Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XVI–XIX YUZ YILLIKLARDA O‘RTA OSIYO XONLIKLARI VA XITOY O‘RTASIDAGI RAQOBATNING VUJUDGA KELISH TARIXI
Rustamboyev Islomjon Doniyor o‘g‘li · Murodjonova Gulziyoda Murodjon qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
As cultural and economic ties between states have developed, so too have the relationships between peoples strengthened. The ancient Silk Road emerged as a result of such connections. This article provides information about the development of relations between Central Asia and ancient China, as well as the historical origins of the Great Silk Road that linked East and West. It is also noted that the relations between Central Asia and China were not always peaceful—military conflicts occurred between them as well. Nevertheless, their trade and economic relations continued uninterrupted. Keywords: China, Central Asia, Dayuan, diplomacy, Silk Road, Ming dynasty, Muhammad Alikhan. O‘rta Osiyo geografik jihatdan juda qulay yerda, savdo sotiq va diplomatic aloqalarni yuritish va keng ko‘lamli madaniy markaz hududda joylashgan edi. Uning chegaralari sharqda Xitoy, g‘arbda Kaspiy dengizi, janubda Eron va Hindiston, shimolda esa bepoyon dashtliklar 1 39 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bilan chegaradosh bo‘lgan. Shunday ekan, bu hudud, o‘z davrining qudratli imperiyalari bilan chegaralangan va ular bilan dam do‘stlik va savdo to‘g‘risida, dam urush va sulh haqida o‘zaro aloqalar olib borgan. Biz bu aloqalar tarixini tahlil qilar ekanmiz, bunda Xitoy bilan bog‘liq jihatlarni o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Xo‘sh, O‘rta Osiyo va Xitoy o‘rtasida dastlabki aloqalar qachonda yuzaga kelgan? Biz olingan o‘tgan davr kattaligi, aloqalarning keng ko‘lamli bo‘lganligi uchun alohida qadimgi davr misolida o‘rganishni ma'qul topdik1. O‘rta Osiyo va Xitoy xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarining tarixi miloddan avvalgi V-IV yuz yilliklarga borib taqaladi. Xususan, Davan (Farg’ona)-Xitoy munosabatlari qachon boshlanganligi aniq emas. Bu munosabatlar juda qadimdan boshlangan bo’lishi mumkin. Sababi, tadqiqotchilar mil.avv IV-III ming yilliklarda cho’l va dasht atrofida vujudga kelgan madaniyat O’rta Osiyo, Qozog’iston, Mo’giliston, Shimoliy Xitoyda umumiy birlikka ega ekanligi aytiladi. O‘rta Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi tarixiy aloqalar ming yillar davomida shakllangan va rivojlanib kelgan. Ipak yo‘li orqali boshlangan bu aloqalar faqat iqtisodiy hamkorlik bilan cheklanib qolmay, balki siyosiy, diplomatik va madaniy jihatdan ham chuqur o‘zaro ta’sir ko‘rsatgan. XVI-XIX yuz yilliklar esa aynan diplomatik munosabatlarning yanada faollashgan davri sifatida ajralib turadi. Bu davrda O‘rta Osiyoda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari mustaqil siyosiy kuch sifatida shakllanib, tashqi siyosatda Xitoy imperiyasi bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yganlar. Shu bilan birga, Xitoyda esa Ming (1368–1644) va undan keyin Qing (1644– 1912) sulolalari hukmronlik qilgan bo‘lib, ular O‘rta Osiyo davlatlari bilan diplomatik va savdo aloqalarini mustahkamlashga intilganlar. Bu maqolada bir necha asrlar davomida O‘rta Osiyo– Xitoy o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning asosiy bosqichlari, ularning mazmuni va tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi2. XVI yuz yillik – bu davrda O‘rta Osiyodagi eng yirik siyosiy kuchlardan biri bo‘lgan Buxoro xonligi Xitoyning Ming sulolasi bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Buxoro xonlari o‘z savdogarlari va elchilarini Xitoyga yuborgan, bu orqali ikki davlat o‘rtasida savdo- sotiq va siyosiy aloqa mustahkamlangan. Ming sulolasining tashqi siyosatida markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarga alohida e’tibor berilgan, ayniqsa, savdo yo‘llarining xavfsizligini ta’minlash va chegaradosh hududlarda barqarorlikni saqlash muhim ahamiyat kasb etgan. Bu davrda elchilik missiyalarining yuborilishi, sovg‘a-salomlar almashinuvi va o‘zaro maktub almashish diplomatik protokolning ajralmas qismi bo‘lgan3. XVII yuz yillik esa O‘rta Osiyodagi yangi siyosiy kuch – Qo‘qon xonligining shakllanishi va uning tashqi siyosatga faol kirib kelishi bilan ajralib turadi. Qing sulolasi hukmronligidagi Xitoy esa Sharqiy Turkiston hududi orqali Qo‘qon bilan bevosita aloqada bo‘lgan. Qo‘qon xonlari tomonidan Xitoyga yuborilgan elchilar savdo va siyosiy masalalarni muhokama qilganlar. Ayniqsa, Yettisuv va Qoshg‘ar vohalaridagi siyosiy jarayonlar Xitoy–Qo‘qon munosabatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. 1 Хўжаев A. Буюк ипак йўли: муносабатлар ва тақдирлар.Тошкент. 2007 2 Berdimurodov A. Indiaminova Sh. Buyuk ipak yo’li. Тошкент. 2017 3 Мавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари. Т., 2008 1 40 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Qing imperiyasi Sharqiy Turkistonda o‘z hukmronligini mustahkamlashga urinarkan, Qo‘qon xonligi bu hududlarda o‘z ta’sir doirasini saqlab qolishga harakat qilgan. Natijada, bu ikki kuch o‘rtasida muvozanatli diplomatik siyosat yuritilgan. Qo‘qon xonligi 1709-1876 yillarda hukmronlik surgan bo‘lib, o‘zining yuksalish davrlarida hozirgi Tojikiston Respublikasining shimoli va sharqi, Qozog‘iston Respublikasining janubiy hudu
Доказательный фрагмент
«As cultural and economic ties between states have developed, so too have the relationships between peoples strengthened.»
Образец извлечения
Демо-превьюAs cultural and economic ties between states have developed, so too have the relationships between peoples strengthened. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- China, Central Asia, Dayuan, diplomacy, Silk Road, Ming dynasty, Ipak yo‘li, O‘rta Osiyo, Muhammad Alixon., Ming sulolasi, Davan, Xitoy, elchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025