К содержанию
РецензированоUZ2025

XVI-XIX ASRLARDA O‘RTA OSIYO-BUYUK BRITANIYA DIPLOMATIK ALOQALARI TARIXINING MUAMMOLI DAVRLARI

Rustamboyev Islomjon Doniyor o‘g‘li · Baxromova Maftuna Odiljon qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the diplomatic relations between Central Asia and the United Kingdom, particularly focusing on the significance and development of embassy-level connections between the two regions. It also highlights the geopolitical interests of countries such as the Russian Empire, the United Kingdom, and Iran in the region, as well as their political, economic, and cultural relations with the Bukhara Emirate. Keywords: S.V. Zhukovsky, Jenkinson, G. Thompson, R. Hogg, Murcroft, Anthony Jenkinson, Bukhara, Urgench, Balkh, Tibet. Аннотация. В данной статье анализируются дипломатические отношения между Центральной Азией и Великобританией, особенно акцентируется внимание на значении и развитии посольских связей между двумя регионами. Также освещаются геополитические интересы таких государств, как Российская империя, Великобритания и Иран в регионе, а также их политические, экономические и культурные отношения с Бухарским эмиратом. Ключевые слова: С.В. Жуковский, Дженкинсон, Г. Томпсон, Р. Хогг, Муркрофт, Энтони Дженкинсон, Бухара, Ургенч, Балх, Тибет. Bizga ma’lumki, O`rta Osiyo o`zining bebaho tarixiga ega. Bu bebaholik ko`p jihatlar bilan dunyo xalqlarida qiziqish uyg’otib kelgan. Shu jihatlardan biri sifatida O`rta Osiyoning strategik jihatdan qulay hududda joylashganligini misol qilib keltirishimiz mumkin. Mana shunday qulay strategik hudud XVI asrdan boshlab Angliya va Rossiya kabi davlatlarni o`ziga tortadi. Endi bu davlatlar bu hududga qandaydir yo`llar bilan suqulib kira boshlashdi. Ular o`z vakillarini ko`proq savdogar, elchi qiyofasida yo`llashdi. Ana shunday shaxslardan biri Antoniy Jenkinson bo`lib, u 1558-yili Buxoroga rus podshosining guvohnamasi bilan 1555-yil tuzilgan “Moskva savdo kompaniyasi” vakili bo`lib 1 30 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ keladi. Elchi xonlikning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlarini “Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohat” nomli esdaliklarida bayon etadi ”.1 Rus olimi S.V. Jukovskiy Jenkinsonning Buxoroga borishi haqidagi fikrlarini bayon qilib quyidagicha yozadi: “Aytish qiyin, nahotki Jenkinsonchindan ham Ivan Grozniyni o`z tomoniga og‘dirib olgan, va go`yo Ivan Grozniy inglizlarga yoqish uchun uni O`rta Osiyoga borishiga ruxsat bergan. Jenkinsondan balki podsho (Ivan Grozniy – I.K.) foydalangandir va uni, 1557- yilda Rossiyada erkin savdo qilishlari uchun ruxsat so`rab hadya va tortiqlar bilan Moskvaga kelgan Xiva va Buxoro elchilik missiyasiga javob tariqasida Jenkinsonni Buxoro va Xivaga elchi qilib yubormadimikan?”. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, aytish mumkinki, Jenkinson Moskva Rusining Buxoroga yuborgan birinchi rasmiy elchisi edi. O`ylaymizki, Jukovskiyning ikkinchi fikri haqiqatga yaqin bo`lsa kerak, ya`ni podsho O`rta Osiyo bilan savdo aloqalarini o`rnatish maqsadida ingliz savdogari Jenkinsonga rasmiy yorliq bergan. Jenkinsonning Rossiya nomidan O`rta Osiyoga jo`natilishi Rossiyaning O`rta Osiyo savdosida ma`lum bir manfaati bo`lgani tasdiqlaydi va Rossiya bilan O`rta Osiyo o`rtasida savdo aloqalarining rivojlanishiga yo`l ochgan. 1558-yil 23-dekabrda Jenkinson Rossiya podshosi Ivan IV ning ishonch yorlig‘i bilan Buxoroga keladi va u yerda savdoning holati bilan tanishadi. Jenkinson Moskvaga qaytayotganida u bilan birga Buxoro, Urganch, Balx elchilari ham birga kelishgan.2 Ma`lumki, XVI asrdan boshlab O`rta Osiyo xonliklarining Moskva bilan savdo aloqalari rasmiy tus ola boshlaydi. Bizni bu o`rinda Jenkinson tomonidan Buxoroning qo`shni Sharq davlatlari bilan aloqalari haqida bergan ma`lumotlari ahamiyatlidir. Jenkinsonning Buxoroga kelishi arafasida O`rta Osiyo Hindiston va Eron bilan faol savdo iqtisodiy aloqalar o`rnatgan edi. Jenkinson, “Buxoroda savdogarlarning har yilgi yig‘ilishi bo`lib, u yerga Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa davlatlardan savdogarlar katta karvonlar bilan kelib yig‘ilib turadi”, – deb yozgan edi.3 Bu holat XVI asr o`rtalarida Buxoro qadimgiday xalqaro savdo markazlaridan biri bo`lib qolganligidan dalolat beradi. Lekin ba`zi mualliflar ushbu masalaga shubha ko`zi bilan qaradilar. Masalan, M. Yo`ldashev-"Jenkinsonning Buxoro savdosi haqidagi ma`lumotlarini to`liq haqiqat deb bilish qiyin. Aftidan savdoda raqobatchi bo`lishi mumkin bo`lgan savdogarlarni bu savdodan chalg‘itmoqchi bo`lgan bo`lsa kerak. Buxoroda har yili Hindiston, Eron, Buxoro, Rossiyadan kelgan savdogarlarning yig‘ilishi bo`lib turadi, deb yozib, Jenkinson yana qo`shib qo`yadi, “go`yoki bu savdogarlar shu darajada qashshoqki, ular kam tovarlar olib kelishiga qaramay bu tovarlarni hatto uch yillab sotadi, shuning uchun bu yerda foydali savdo qilish uchun hech qanday ishonch yo`q”, – deb yozadi. Ba`zi tarixchilarning fikricha, Jenkinson Angliya manufakturalarida to`qilgan movut matolarni O`rta Osiyoda sota olmagani uchun ataylab Buxorodagi hind savdogarlarining faoliyati va rolini pasaytirgan. 1734-yili Angliya bilan

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the diplomatic relations between Central Asia and the United Kingdom, particularly focusing on the significance and development of embassy-level connections between the two regions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the diplomatic relations between Central Asia and the United Kingdom, particularly focusing on the significance and development of embassy-level connections between the two regions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
S.V. Zhukovsky, Jenkinson, G. Thompson, R. Hogg, Murcroft, Anthony, Antoniy Jenkinson, Buxoro, Tibet., Murkroft, Urganch, G.Tompson, Balx, S.V. Jukovskiy Jenkinson, R.Xogglar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники