Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO AMRLIGI VA AFG‘ONISTON O‘RTASIDAGI ALOQALAR TARIXIDAN
Rustamboyev Islomjon Doniyor o‘g‘li · Mamadaliyeva Nozima Abduhamid qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются особенности становления и развития дипломатических отношений между Бухарa и Афганистаном в XVI-XIX веках. На основе исторических источников освещаются дипломатические миссии, торговые связи, приграничные конфликты и религиозно-культурное взаимодействие. Также анализируется влияние внешнего давления крупных империй в период «Большой игры». Особо подчеркивается значение неформальной дипломатии, осуществляемой местными чиновниками и религиозными лидерами. Ключевые слова: Бухарское ханство, Афганистан, дипломатические отношения, институт посольства, торговые пути, империя Дуррани, «Большая игра», граница, религиозно-культурные связи. O‘rta Osiyo xonliklarida xalqaro munosabatlar mexanizmining asosini tashkil etgan «diplomatik protokol» va «elchilik instituti»ning shakllanishi hamda rivojlanib borishi dunyo tajribasi bilan bog‘liq ravishda kechgan. XVI asr Yevropaning yirik davlatlarida davlatning tashqi siyosatini yurituvchi elchilik xizmati va uning markaziy hamda mahalliy idoralari shakllangan davr hisoblanadi. XVI asr oxiriga kelib, dipomatik institutning tashkiliy tuzilmalari ancha barqarorlashib borgan va ma’lum 1 25 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bir diplomatik iyerarxiya (silsila) vujudga kelgan 1 . Xususan, elchi bilan birga elchilik xizmatining turli darajadagi xodimlari tayinlanib, aksariyat hollarda elchi bilan oddiy vakil yoki chopar bir-biridan jiddiy farqlanar edi. O‘rta Osiyo va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar ko‘p asrlik tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, bu aloqalar diniy, etnik va geografik yaqinlik, savdo yo‘llari va siyosiy manfaatlar bilan chambarchas bog‘langan. Ayniqsa, XVI-XIX asrlar oralig‘ida bu ikki mintaqa o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar har xil siyosiy muhit va tashqi kuchlar bosimi ostida shakllandi. Bu davrda O‘rta Osiyoda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari mavjud bo‘lib, Afg‘oniston hududida dastlab Safaviylar va Boburiylar ta’siri ostidagi Xuroson viloyati, keyinchalik esa mustaqil Durroniylar imperiyasi tashkil topdi. Mazkur maqolada aynan XVI- XIX asrlarda O‘rta Osiyodagi Buxoro davlati va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning asosiy bosqichlari va ularning mazmuni yoritiladi. XVI asrda O‘rta Osiyo va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik aloqalar asosan Buxoro xonligi va Safaviy Eron davlatining Xuroson ustidan yuritgan raqobati fonida shakllandi. Xuroson qadimdan ikki mintaqa o‘rtasidagi strategik hudud bo‘lib kelgan. Bu hududda ko‘plab afg‘on qabilalari yashagan bo‘lib, ularning siyosiy faolligi Buxoro va Eron o‘rtasidagi kuchlar muvozanatiga ta’sir o‘tkazgan. O‘sha davrlarda Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi Safaviylar bilan Xuroson hududi uchun bir necha bor harbiy to‘qnashuvlarga kirishdi. Bu jarayonlarda diplomatik vositalar, xususan, elchilar yuborilishi, tinchlik va savdo shartnomalari imzolanishi muhim o‘rin tutgan. Elchilik missiyalari vositasida ikki tomon o‘rtasidagi mojarolar vaqtincha hal etilgan, savdo yo‘llarining ochiqligi ta’minlangan. O‘rta Osiyo davlatlarining eng yaqin qo‘shnisi Afg’oniston edi. Mustaqil Afg’oniston davlati 1747-yilda tashkil topgan2. Yosh afg’on davlati bilan Buxoro xonligi o‘rtasidagi munosabatlar do‘stona ruhda bo‘lmagan. Bunga ikkala tomonning Amudaryoning janubiy qirg’og’idagi o‘zbeklar istiqomat qilib turgan hududlarni o‘z tasarruflarida saqlashga urinishlari sabab bo‘lgan edi. Xususan, 1751-yili Afg’oniston hukmdori Ahmadshoh (1747-1773) Amudaryoning janubida istiqomat qilib turgan o‘zbeklarning yerlarini bosib olish maqsadida qo‘shin yuboradi. Bu hududda joylashgan kichik-kichik o‘zbek bekliklari o‘zaro urushlar oqibatida zaiflashib qolgan edilar. Natijada, ular Afg’onistonning vassaliga aylanib qolgandilar. Balx qal'asini afg’on garnizoni egallaydi. Balxni Ahmadshohning noibi boshqara boshlaydi. 1768-yilda mahalliy o‘zbeklar afg’onlarning jabr-zulmiga qarshi qo‘zg’olon ko‘taradilar. Qo‘zg’olonchilarni Buxoro qo‘llab quvvatlaydi. Ana shunday vaziyatda Ahmadshohning o‘zi qo‘shin tortib kelib qo‘zg’olonni bostiradi. 1789-yili o‘zbeklar yana qo‘zg’olon ko‘taradilar. Qo‘zg’olonchilarga bu safar ham Buxoro amaliy yordam ko‘rsatadi. Afg’oniston hukmdori Temurshoh (1773-1793) 100 ming lashkar bilan Balxga qarab yuradi. Biroq Buxoroga qarshi yurish qilishga Temurshohning yuragi dov bermaydi va u Buxoro bilan sulh shartnomasi tuzishga majbur bo‘ladi3. 1 O‘zbekiston tarixi. (O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi) VII jild [matn] / Jamoa. – Toshkent: «Ma’naviyat», 2023. – 225 b. 2 A.M. MANNONOV, N.A. ABDULLAYEV, R.R. RASHIDOV.Afg‘oniston tarixi // o‘quv qo‘llanma. – T.: «Barkamol fayz media», 2018. – 118 b. 3 A.M. MANNONOV, N.A. ABDULLAYEV, R.R. RASHIDOV.Afg‘oniston tarixi // o‘quv qo‘llanma. – T.: «Barkamol fayz media», 2018. – 124 b. 1 26 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shartnomaga ko‘ra Amu
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются особенности становления и развития дипломатических отношений между Бухарa и Афганистаном в XVI-XIX веках.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются особенности становления и развития дипломатических отношений между Бухарa и Афганистаном в XVI-XIX веках. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bukhara, Afghanistan, diplomatic relations, embassy institution, trade routes, Buxoro, diniy-madaniy aloqalar., Afg‘oniston, diplomatik munosabatlar, Durroniylar imperiyasi, chegara, “Buyuk o‘yin”, savdo yo‘llari, elchilik instituti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025