamda tub xalqlariga doimiy tazyiq o‘tkazib turishining muhim omili sifatida qaraldi. 122 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 To‘g‘ri, boshqa mustamlakachi davlatlar tajribasida bu kabi hodisalar deyarli bo‘lmagan, lekin buning aksi ham bo‘lgan edi. Masalan, Yaponiya Xitoyni zabt etgach, uning taxdidli darajada ko‘p aholisini kamaytirish va siyraklashtirish maqsadida yuz minglab xitoyliklarni ishchi kuchi sifatida o‘zining Tinch okeani mintaqasi hamda Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mustamlakalariga ko‘chirtirib joylashtirgan edi. Aholining ijtimoiy, ma’naviy manfaatlari va madaniyatiga nisbatan tashkiliy-mafkuraviy yondashuvi oldindan ishlab chiqilmagan edi. Biroq, ularning mazkur manfaatlarni inkor etish niyati istilodan oldinroq ma’lum edi. Milliy madaniyatni esa iqtisodiyot singari buyukdavlatchilik singari maqsadlariga bo‘ysundirish nazarda tutilgan edi. Ilk pallada Rossiya hukmron doiralari mustamlakachi ma’muriyatining Turkiston uchun maxsus mo‘ljallangan yondashuv va uslublari bo‘lmaganligini quyidagicha izohlash mumkin: imperiya xukumati G‘arbiy yevropa davlatlari, eng avvalo, Buyuk Britaniya hamda Fransiya bilan munosabatlar yanada murakkablashib ketishidan xavfsirab, XIX asrning 60-yillari boshida qozoq xonliklariga kirib borishdan tashqari, Qo‘qon xonligi hududining katta qismini istilo etish bilan vaqtincha egallash niyatida edi. Ustiga-ustak ma’lumki, 1865 yilda avgustida Turkiston oblasti tuzilganidan keyin imperiya xukumati ushbu viloyat o‘rniga Rossiya imperiyasi protektorati ostida bo‘lishi kerak bo‘lgan. Orenburg general-gubernatori Krijonovskiy 1866 yil bahorida muqaddas Toshkentga kelgan edi, biroq bu faqat diplomatik nayrang edi, chunki Turkistonning ichki ma’muriy hududiy tuzilishining o‘zi iskanjasida sof harbiy vazifalarni amalga oshirishga moslashtirilgan edi. Rossiya imperiyasining tub xalqlari qurolli qarshilik ko‘rsatishidan cho‘chib 1874 yilda Shimol (Sibir), Shimoliy Kavkaz, Turkiston musulmon aholisi vakillarini harbiy xizmatga jalb etishini rasmiy ravishda taqiqladi. Biroq, K. Kaufmanga bunday chora, shuningdek, mustamlaka rejimini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilgan boshqa choralar ham yetarli emasdek tuyuldi, ‘ Shu bois u harbiy vazifaga yozgan ma’ruzasida: “Agar biz o‘lkani bundan buyon ham shu tarzda boshqaradigan bo‘lsak ham, uning aholiga bizni xukmdorlar deb hisoblamay ixtiyorida har ehtimolga karshi jiddiy harbiy kuch bo‘lgan pozitsiya agentlari deb adolatli ravishda o‘ylaydi” [1. B. 147]. Garchi, imperiya hukmron doiralari tomonidan Kaufmanning barcha islohotchilik takliflarida hisobga olinmagan bo‘lsa-da, 1886 yilda qabul qilingan “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq, ilgari liberal deb ovoza qilingan harbiy xalq boshqaruvi ma’muriy pozitsiya boshqaruviga almashtirildi. Lekin o‘lka, oblast, uezd boshliqlari, 123 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 turli idoralar amaldorlari an’anaviy ravishda asosan, Rossiya harbiylaridan tayinlanar edi. Shu bilan birga, Rossiya hukmron doiralarida
Доказательный фрагмент
«This article shows that among the evidence cited by politicians and sometimes researchers to justify the connection between the resettlement policy of the Imperial government and the colonial administration and the "p…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article shows that among the evidence cited by politicians and sometimes researchers to justify the connection between the resettlement policy of the Imperial government and the colonial administration and the "p… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases: Migration policy, economic and political life, railway, Ko‘chirish siyosati, temir yo‘l, temir yo‘l bekatlari, tabiiy boylik, sanoat, uyezd, ., xom ashyo, etnik madaniyat, posyolka, iqtisodiy-siyosiy hayot, ishlab chiqarish, metropoliya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025