К содержанию
РецензированоUZ2025

ALISHER NAVOIYNING “XAMSA” DOSTONIDA HUSAYN BOYQARO TAVSIFI

SCIENCE SHINE · Abdullayeva Mavluda Vahobjon qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

This article explores the artistic depiction of Sultan Husayn Bayqara in Alisher Navoi’s “Khamsa” quintet. The author analyzes how Navoi portrays Husayn Bayqara not only as a historical figure but also as a literary ideal of a just, wise, and humane ruler. Through characters and events in poems such as “Hayrat ul- Abror”, “Farhod and Shirin”, and “Saddi Iskandariy”, the moral and spiritual image of Husayn Bayqara is vividly illustrated. Kalit sózlar: "Xamsa" "ğoziy" "soqiy" "Hayrat ul abror" "Farhod va Shirin" "Layli va Majnun" "Sabbai sayyor" "Saddi Iskandariy" renessans15, "Risola" va h. k Alisher Navoiy “Xamsa” dostonlari orqali Husayn Boyqaroning tarixiy siymosini yuksak badiiy darajada yoritgan. Bu obrazlar faqat adabiy vosita emas, 14 Arabcha “beshlik” degan ma’noni bildiruvchi so’z 15 Uyg’onish, rivojlanish 92 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 balki tarixiy haqiqatning badiiy ko‘rinishi sanaladi. Navoiy nazarida Sulton Husayn Boyqaro ilm, adolat, donishmandlik va insonparvarlik mezonlariga mos keluvchi hukmdor hisoblangan. Shu boisdan Navoiy o‘zining eng yirik va tarixiy asari hisoblanmish bu yaxlit dostonida Husayn Boyqaroni har bir doston boshlanmalarida e’tirof etadi. Nafaqat uni, balki uning zurriyodi Badiuzzamon n=mirzo madhi va unga ko‘plab nasihat-u maslahatlar berib o‘tadi. Shu joyida Navoiyning chindan ham “mutafakkirlar mutafakkiri” ekanligiga to‘liq amin bo‘lasiz. Chunki Navoiydan Husayn Boyqaroning Yoshi ulug‘, garchand ular bir vaqtda maktabga borgan bo‘lishlariga qaramay. Ikkinchidan, hukmdorlar Allohning yerdagi soyalari bo‘lib, ularga qanchalik yaqin kishi bo‘lsangiz ham ko‘p nasihat qilish joiz ermas. Uchinchidan, podshoh zoti borki, ularga aql o‘rgatgan kishini xushlamaydi, uning haq gaplarini tan olgisi kelmaydi, o‘zini u insondan aqlsiz deya masala jiddiy tus olishi mumkin. SHu jihatlaridan olib qaraydigan bo‘lsak, Navoiy bunda mohirlik bilan Badiuzzamon mirzo obrazidan ham shahzodaga yuksak ehtiromini ko‘rsatdi, ham Husayn Boyqaroga demoqchi bo‘lgan so‘zlarini ustalik bilan Badiuzzamon mirzoga maslahat, olqish, nasihat ko‘rinishida namoyon etdi. Bundan tashqari dostondagi bosh qahramon obrazlari orqali Husayn Boyqaroning protatipini yaratdi. Jumladan, “Hayrat ul abror” dostonidagi hikoyatlardagi shohlarning adolati, qonuniy choralar ko‘rishi, hiylagarlarni jazolashi kabi manzaralarda Husayn Boyqaroning tavsifini ko‘rishimiz mumkin. Yoki “Farhod va SHirin “ dostonida Farhod obrazi orqali komillikka intilayotgan inson timsolini uchratamiz. Shu jihatdan bu dostonda Navoiy podshohini aynan komil inson bo‘lishini orzu qiladi va uni ham nafsni yengishga ezgulik sari olg‘a intilishga chorlaydi. “Sabbai sayyor” dostonida esa shoh Bahrom obrazi orqali tez erishilgan narsaning inson hayotida u qadar qadri bo‘lmasligi, to‘qlikka sho‘xlik kabi illatlar qalamga olinadi. Shoh Bahrom kibrga berilganligi, nafsi yo‘lida hech bir haqiqatni tan olmay, hech bir nasihatni eshitmay qilgan ishlari ortidan oxiri uni yer yutadi. Vaqtida ogoh bo‘lmagan bandasining holi shunday bo‘lishini hazrat uqtirib o‘tadi. “Saddi Iskandariy” dostonida esa Navoiy Iskandarni har tomonlama shohlik sifatlarini o‘zida jamlagan hukmdor sifatida e’tirof etadi. Iskandar goh katta-katta mashvaratlar uyishtirsa, goh o‘zga davlatlarga harbiy safarlar tashkil qiladi. Abadiy tiriklik suvini izlab, yer ostiga kirgan ham, sehrgarlar tilsimini olimlar yordamida ilm yo‘li bilan yenggan ham uning o‘zi edi. 500 olimni qayerga borsa ham o‘zi bilan olib yurgan bu hukmdor, manmanlikka mukkasidan ketmagan, darveshning so‘zi haqiqat bo‘lsa uni o‘zidan baland tutgan, 800 yilda bir tug‘ilgan alomatli inson deya e’tirof etilgan. 93 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 Xulosa qiladigan bo‘lsak, “Xamsa” dostonlarida Navoiy qanchalik ustalik bilan Husayn Boyqaro obrazini gavdalantira olgan. Unga xos bo‘lgan sifatlarni tanlab, so‘zlar sehri bilan ifodalay olgan. Xalqparvarligi, adolati, xalq g‘amini yeyishi, hayit kunlari namozlarga borishi va shunga o‘xshash go‘zal sifatlarini ta’riflab bergan. “Shoh G‘oziy” sifati bilan ulug‘lab, nomiga go‘zal tashbihlar yordamida o‘xshatmalar bitgan. Goh sahovatda dengizga qiyoslasa, goh quyosh uning sahiyligi oldida bir zarraga aylanib hijolat chekishini aytib o‘tadi. Kamchiliklariga ham yuzlanib, iymonga, insofga chaqiradi. Alisher Navoiy haqida fikr yuritganimizda bevosita ana shu davr muhitiga asos solgan Husayniy nomi bilan ijod qilgan shoh Husayn Boyqaro nomini tilga olamiz. Bu nom bizlarga Mirkarim Osimning ‘’Zulmat ichra nur’’, Oybekning ‘’Navoiy’’, ‘’Bola Alisher” kabi asarlaridan tanish. XV asrning “mumtoz davr” bo‘lishiga sabab bo‘lgan bu ulug‘ hukmdor nafaqat ilm fanga homiylik qildi, balki mamlakatni obod qilishda, osmono‘par imoratlar qurishda faol ishtirok etdi. Shoh va shoir Bobur Husayn Boyqaroning shakl-shamoyilini chizish jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari va ins

Доказательный фрагмент

«This article explores the artistic depiction of Sultan Husayn Bayqara in Alisher Navoi’s “Khamsa” quintet.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the artistic depiction of Sultan Husayn Bayqara in Alisher Navoi’s “Khamsa” quintet. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"Xamsa" "ğoziy" "soqiy" "Hayrat ul abror" "Farhod va Shirin" "Layli va Majnun" "Sabbai sayyor" "Saddi Iskandariy" renessans, "Risola" va h. k
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники