Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA LEKSIK-SEMANTIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH USULLARI
SCIENCE SHINE · TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH USULLARI · Marqayeva Yoqutxon Boytemir qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida leksik-semantik tafakkurni shakllantirsh usullari ko‘rib chiqiladi. Leksik-semantik taffakkur o‘quvchilarga so‘zlar va ularning ma’nolari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni tushunishga yordam beradi. Maqola o‘quvchilar uchun samaqali ta’lim usullarinini aniqlash va taqdim etishga qaratilgan. Shuningdek, innovatsion metodlar va ta’lim texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: Leksik-semantik tafakkur, boshlang‘ich sinf, o‘yinli mashg‘ulotlar, interaktiv metodlar, so‘z boyligi, semantik o‘rganish, o‘rganish metodlari, muloqot ko‘nikmalari, fikrlarni ifodalash, yangi leksik birliklar, leksik o‘yinlar, so‘zlarni yaratish, nutq madaniyati. Annotation: This article explores methods for developing lexical-semantic thinking in primary school students. Lexical-semantic thinking helps learners understand the relationships between words and their meanings. The article aims to identify and present effective teaching methods for students. In addition, it discusses the role of innovative methods and educational technologies in the learning process. Keywords: Lexical-semantic thinking, primary school, game-based activities, interactive methods, vocabulary, semantic learning, learning methods, communication skills, expression of ideas, new lexical units, lexical games, word formation, speech culture. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining leksik-semantik tafakkurini shakllantirish ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqlarida ta’lim va tarbiyaning jamiyatdagi o‘rni haqida quyidagicha ta’kidlaydi: “Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. ” Ushbu fikr, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz jamiyat taraqqiyotining asosi ekanligini ko‘rsatadi. Leksik-semantik tafakkur, o‘quvchilarni so‘zlar va ularni ma’nolarini o‘rtasidagi bog‘lanishlarni tushunishga, o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalashga va og‘zaki nutqini 97 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu jarayon o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, ijodkorlik va o‘z-o‘zini anglash qobiliyatlarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Boshlangi‘ch sinf o‘quvchilari uchun leksik-semantik guruhlarni o‘rganish, ularning so‘z boyligini oshirish va muloqot qobiliyatini rivojlantirishda juda zarul hisoblanadi. O‘quvchilar so‘zlar va ularning ma’nolarini o‘rganish jarayonida turli usullarni qo‘llash orqali leksik-semantik tafakkurlarini shakllantirishlari mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga yordam beradi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida leksik-semantik tafakkurni shakllantirish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolaning asosoiy maqsadi o‘quvchilar uchun samarali ta’lim usullarini aniqlash va tavsiyalar berishdan iboratdir. Shuningdek, maqolada ushbu jarayonda foydalaniladigan innovatsion metodlar va ta’lim texnologiyalari ham muhokama qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida leksik-semantik tafakkurni shakllantirish uchun bir necha usullar tizimli ravishda qo‘llaniladi. Har bir usul bolalarning yosh xususiyatlari va bilim olish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Bulardan biri o‘yinli mashg‘ulotlar usuli. O‘yinli mashg‘ulotlar metodini qo‘llash boshlang‘ich sinfda o‘qitishning eng samarali va qiziqarli usullaridan biridir. Bolalar tabiatan o‘yin orqali o‘rganishga qiziqadilar va bu usul ularni o‘qish jaryoniga faol jalb qilishga yordam beradi. O‘yinli mashg‘ulotlar o‘quvchilarga so‘zlarning ma’nolarini anglashda, ularning semantik xususiyatlarini tushunishda va nutq faoliyatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘yinli mashg‘ulotlarning asosiy afzalligi shundaki, ular o‘quvchilarning e’tiborinijalb qilib, ularni o‘rganishga faollashtiradi. O‘quvchi o‘yin jarayonida ko‘proq o‘zaro muloqotda bo‘ladi va bu nafaqat so‘z boyligini oshirish, balki o‘quvchilarning tafakkurini kengaytirishga xizmat qiladi. O‘yin orqali o‘quvchilar o‘rganilyotgan leksik birliklarni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ularning bilimlarini mustahkamlaydi. O‘yin o‘quvchilarni o‘rganishga undaydi, chunki bolalar o‘yin orqali bilim olishni ko‘proq qiziqarli va oson deb his qilishadi. O‘quvchilarda o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqish kuchayadi. O‘yin yordamida o‘quvchilar yangi so‘zlarni o‘rgandilar, sinonim va antonim so‘zlar haqida tushunchalarni shakllantiradilar. Bundan tashqari, o‘yin jarayonida so‘zlarning turli ma’nolarini va ularning kontekstdagi o‘zgarishini o‘rganadilar. O‘quvchilar o‘yin davomida o‘z fikrlarini ifodalashga va muloqot qilishga ko‘proq vaqt sarflashadi, bu esa ularning nutq malakalarini rivojlantiradi. “Ma’nodoshini top” metodi: O‘quvchilarga bir qancha so‘z berilib, ular bu so‘zlarning ma’noshlarini topishlari kerak. Misol uchun, “yaxshi” leksemasi uchun 98 SCIENCE SHINE INTER
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida leksik-semantik tafakkurni shakllantirsh usullari ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida leksik-semantik tafakkurni shakllantirsh usullari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Lexical-semantic thinking, primary school, game-based activities, muloqot ko‘nikmalari, leksik o‘yinlar, fikrlarni ifodalash, o‘yinli mashg‘ulotlar, interaktiv metodlar, yangi leksik birliklar, o‘rganish metodlari, nutq madaniyati., semantik o‘rganish, boshlang‘ich sinf, so‘zlarni yaratish, so‘z boyligi, Leksik-semantik tafakkur
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025